Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti payvand konstruksiyalarini


Download 5.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/85
Sana20.09.2023
Hajmi5.57 Mb.
#1682769
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
Payvand konstruksiyalarini ishlab chiqarish

10.6-rasm. Texnologik burtiq yordamida idishga flanesni biriktirish 
Bosim ostida ishlaydigan idishning o‘lchami nisbatan kichik bo‘lgan 
holda armatura detallari payvand chokini qo‘zg‘almas payvandlash 
golovkasi yordamida buyumning o‘zini moslama bilan aylantirib baja-
riladi. Agar idish o‘lchamlari katta bo‘lsa, payvand chokni bajarish 
qulay bo‘lishi uchun payvandlash qurilmasi buyumni ustida harakatlanib 
amalga oshiriladi. Yupqa devorli idishlar (tormoz rezervuari, propan 
balloni)ni yirik seriyali ishlab chiqarishda yig‘ish-payvandlash ishlari 
uchun maxsus yarimavtomatik qurilmalar qo‘llaniladi. Bunda obechayka 
bo‘ylama chokini bajarishda quyidagi ishlar amalga oshirish zarur: 
obechaykani qabul qilish, chokni belgilash, payvand chokni 
podkladkaga simmetrik siqish, payvand chokni bajarish, obechaykani 
qurilmadan bo‘shatish. Bu ishlarni avtomatlashtirishda chokni belgilash 
(orientirlash) operatsiyasi murakkab hisoblanib, agar bu ishni ishchi 
amalga oshirsa, qurilma soddalashadi va ko‘p hollarda butunlay 
avtomatlashgan qurilmalardan voz kechishga sabab bo‘ladi. Misol 


80
sifatida keltirilgan shunday qurilmada yig‘ish va payvandlash ishlari har 
xil holatda bajariladi (10.7-rasm). Qiya holatda joylashgan nakopitel (5) 
dan otsekatel (7) yordamida bir obechayka aravacha (8) ni qabul qilish 
joyi (10) ga o‘tadi. Aravachani to‘g‘ri chiziqli harakati natijasida 
obechayka qabul qilish holatida turgan planshayba konsoliga keltiriladi. 
Qurilma operatori obechayka qirralarini podkladkaga to‘g‘rilaydi va 
vakuum qisish moslamasi bilan mahkamlaydi. Payvandlash joyi 
payvandlash golovkasiga nisbatan to‘g‘ri kelishi konusli fiksator 
yordamida amalga oshiriladi va shu fiksator konsol balkani bir chetidan 
to‘g‘ri turishiga yordam beradi. Payvandlash operator ishtirokisiz 
amalga oshiriladi. Payvandlash tugatilgandan so‘ng fiksator va 
klavishalar chetga va planshayba (1) obechaykani chiqarib olish holatiga 
o‘tqazadi, shundan so‘ng obechayka aravachaga ko‘chib o‘tadi. 

Download 5.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling