2. Tortqilar va kergichlar. Listlarni bir-biriga tortib turish yoki
ularni ichdan kerish uchun, masalan, silindrik obechaykalarni
payvandlashda ishlatiladi. Listlar yuzasiga vaqtincha chatib olinadigan
hamda gaykali bolt yordamida tortiladigan ikkita burchakli eng oddiy
tortgichlardan hisoblanadi. Chatib olgandan keyin burchakliklar kesib
tashlanadi, ular payvandlangan joy esa tozalanadi. Keruvchi moslamalar
umumiy tortqi yoki halqaga burab kirgiziladigan ikkita yoki bir necha
boltlardan iborat buladi. Obechayka ichdan boltlarni burab keriladi.
3.1-rasm. Qisuvchi va tirgak moslamalar
24
Odatda, obechaykalarning ko‘ndalang choklarini payvandlashda ana
shunday moslamalardan foydalaniladi (3.3,a-rasm)
Rezervuarlarni montaj qilish va payvandlashda listlarning chetlarini
tortib taranglash va tekislash uchun ponasimon yig‘ish moslamalar
ishlatiladi (3.3,b-rasm).
3.2-rasm. Richagli qisqich (a) va ekstsentrikli (b) qisqich
Rezervuarlarning bo‘ylama choklarini yig‘ish va payvandlash
aniqligini oshirish uchun tortqi vintli strubsinalar ishlatiladi (3.3,c-rasm).
Dastaki payvandlash o‘rniga avtomatik payvandlash usuli qo‘llanilganda
jarayonning asosiy operatsiyalari, ya‘ni elektrodni erishi sayin uni yoyga
uzatish, yoy uzunligini bir xilda saqlash, yoyni chok bo‘ylab surish,
tegishli mexanizmlar-payvandlash kallaklari va traktorlar yordamida
avtomatik bajariladi. Payvandchiga jarayonni sozlash, uning o‘tishini
kontrol qilish, avtomatni ishga solish yoki to‘xtatish ishlarigina qoladi.
25
3.3-rasm. Moslamalar:
a-taranglovchi va keruvchi; b-yig‘ish-pona moslamalar; d-taranglovchi vintli
strubsina; 1-rostlovchi vint, 2-tortib biriktiriladigan listlar, 3-bosib turuvchi vintlar,
4-qisqich, 5- taranglovchi vint, 6-shar gayka, 7-tirsak planka
26
Do'stlaringiz bilan baham: |