Abu rayhon beruniy- buyuk serqirra olim


Download 27.33 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi27.33 Kb.
#1457452
  1   2   3   4
Bog'liq
05 maqola Beruniy


ABU RAYHON BERUNIY- BUYUK SERQIRRA OLIM
Urganch davlat universiteti talabasi
Gulmirzayeva Aziza Hamza qizi Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo`nalishi 205-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning hayot faoliyati ilm fanga qo`shgan hissasi to`g`risida batafsil ma’lumotlar berib o`tilgan. Ushbu maqolada olimning o`sha “Saydana” asarida bayon qilingan o`simliklar asosida yozilgan. Abu Rayhon Beruniyning “Dorivor o`simliklar haqida kitob”ining qo`lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topilgan. Asar “Saydana” nomi bilan mashhurdir. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o`sadigan dorivor o`simliklarning to`la tasnifi berilgan. Jumladan, “Saydana” asarida 1116 turlarning dorivor xususiyatlari tavsiflangan. Shundan 750 turi o`simliklar, 101 turi hayvonlar, qolgan 255 turi minerallardir. Saydana asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki unda Abu Rayhon Beruniy dorishunoslik o`zi alohida fan bo`lishligini ta’kidlab, shu bilan farmokolgiya fanini asoslaydi. Qizig`i shundaki, Beruniy “Saydana” asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan.
Kalit so’zlar: “Kitob as-saydana fit-tibb”, ”Saydana”, dorivorlik xususiyatlari Markaziy Osiyo, Xorazm, ilm – fan, sharq.
Kirish
O`zbek xalqi,ayniqsa,xorazmliklar tomonidan avlodlarga qoldirilgan bebaho ilmiy ildizlari uzoq o`tmishga borib tarqaladi.O`zbek xalqining tarixi buyuk kishilar tomonidan yozilayotgan tarixiy voqealarga boy afsonaviy sahifalardan iborat.O`tmishning shunday buyuk kishilaridan biri Abu Rayhon Beruniydir [ 1].
Abu Rayhon Beruniy 973-yil 4-sentabrda qadimgi Xorazmning Kot shahrida tug`ilgan. U yoshligidan ilmga tashna bo`lgan, imkoni boricha ko`proq bilim olishga intilgan. Uning siymosida o`rta asrlar sharqining qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma’danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamlashgan. Beruniy qalamidan fanning turli sohalariga oid juda ko`p yirik asarlar chiqqan bo`lib, bu asarlarida uning ana shu sohalarni nihoyatda yaxshi bilgan tadqiqotchi, fanda yangidan yangi yo`llar ochgan donishmand bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Beruniy shubhasiz,tabiiy fanlar sohasidagi buyuk tadqiqotchi,o`rta asr madaniyatining mutafakkiri bo`lgan. Uning quyidagi so`zlari uning tabiiy fanlarga naqadar qiziqish bilan qaralganligining guvohidir: “Bizning mamlakatimiz Urganch (hozirgi Ko`hna Urganch) shahriga giyohshunos bir grek keldi. Men hamisha uning oldiga turli don ,urug` meva va o`simliklarni olib borar, ularning nomlarini so`rab olib , esda saqlar va yozib borar edim “ deya Beruniy o`zini ta’kidlaydi. [2].Unga “Rayhon“ laqabi aftidan o`simliklar, giyohlar va gullar bilan o`ta qiziqqanligi uchun berilgan bo`lsa kerak. Olim tabiiy fanlar bilan bir qatorda til o`rganish bilan ham qiziqadi.Buning natijasida u hind, grek, rim, arab, fors tillarida o`z ilmiy ishlarini mukammal egalladi. U arab va fors tillarida o`z ilmiy ishlarini yozgan,boshqa tillardan shu tillarga tarjima qilgan. Ayniqsa, hayotning so`nggi yillarida dorishunoslik bilan shug`ullanib,”Tibbiyotdagi dorishunoslik“ deb nomlangan katta ilmiy asar yaratdi. Uning bu asari 1971-yilda rus tiliga tarjima qilinib,sharqshunos olim U.I.Karimov sharhlari bilan “Фармакологнозия в медицине “ degan nomda bosilib chiqdi.[3 ].
Abu Rayhon Beruniy o`z oldiga dorishunolik bo`yicha asar yozishni maqsad qilib qo`ygan. Uning istagi ayniqsa, ushbu voqeadan keyin sodir bo`lgan. Bu haqda Beruniy shunday eslaydi: “Kunlarning birida Xorazm amirlaridan biri kasallanib qoldi. Unga Nishopurdan kasaliga shifo bo`ladigan dorilarning restepti yuborildi. Biroq restepda ko`rsatilgan dorilarning bittasini ham topisha olmaydilar. Shunda dori bilan shug`ullanuvchi bir kishidan o`n besh dirxamga sotib oldilar.Beruniy ko`rsa bu dori shirinmiya idizpoyasi ekan.Shunda Beruniy aytadiki, sizlar nominigina emas balki mohiyatini ham o`zlaringiz bilmyadigan narsani sotib oldingizlar, deydi“. Shundan so`ng u o`zining mashhur asari “Kitob as-saydana fi-t-tibb”ni yozdi.[ 3]
Beruniy “Hindiston tarixi” asarini hamda 1025 yilda “Geodeziya”, 1030-1041 yillar oralig’ida “Al-Qonun al-Mas’udiy”, 1041-1048 yillarda “Mineralogiya” asarlarini yaratdi. Olimning fan taraqqiyotiga qo`shgan hissasi juda ulkan bo’lib, u 152 ta risola yaratgan, shundan 30 tasi bizgacha yetib kelgan [4].
Ma’mun akademiyasi allomalari merosini o’rganish, ulardan ta’lim amaliyotida samarali foydalanish uchun ham o’sha davrdagi Xorazm davlati tarixiga nazar solish, u yerda bo’lgan voqealarni tahlil qilish zaruriyati paydo bo’ladi. Vaholanki, o`tmishni anglash kishi kamolotini ta’minlovchi eng asosiy omildir. Prezidentimiz aytganlaridek, “Inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi” [4].
Rus olimi V.V.Bartold buyuk vatandoshimiz haqida “Beruniy shunday serqirra olimki, o`z davrida mavjud bo`lgan ilm sohalaridan shug`ullanmagani uning shug`ullanganidan kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko`p va serqirraki bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi”. Yana bir buyuk rus sharqshunos olimi, akademik S.P.Tolstov ilmiy anjumanlarning birida Yevropa olimlaridan biri “Beruniy XI asr Leonardo da Vinchisi” degan ta’rifiga javoban “Leanardo da Vinchi XV asr Beruniysidir” deb vatandoshimizga ta’rif bergan edi.
Beruniy ilmiy asarlari o`z ahamiyatini yo`qotmasdan avlodlar qo`lida qadrlidir. “O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Meneralogiya”, “Saydana” va “Geodeziya” kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim bo`lib, u o`zining asarlari bilan falsafa, astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix fanlariga katta hissa qo’shgan [4].



Download 27.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling