Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini
Download 5.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish
10.6-rasm. Texnologik burtiq yordamida idishga flanesni biriktirish
Bosim ostida ishlaydigan idishning o‘lchami nisbatan kichik bo‘lgan holda armatura detallari payvand chokini qo‘zg‘almas payvandlash golovkasi yordamida buyumning o‘zini moslama bilan aylantirib baja- riladi. Agar idish o‘lchamlari katta bo‘lsa, payvand chokni bajarish qulay bo‘lishi uchun payvandlash qurilmasi buyumni ustida harakatlanib amalga oshiriladi. Yupqa devorli idishlar (tormoz rezervuari, propan balloni)ni yirik seriyali ishlab chiqarishda yig‘ish-payvandlash ishlari uchun maxsus yarimavtomatik qurilmalar qo‘llaniladi. Bunda obechayka bo‘ylama chokini bajarishda quyidagi ishlar amalga oshirish zarur: obechaykani qabul qilish, chokni belgilash, payvand chokni podkladkaga simmetrik siqish, payvand chokni bajarish, obechaykani qurilmadan bo‘shatish. Bu ishlarni avtomatlashtirishda chokni belgilash (orientirlash) operatsiyasi murakkab hisoblanib, agar bu ishni ishchi amalga oshirsa, qurilma soddalashadi va ko‘p hollarda butunlay avtomatlashgan qurilmalardan voz kechishga sabab bo‘ladi. Misol 80 sifatida keltirilgan shunday qurilmada yig‘ish va payvandlash ishlari har xil holatda bajariladi (10.7-rasm). Qiya holatda joylashgan nakopitel (5) dan otsekatel (7) yordamida bir obechayka aravacha (8) ni qabul qilish joyi (10) ga o‘tadi. Aravachani to‘g‘ri chiziqli harakati natijasida obechayka qabul qilish holatida turgan planshayba konsoliga keltiriladi. Qurilma operatori obechayka qirralarini podkladkaga to‘g‘rilaydi va vakuum qisish moslamasi bilan mahkamlaydi. Payvandlash joyi payvandlash golovkasiga nisbatan to‘g‘ri kelishi konusli fiksator yordamida amalga oshiriladi va shu fiksator konsol balkani bir chetidan to‘g‘ri turishiga yordam beradi. Payvandlash operator ishtirokisiz amalga oshiriladi. Payvandlash tugatilgandan so‘ng fiksator va klavishalar chetga va planshayba (1) obechaykani chiqarib olish holatiga o‘tqazadi, shundan so‘ng obechayka aravachaga ko‘chib o‘tadi. Download 5.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling