Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma'lumotlar Peja


Download 92.52 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi92.52 Kb.
#1567703
  1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma\'lumotlar


Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma'lumotlar
Peja:



  1. Xronologiya haqida tushuncha.

  2. Tarixiy xronologiyaning ahamiyati, astronomik xronologiyaning predmeti va geoxronologik davrlashtirish haqida tushuncha.

  3. O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissalari.


Xronologiya vaqt o’lchovi haqidagi fan. Xronologiya so’zi grekcha “xronos” - vaqt, "logos” fan deganidir. Xronologiya ikkiga bo’linadi: matematik (astronomik) va tarixiy xronologiya. Astronomik xronologiya osmon jismlari harakatini hisoblab aniq astronomik vaqt o’rnatiladi. Uning asosida soniya, daqiqa, soat, kecha-kunduz, sutka, hafta, oy, yillar, asr, eralar bilan hisoblaydi. Vaqtni hisoblash kalendar (taqvim)lar asosida hisoblanadi. Tarixiy voqealar sanalari haqidagi to’g’ri va noto’g'ri ma'lumotlarni o’zida talqin etgan manbalar tarixiy xronologiyanig obyekti hisoblanadi. Bu ilmiy fanning predmeti bo’lib, u yoki bu shaklda berilgan sana axboroti xizmat qiladi. Shu axborotlarga asoslanib, xronologiya ma'lumotlari va uslublarini qo’llab, olimlar tarixiy faktlar va hujjatlarning paydo bo’lish vaqtini aniqlaydilar. Buning uchun esa har bir xalq yoki davlatning u yoki bu davr (tarixiy davr) dagi vaqt sanog'i kelib chiqishi va xususiyatlarini bilish zarur. Tarixiy xronologiya o’z oldiga ikki vazifani qo'yadi: nazariy va amaliy. Birinchi vazifa shundan iborotki, tarixiy taraqqiyotda vaqt sanoq sistemasini o’rganish, hamda ular o’zaro munosabatni o’rnatish va bir xronologik sanadan ikkinchisiga o’tish prinsiplarini ishlab chiqishdir. Ikkinchisi shundan iboratki, yuqorida qayd etilganlarni amalga oshirish uchun voqealar sanasini hozirgi zamon erasiga va umumiy qabul qilingan yil sanoq sistemasiga ko’chirish orqali tarixiy voqealar sanasini tavsiflash va aniqlik kiritishdan iboratdir. Xronologiyaning asta sekin taraqqiy eta borishi natijasida uning vazifalari ham ancha kengayadi; olimlar uning ma'lumotlari va uslublaridan manbashunoslik va tarixiy muammolarga doir masalalarni hal etishda foydalanmoqda. Yordamchi tarix fanlar orasida xronologiya muhim fanlardan biri hisoblanadi, chunki tarixning istalgan bir bo’lagini o’rganishning asosiy sharti voqealar ketmaketligi va sanani aniqlash ilmini o’rganishdir. Xronologiya uslublariga tayanib, tarixchi tarixiy xujjatlar va raqamlarning aniq sanasini o’rnatadi. Bu vazifani to’g’ri yechish uchun ma'lum bir xalqning u yoki bu tarixiy davr bo’yicha shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari davrini sanashi bilan zarur. Shuni hisobga olish kerakki, vaqtni hisoblash masalasini birgina davlat chegarasida ko’rib chiqish jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Dunyo xalqlarining ko’p asrlardan buyon mavjudligi ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar kalendar sistemalaridagi ko’pgina elementlarning qo’shilib ketishiga hamda bir xalqning ikkinchi xalq kalendarini o’zlashtirib olishini tezlashtirdi. Bundan tashqari, ko’p millatli davlatlardan vaqt hisobi turli millatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Ba'zi mamlakatlarda kalendar sistemasida quyosh vaqti hisobi hukmron bo’lsa, boshqalarida vaqt hisobi oy taqvimi bo’yicha olib borilgan. Bu vaqt usullarini o’rganish uchun har bir tarixchi yer shari xalqlarida vaqt hisobi paydo bo’lish va taraqqiy etish jarayoni bilan hamda barcha asosiy kalendar sistemalari bilan tanishuvi lozim. Vaqt va uni hisobga olish zarurlig haqidagi tasavvur odamlarda qadim zamonlarda xo’jalik hayoti zaruriyati asosida vujudga kelgan. Vaqt hisobi birliklari qilib doimiy takrorlanib turgan tabiat hodisalari olingan. Bular: kun va tundan iborat bo’lgan sutkalar, osmonda oyning paydo bo’lishi, fazalarining almashinuvi, ko’rinmay qolishi, ya'ni oy va yerning quyosh atrofida yillik aylanishi edi. Asta- sekin vaqtni aniqlash ehtiyoji oshgan. Buning uchun esa osmon jismlari harakatini ko’proq kuzatish zarur edi va bu esa o’z navbatida astronomiya fanining rivojlanishini talab etadi. Shuning bilan birga boshqa masala paydo bo’ladi: ya'ni sutkalar, oylar, yillar o’rtasidagi munosabatni aniqlash kerak edi. Bu masalani yechish uchun murakkab matematik hisob kitoblarni olib borishga to’g’ ri keldi. Natijada qadim zamonlardan amaliy xronologiya sohasida astronomiya va matematik ma'lumotlarning qo’llanila boshlanishi asta sekin bu bilimlar sistemasini ilmiy fanga aylantira boradi. Tarixiy xronologiya masalalarini yechish bilan shug'ullangan insonlarning nomlarini asrab qola olmagan. Biroq, bizga ma'lumki Qadimgi Gretsiyada Eratosfen, Kalipp, Qadimgi Rimda esa Varron, Senzorin, Ptolemey , Manrobiy asarlarida xronologiya masalalari yoritilgan. Rim kalendarini yaxshilashda astronom Sozigen (er.avv. I asr)ning katta xizmatlari bor. Uning ishlab chiqqan kalendari Yuliy Sezar tomonidan er.avv. 48yilda qabul qilingan va u Yuliy kalendari nomini olgan.Bu kalendar hozirgi zamon yil hisobiga asoslanadi. O’rta asrlarda iqtisodiyot va madaniyatning, diniy urf-odatlarning rivojlanishi xronologiyaning kelgusida yanada mukammallashuviga olib kelgan. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan xilmaxil xronologik va kalendar sistemasini turli mamlakatlar va turli xalqlarning xo’jalik va madaniy jihatdan o’zaro munosabatlarida to’sqinlik qilar edi. Shu sababdan ham VI asrda bu sistemalarni bir xil qilish, ya'ni xalqlar uchun 525-yilda Rim monarxi kichik Dionisiy yechadi, ya'ni u Iso payg'ambarning tug'ilish sanasini hisobga olib, xristian erasiga asos soladi. VII asr boshida esa islom dini asoschisi Muhammad zamonidan barcha musulmonlar uchun yagona oy kalendari qonuniylashtirilgan va har bir yangi oy va yangi yil oyning tug'ilganidan (hiloldan) boshlangan.
VII asr oxiri va VIII asr birinchi choragida angliyalik monax solnomachi Bedniyning xronologiya haqidagi asari dunyoga keladi. U “Olamning olti yoshi” haqidagi asarida xristian erasi asosini himoya qilib chiqadi. XI asr boshida ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari yaratiladi va unda barcha xalqlarga oid bo’lgan eralar va diniy bayramlar yoritilgan edi. XI asr ikkinchi yarmida yashab o’tgan shoir Umar Xayyom ham musulmon yili hisobi sistemasi tarixini o’rganish va bu sistemani ishlab chiqishda o’z xissasini qo’shgan edi. U aniq quyosh taqvimini tuzib chiqdi va “Jalol” yoki “Malik” erasini tuzdi, bu era 1079-yil 15-martdan
boshlandi. XII asrda o'rta asr rusiyasida cherkov bayramlarini o’tkazish va xususan solnomadagi voqealarni sanalash bilan bog'liq masalalarni yechish uchun xronologiya masalalariga qiziqish paydo bo’ladi. Xuddi shu davrda novgorodlik Kirikning xronologik asari yaratilgan. Pravoslav cherkovi uchun Rus davlatida bir necha marta kalendar ma'lumotlarini tuzish ishlari olib borilgan.
Italiyalik A.Lili va I.Dantilarning mehnati natijasida 1582-yilda yangi kalendar sistemasi yaratiladi va uni Rim papasi nomi bilan “Grigoriy kalendari” deb ataladi. 1583-yilda esa Fransuz olimi J.Skaligerning “Vaqt hisobini yaxshilash haqida” deb nomlangan asari nashrdan chiqdi. Eratosfen Kirenskiy (eramizgacha 276-194- yillar) taniqli qadimgi matematik bo’lib Aleksandriya va Afrikada ishlagan, o’z vaqtida Misrdagi Aleksandriya kutubxonasini boshqargan. Grek matematigi Klavdiy Ptolomey (eramizgacha II asr) astronomiyaga oid ,,Almagesta,, asarini yozadi. Varron qomusiy olim edi. U 600 dan ziyod kitob yozgan bo’lib, ularing ko’pi xronologiyaga bag'ishlangan.Tarixiy xronologiya fani rivojiga Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy ham katta xissa qo’shgan. Beruniy arab, fors tillarida asar yozgan. U sansikrit , grek , suriya va Qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Solnomalar tavsifi haqidagi ko’plab tadqiqotlar XVII asrda Fransuz monarxi D.Petavi tomonidan amalga oshirildi. Umumiy tarif va xronologiya tarixini XIX asrda nemis olimi L. Ideler keyinroq esa nemis olimi Ortinsed tomonidan yaratilgan. XIX asrda xronologiya sohasidagi ishlar avvalo alohida turdagi solnomalarni chuqurroq o’rganish va xalq kalendarlari asosida vaqtni belgilashga bag'ishlandi. Ko’plab ishlar qadimgi tarixdagi solnomalarni hozirgi sistemamizga o'girish, mashhur manbalar asosida boshqaruv yillarini, masalan: fir'avnlar (Misrda), Arxondlar (Afinada), konsul va imperatorlar (Rimda), Rim papasi, Patriarxallar faoliyatini aniqladilar. Tarixiy xronologiyaning rivojlanishida uning arxeologiya va boshqa fanlar bilan aloqasi muxim ahamiyatga egadir. Yangi ko’proq tarixiy xronologiyada informatsion hisoblash texnikalarining qo’llanilishi ham ahamiyatlidir. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi respublikamiz xronologiya sohasida jiddiy xronologiyasini chuqur va to’laqonli o’rganishga imkoniyatyaratdi. Tarix sohasining rivojlanishida mamlakatimiz rahbariyati ayniqsa respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning e'tibori katta bo’lib bu esa tarixiy xronologiyaning rivojlanishida yangi qirralarini ochmoqda. Tarixiy xronologiya kalendarning rivojlanishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog'liqdir. Turli xalqlar turli tarixiy vaqtni xilma-xil tarzda hisoblaganlar. Hozirgi paytda kalendar bu - turli mamlakatlarda vaqt hisobi sistemasi bo’lib uning asosida tabiatning davriy hodisalari osmon jismlari harakatlari, vaqt oraliqlarining hisobi olib boriladi. Kalendar rivojida aniqrog'i kalendar sistemasida turli tarixiy jarayonlar xo’jalik sharoitlari xalqlarning hayoti o’z aksini topgan. Kalendarni o’rganish tarix fanining xronologiyasiga kirib uning vazifasi turli hodisalar va xujjatlar sanalarini tuzishdan aniqlashdan iborat.
XVII asrda Fransuz olimi D.Petaviy va boshqa yevropalik olimlar o’z asarlarida yil hisobi sistemalarini amaliy maqsadlarda o’rganish masalalarini yoritganlar.

  1. asrda esa Rossiya olimlarining tarixiy asarlarida xronologiyaga e'tibor kuchayadi. V.N.Tatihev “Rossiya tarixi” asarida maxsus bob ajratadi va uni “Vaqt hisobi va yil boshi” deb ataydi.

Yevropada xronologiya mustaqil ilmiy tarixiy fan sifatida XVIII asrda shakllanadi. Rossiyada esa XIX asr boshidan boshlab xronologiya maxsus tarixiy fan sifatida rivojlana boshlaydi. Yaqin va O'rta Sharqda esa xronologiyaga ilm sifatida qiziqish IX-
X asrlarda Abbosiylar sulolasi xalifaligida paydo bo’lgan, tarixnavislik bilan bog'liqdir. Bu davrda yashagan arab tarixchilari o’zlariga xos bo’lgan “dunyo tarixlarini” yaratishgan. Ularning kitoblarida bo’lib o’tgan voqealar tarixning dastlabki nuqtasi “dunyo yaratilishi” va payg'ambarlar davriga, keyingi pog'onasi Qadimgi Eron shoxlari va Sosoniy podshohlari tarixiga, oxirgi qismi esa bevosita arablar va islom tarixiga bag’ishlangan .
Abu Rayxon Beruniy
Beruniy (973-1048) yoshligidayoq ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan o‘tkazgan. U bolalik chog‘larida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug‘ullangan va 995-996 yillarda Kot shahrida diametri 15 ziro' (Ziro' - qadimgi o‘lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo‘lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o‘lchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari ma'lum bo‘lib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag‘ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o‘rgandi, bundan tash­qari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.
Beruniyning boy ilmiy merosi hali to‘la o‘rganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning ­astronomik ta'limotlari bo‘yicha dars olgan. 995 yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globu­sini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.
Olimning ana shunday asarlaridan biri «Geodeziya» 1025 yilda yozib tugatilgan. Bu asar «shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgi­lash»ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini o‘lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.
M iloddan avval o‘tgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan 250 yil ilgari iskandariyalik olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning o‘lchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan o‘lchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga bo‘ladi va Yer radiusini 6840 kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 bo‘ladi yoki meridian yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgan. Eratosfendan so‘ng Misr, Xitoy va Gretsiya olimlaridan bir qanchasi Eratosfen o‘lchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrda Yerning hajmini aniqlashda yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan. Bag‘dodda tashkil topgan «Donishmandlik uyi» nomli o‘sha davrning fanlar akademiyasida o‘rta osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg‘oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu «Donishmandlik uyi»ning a'zosi bo‘lib, u yerda 7 yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug‘iga binoan «Donishmandlik uyi»ning olimlari ikki guruhga bo‘linib, Iroqning Mosul shahri g‘arbidagi Sandar sahrosida gradus o‘lchash usuli asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o‘zi o‘lchab topgan natijalar bo‘yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan.
Birinchi guruhdagilarning hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi guruh topgan qiymat 1315 metr kam bo‘lgan. Beruniy natijalar o‘rtasidagi bu tafovutning sababi ikki xil o‘lchashda, deydi va o‘zi bu natijalarni tekshirib ko‘rishga qiziqib, gradus o‘lchash ishlarini olib bormoqchi bo‘ladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kasbiy dengizining janubi-sharqiy qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablag‘i yo‘qligi uchun bu ishni amalga oshirolmagan. Yer o‘lchamini gradus o‘lchovi usuli bilan aniqlash uchun ma'lum kenglikda tekis joy kerak bo‘ladi va bu yerda bir necha o‘n kilometr aniq o‘lchanishi lozim. Bu ish ko‘p vaqt, katta mablag‘ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: «Yer aylanasi uzunligini sahroni kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis joyda qad ko‘tarib turgan baland toqqa ko‘tarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh gardishining yarmi ufq orasida bo‘lgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish burchagi o‘lchanadi» deydi. Ufq pasayishini o‘lchash usulini chizma va formulalar yordamida tushuntiradi. Bunda, tog‘ tepasida quyosh chiqishi yoki botishiga qarab ko‘rish nurining tog‘ tepasidan o‘tgan gorizontal chiziq bilan hosil qilgan burchak o‘lchanadi.
X asrda yashab ijod qilgan ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy Yerning kattaligini o‘lchashda yangi usul qo‘llab, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,16 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan. Beruniy Yerning radusini o‘sha davr uchun aniq o‘lchab bergan. U Yerning meridian aylanasining uzunligini 40183 kilometr ekanligini hisoblab chiqargan.
Sulton Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo‘lda sharqiy Pokistonning Mo‘lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to‘g‘ri keladi. U o‘zga yurtda bo‘lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo‘ltondan 400 kilometr g‘arbdagi Nandna qo‘rg‘onida Yer kurrasi o‘lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o‘lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. So‘ngra ufqning pasayish burchagini o‘lchaydi. Bu haqda olimning o‘zi quyidagicha yozadi: «Hindiston yeridagi Nandna qo‘rg‘onida istiqomat qilishimga to‘g‘ri keldi. Qo‘rg‘onning g‘arb tomonida baland tog‘, janubiy tomonida esa keng sahroni ko‘rdim va shu on (ufq pasayishini o‘lchash usulini) sinab ko‘rishga kirishdim. Tog‘ tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko‘rdim. Qarash chizig‘i vertikalga perpendikulyar bo‘lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo‘lgan tog‘ balandligini o‘lchadim, u shu yerda qo‘llanadigan o‘lchovda 652,055 cho‘zim (gaz)ga teng keldi».
Beruniy o‘lchab topgan qiymatlar bo‘yicha o‘ziga xos usul bilan Yer kurrasi radiusining uzunligi 12803337,036 gazga teng ekanligini hisoblab chiqardi. Agar bir gaz 0,4933 metr ekanligini e'tiborga olsak, Yer kurrasi radiusi uzunligi, Beruniy hisobicha, 6315,886 kilometr bo‘ladi. Bu raqam hozirgi vaqt­da olingan qiymatdan ju­­da kam farq qiladi, ya'ni xatolik radius uzunligini 0,9 protsentini tashkil etadi. So‘ngra Beruniy shu 320 001 kenglikdagi bir gradus meridian yoyning uzunligi 223550,329 gaz yoki 110,277 kilometr ekanini hisoblab chiqadi. Bu raqamni hozirgi davr­da aniqlangan bir gradus yoyning qiymati 110,885 kilometr bilan taqqoslasak, bundan ming yil ilgari Beruniy bir gradus yoy uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma'lum bo‘ladi.
Yer aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan foydalanib, tog‘ balandligini o‘lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq natijaga erishgan.
Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday deydi: «Yer aylanasining uzunligini topish uchun hamma hollarda ham shu topilgan topilmani, ya'ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko‘paytir, hosil bo‘lgan ko‘paytmani 7 ga bo‘l, shunda sen o‘lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi».
B eruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14.... (p)ni ifodalaydi.
Shunday qilib, Beruniy shaxsan o‘zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan, G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201. Uning hisoblashiga ko‘ra, Buxoro shahrining keng­ligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq qi­ladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy merosini o‘rganish, uni o‘quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.



Download 92.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling