Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini


Download 5.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/85
Sana20.09.2023
Hajmi5.57 Mb.
#1682769
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Bog'liq
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish

 
Nazorat savollari 
 
1. Qo‘shtavrli balkalarni mayda seriyali ishlab chiqarishda qanday 
jihozlar qo‘llaniladi? 
2. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni qanday ketma-ketlikda tay-
yorlanadi? 
3. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni mexanizasiyalashgan 
liniyalarda tayyorlashda qanday jihozlar qo‘llaniladi? 
4. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirishning qanday turlari mavjud va 
ularni bajarish xususiyatlarini ko‘rsating? 
5. Kolonnalarni o‘rnatishda qanday talablar qo‘yiladi?
7-MA‘RUZA 
 
Rama konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
Reja: 
7.1. Payvandlangan rama konstruksiyalari haqida ma‘lumot. 
7.2. Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi. 
7.1. Payvandlangan rama konstruksiyalari haqida ma’lumot 
 
Ramalar alohida detallar va mexanizmlarni yaxlit bir agregatga 
biriktirishga mo‘ljallangan xajmiy fazoviy konstruksiya hisoblanadi. Ra-
malarga qo‘yiladigan asosiy talablardan konstruksiya qattiqligini aytish 
mumkin. Payvand ramalar balkalardan tashkil topadi va ular bir-biri 
bilan qattiq yoki yordamchi elementlar vositasida biriktiriladi. Ramalar 
o‘lchamlari va shakllari turli xil bo‘lib, ularni tayyorlash usullari ham 
xar hil bo‘ladi.
 
 


61
7.2. Rama konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi 
 
Og‘ir mashinasozlikda prokat stanlarni rama kletlari katta po‘lat 
quyma ko‘rinishidagi balkali zagotovkalardan yig‘iladi va payvand-
lanadi. 7.1-rasmda to‘rt quyma zagotovkadan tashkil topgan prokat stani 
vertikal ramasi tasvirlangan. Zagotovkalarni tutashtirish joylari payvand 
deformasiyalar simmetrikligi va elementlar shaklidan kelib chiqib 
belgilanadi. Tutashtirish joyidagi murakkab qo‘shtavr kesimi o‘rniga 
yaxlit kesim tanlanib, (A-A, B-B) elektroshlakli payvandlash bilan 
biriktiriladi. Tutashtirish joyini bunday ko‘rinishda amalga oshirish ko‘p 
qavatli 
payvandlashga 
qaraganda 
texnologik 
jihatdan 
oson. 
Elektroshlakli payvandlashdan so‘ng rama payvand birikma mexanik 
xossalarini yaxshilash maqsadida termik ishlovdan o‘tkaziladi. Rama 
o‘lchamlarini aniqlashtirish uchun mexanik ishlovdan o‘tkaziladi.

Download 5.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling