Abu Nasr Farobiy va Imom Al G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil qilish
Download 42.67 Kb.
|
Forobiyning falsafiy qarashlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxati. Kirish
Mavzu: Forobiyning falsafiy qarashlari. Reja: Kirish. 1. Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li. 2. Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari. 3. Forobiy falsafasi va psixologiyasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’ yxati. Kirish O’ zbekiston o’ z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o’ rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo’ yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg’ or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o’ zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o’ ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin1”. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Forobiy va Imom Al G’azzoliy qarashlarini o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik. Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir. “Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi. Download 42.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling