Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

12.4-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasining tavsiflari:
a – yuklanish tavsifi; b – tashqi tavsifi. 
12.3. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr zanjirlari 
1) Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarida payvandlash toki 
bir fazali payvandlash transformatori PTr ning ikkilamchi 
cho‘lg‘amida kontaktor-uzgich Uz ulangandan keyin paydo 
bo‘ladi. Tok kuchi bosqich almashib ulagich BA bilan rostlanadi. 


129 
Impulsning vaqti va shakli boshqarish apparatlari BA yordamida 
rostlanadi. 
12.5-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinasi kuch 
qismining prinsipial sxemasi. 
Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining afzalliklari: 
tarmoqning elektr energiyasini o‘zgartiruvchi qurilma sodda 
tuzilgan, shakli va davomliligiga ko‘ra turlicha bo‘lgan tok 
impulslarini hosil qilish imkoniyati bor. Kamchiliklariga esa kuch 
tarmog‘i fazalarining notekis yuklanishi, ancha katta quvvatli 
mashinalar ulaganda tok impulslari katta bo‘lishi, quvvat 
koeffitsienti (cosφ) kichikligi qiradi. 
2) Uch 
fazali 
past 
chastotali 
mashinalarda 
sanoat 
chastotasidagi tok uch fazali ko‘prik sxema bo‘yicha yiq‘ilgan 
kuch to‘g‘rilagichida 5–10 Hz chastotali impulslarga aylantiriladi. 
To‘g‘rilagich payvandlash transformatori PTr ning birlamchi 
cho‘lg‘amiga ulangan. U qisqa muddatli impulslar bilan ulanadi. 
PTr ning birlamchi chulg‘amiga to‘g‘rilagich IT ga ikkita ikki 
qutbli elektromagnitli kontaktor PP orqali ulanadi. Kontaktor 
payvandlash oralig‘idagi to‘xtamlar (pauzalar) vaqtida ishlaydi va 
uzatilayotgan tok impulslarining qutbini navbat bilan o‘zgartiradi. 
Bu esa payvandlash transformatoridagi magnit o‘tkazgich 
to‘yinishining oldini oladi. 


130 
Past chastotali mashinada tok kommutatsiyasi shunday amalga 
oshadiki, payvanlash transformatorining birlamchi cho‘lg‘amiga 
uzatilayotgan o‘zgarmas kuchlanishining ayrim impulslar unda tok 
impulslarini uyg‘otib, uning amplitudalarini tobora oshirib boradi 
(eksponensial qonunga muvofiq) va tok eng katta qiymati 
yetganda uni pasaytira boradi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling