Abu nasr forobiyning lingvistik merosi Ungarbayeva Aynura


Download 0.82 Mb.
Sana20.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1712278
Bog'liq
Abu nasr forobiyning lingvistik merosi

Abu nasr forobiyning lingvistik merosi

Ungarbayeva Aynura

reja

  • Forobiy haqida
  • Forobiyning gnoseologik ta’limoti
  • Forobiy - tilshunoslikning mundarijasi haqida

Forobiy aql va ilm tantanasi uchun, ma’naviy ozodlik uchun, inson takomili, adolatli jamiyat uchun kurashgan mashhur olimdir. U riyoziyot va falakiyot, tabobat va musiqa, mantiq va falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslik kabi bir qator sohalarda Qalam tebratgan va ularning barchasida ajoyib asarlar yozgan qomusiy bilim egasi sanaladi.

Forobiy aql va ilm tantanasi uchun, ma’naviy ozodlik uchun, inson takomili, adolatli jamiyat uchun kurashgan mashhur olimdir. U riyoziyot va falakiyot, tabobat va musiqa, mantiq va falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslik kabi bir qator sohalarda Qalam tebratgan va ularning barchasida ajoyib asarlar yozgan qomusiy bilim egasi sanaladi.

Abu Nasr Forobiy hijriy 260 (mil. 873)- yilda Aris daryosi Sirdaryoga quyiladigan Forob (O‘tror) qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki savodini Forobda chiqargandan so‘ng Shoshda o‘qishni davom ettirgan. So‘ngra Samarqand va Buxorada ta’lim oldi. O‘sha davrdagi barcha bilimdonlar arab xalifaligining markazi- Bag‘dodga intilgan va u yerda katta obro‘- e’tibor topganlar. Forobiy ham Bag‘dodda o‘qishni davom ettirdi. Umrining oxirlarida Halabda, so‘ngra Damashqda yashagan. Shu yerda milodiy 930- yili vafot etgan.

Abu Nasr Forobiy tilshunoslik yuzasidan ham ajoyib fikrlar yuritadi. Avvalo, hozirgi tilshunoslikning falsafiy masalalari ichida markaziy o‘rinni egallagan bilishning ikki bosqichi (hissiy va idrokiy), umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa dialektikasi haqida o‘zining “Falsafatu Aristutalis” asarida qiziqarli ma’lumot beradi. Forobiy o‘zining gnoseologik ta’limotida konkret borliqdan umumlashmalarga, abstract tafakkurga, ideal dunyoga borishni tavsiya etadi. Mohiyat va uning bevosita kuzatishda gavdalanishi o‘rtasidagi munosabatni ochish uchun Abu Nasr predikat (mahmul) tushunchasiga katta e’tibor berdi. Ong konkret borliqning umumlashgan mohiyati sifatida baholandi. Predikat mohiyatning ajralmas xossasi deb qaraldi. Forobiy mohiyat va uning yashashi o‘rtasidagi munosabatni narsa va uning xossasi, substansiya va atribut munosabatiga tenglashtirdi.

Forobiyning gnoseologik ta’limoti

Forobiy - tilshunoslikning mundarijasi haqida

Forobiy tilshunoslikning mundarijasi haqida ham fikr yuritadi va olti bo‘limdan iborat ekanligini, har qaysi bo‘limning o‘z tekshirish obyekti mavjudligini bayon qiladi. Ular quyidagilar:

Forobiy tilshunoslikning mundarijasi haqida ham fikr yuritadi va olti bo‘limdan iborat ekanligini, har qaysi bo‘limning o‘z tekshirish obyekti mavjudligini bayon qiladi. Ular quyidagilar:

  • Sodda so‘z haqidagi fan;
  • So‘z birikmalari haqidagi fan;
  • Sodda so‘z qonunlari haqidagi fan;
  • So‘z birikmalari haqidagi fan;
  • Yozuv qonunlari va to‘g‘ri talaffuz haqidagi fan;
  • She’r tuzilishi qoidalari haqidagi fan.
  • Sodda so‘z haqidagi fan har bir alohida so‘z nimani bildirishi haqida, tur va jins munosabati, ularni xotirada saqlash, bayon qilish, boshqa tillardan so‘z olish masalalari bilan shug‘ullanadi.

    So‘z birikmasi haqidagi fan ma’lum xalq tilida uchraydigan nutqning qismlarga bo‘linishini bilish, mashhur notiqlar, shoirlar yaratgan nutq turlarini bilish bilan shug‘ullanadi.

    Sodda so‘z qonunlari haqidagi fan, avvalo, nutq tovushlarini (harflarni), undosh tovushlarning paydo bo‘lish o‘rnini, unli tovushlar va ularning xususiyatlarini, so‘zga qo‘shimchalar qo‘shilganda ro‘y beradigan fonetik o‘zgarishlarni, so‘zning fonetik modeli, soda va qo‘shma so‘zlar, yasama so‘zlar namunalari (modeli), ot va fe’llarning o‘zgarishi ( shaxs, son, zamon bilan o‘zgarishi), talaffuzi qiyin so‘zlar va ularning talaffuzini yengillashtirish yo‘llari kabilarni o‘rganadi.

So‘z birikmasi qonunlari haqidagi fan ikki qismdan iborat: 1) ot va fe’llarning “oxiri” (qo‘shimchalari) qoidasi; 2) so‘z qismlarining qo‘shilish qoidalari. So‘z oldiga qo‘shiladiganlar, so‘z oxiriga qo‘shiladiganlar. O‘zgaradigan so‘zlarga va o‘zgarmaydigan so‘zlarga bo‘lish. Otlarning va fe’llarning o‘zgarishi kbi masalalarning shu bo‘limda o‘rganilishi ko‘rsatiladi.

Yuklamalar haqidagi fan o‘zgarmaydigan so‘zlarni o‘rganishi ta’kidlanadi.

So‘z birikmalari qoidalari haqidagi bo‘limda esa so‘zlarning qanday qo‘shilish qoidalari va hukm bildirishi o‘rganiladi, so‘zlarning qo‘shilish turlari aniqlanadi. Qanday qo‘shilish chiroyli ekanligi ko‘rsatiladi.

Yozuv haqidagi fanda yozish qoidalari o‘rganilishi, she’r tug‘ilishi haqidagi fanda esa she’r o‘lchovlari, qaysi o‘lchov yoqimli va chiroyli ekanligini o‘rganishi qayd etiladi. Shu bo‘limda qaysi so‘zlar poeziyada va qaysi so‘zlar prozada qo‘llanishi, qaysilari poeziyada va qaysi so‘zlar prozada qo‘llanilmasligi bayon qilinadi.

Bundan ko‘rinadiki, Forobiy bugungi tilshunoslik bo‘limlari: fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis, orfografiya, orfoepiya, stilistika haqida, ularning o‘rganish obyektlari haqida ilk ma’lumotni beradi.

Uning tilshunoslik bo‘yicha bildirgan ko‘pgina fikrlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling