Abu Nasr Farobiy va G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari reja


IMOM G'AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARI


Download 63 Kb.
bet3/3
Sana18.08.2023
Hajmi63 Kb.
#1668156
1   2   3
Bog'liq
Abu Nasr Farobiy va G\'azzoliyning falsaf ilmiga oid qarashlari R

IMOM G'AZZOLIYNING FALSAFA ILMIGA OID QARASHLARI
G'azzoliy o'z asarlarida ijtimoiy munosabat masalalariga, xususan ijtimoiy munosabat subyektlarining muomala normalariga yetarlicha ahamiyat qaratgan. Ma'lumki inson jamiyatda ma'naviy jihatdan o'ziga o'xshagan shaxslar bilan musobabat o'rnatishga va asosan ular bilan do'stlashishga harakat qiladi Bu shaxslarning jamiyatda bir-birlariga o'zaro ijtimoiy ta'sirlari borligidan dalolat beradi G'azzoliyning ijtimoiy munosabatlarga doir ta'limotlarida shu muhim jihat ham nazardan chetda qolmagan. G'azzoliy "Thyo" sida yozadiki:-Payg'ambar sa.v. hadislarida shunday deyiladi: "Kishi do'stining dinida bo'ladi. Sizlardan biringiz bir kishi bilan do'stlashmoqchi bo'lsa, yaxshilab qarasin", ya'ni uning odob-axloqi va din diyonatidan xabardor bo'lsin.
G'azzoliy har bir kishi ham suhbatdosh bo'lishga yarayvermaydi, deydi. Shuning uchun suhbatdoshning sifat va xislatlarini yaxshi bilish lozim bo'ladi. Shu sifatlariga ko'ra, u bilan suhbat quriladi. Bu xislatlar mol-dunyo, mansab, obro'lardan foydalanish kabi dunyoviy yoki muloqot etish, so'zlashib bir-biri bilan ulfatchilikning o'zi bo'lishi mumkin. Suhbatdosh bo'lishda turli maqsadlar jam bo'ladi. Masalan, suhbatdoshdan ilm olish va unga amal etish bilan foyda topish, qalbining qorayishi, ibodatdan to'silish bilan o'ziga aziyat yetishidan himoya topishda mansabdor suhbatdoshdan foydalanish, rizq-ro'z talabida vaqtni o'tkazishdan o'zini saqlashda suhbatdoshining moliyaviy yordami bilan kifoyalanish suhbat foydalaridan hisoblanadi, deydi mutafakkir.


G'AZZOLIY QOLDIRGAN IJTIMOIY-FALSAFIY MEROS
Imom G'azzoliy o'z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar.
Imom G'azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo'yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
1. al-Iqtisod fil E'tiqod. (E'tiqoddagi mo'tadillik)
2. Iljomul ovom an ilmil kalom. (Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg'ulotlaridan saqlash)
3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)
4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi)
5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa. (Islom va dahriylik o'rtasidagi
bo'linishning haqiqat mezoni)
6. Al-Qistosul mustaqiym (Eng bto'g'ri o'lchov)
7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi)
8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo'luvchi)
9. al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi'.


XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.
Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
Falsafaning umumiy muammolari tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari· borliqni bilish mantiqning bahsli muammolari inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T., “O’zbekiston”, 2010.
–42 bet.
2. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T., “O’zbekiston”, 2011. – 440 bet.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.,“Ma’naviyat”, 2008. –175 bet.
4. Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., O’zbekiston, 2006.–121 bet.
5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbekiston, 1999.
–75 bet.
6. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. T., “O’zbekiston”, 1994.–95 bet.
Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling