Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

Nazorat savollari 
1. Mexanizm deb nimaga aytiladi? 
2. Nuqtali, relyefli, chokli payvandlash mashinalaridagi 
detallarni qisish mexanizmlarida yuritmalarning qanday turlari 
qo‘llaniladi? 
3.
Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
qisish 
mexanizmlarida qaysi turdagi yuritmalardan foydalaniladi? 


121 
4. Uchma-uch payvandlash mashinalaridagi qismalar qanday 
vazifalarni bajaradi? 
5. Uchma-uch payvandlash mashinalaridagi tirgak moslamalar 
qanday vazifalarlarni bajaradi? 
12-MA’RUZA. 
KONTAKTLI PAYVANDLASH MASHINALARINING 
ELEKTR QISMI 
Reja: 
12.1. Mashinalar elektr qismining vazifasi va tuzilish 
sxemalari 
12.2. Mashinalarning asosiy energetik parametrlari 
12.3. Kontaktli payvandlash mashinalarining elektr zanjirlari 
12.4. Payvandlash transformatorining tuzilishi
12.5. Payvandlash transformatorlaridagi payvandlash tokini 
rostlash 
Tayanch so’z va iboralar: elektr qismi, takroriy - qisqa 
muddatli ish rejimi, qisqa tutashuv toki, quvvat koeffitsienti, salt 
yurish, transformator 
12.1. Mashinalar elektr qismining vazifasi va tuzilish 
sxemalari 
 
Mashinaning elektr qismi payvandlash vaqtida talab etiladigan 
quvvatni ancha yuqori darajadagi FIK bilan va uning qismlari 
ruxsat etilganidan ortiq qizishiga yo‘l qo‘ymasdan ta’minlashi, 
mos ravishda yuklash tavsifiga ega bo‘lmishi hamda ishning 
bexatarligini ta’minlashi kerak. Payvandlash joyi va mashina 
ikkilamchi konturining elektr qarshiligi uncha katta bo‘lmaydi, shu 
bois payvandlash joyi tez qizishiga yetarli bo‘ladigan katta kuchli 
(250 kA gacha) payvandlash toki hosil bo‘lishi uchun odatda 
pasaytirilgan kuchlanish (1–25 V) talab qilinadi.


122 
Mashinaning elektr qismiga tokni pasaytirib keltirish uchun 
ikkilamchi kontur IK xizmat qiladi. Payvandlash transformatori 
tarmoqqa yoki uch fazali energiya akkumulyatori PTrga ulanadi. 
Past chastotali mashinalarda transformator PTr uch fazali yoki olti 
fazali tug‘rilagich T ga ulanadi. PTr transformatorida ketma-ket 
keluvchi tokning qutbiyligini qutbiylik kommutatori QK 
ta’minlaydi. 
Ikkilamchi 
kuchlanish 
(payvandlash 
toki) 
transformator PTr ning transformatsiya koeffitsientini bo‘lmali 
bosqichlar almashib ulagichi BAU yordamida o‘zgartirish yo‘li
bilan (bosqichli rostlash) yoki fazani rostlash yo‘li bilan (ravon 
rostlash), yoki anna shu ikkala rostlash yo‘li bilan (aralash 
rostlash) rostlanadi. Energiya kondenasatorlarda to‘planadigan 
mashinalarda payvandlash toki kondensatorlar batareyasining 
kuchlanishini yoki sig‘imini o‘zgartirish orqali rostlanadi. 
12.1-rasm. Mashinalar asosiy turlari elektr qismining tuzilish sxemasi:
a - bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinaniki; b - uch fazali past chastotali 
tok mashinaniki; d - tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan uch fazali 
mashinaniki; e - kondensatorli mashinaniki. 


123 
Payvandlash tokining fazasi boshqarish apparatlari BAp bilan 
rostlanadi. Anna shu apparatlar yordamida kontaktor yoki 
to‘g‘rilagichlarning, qutbiylik kommutatorining ulanishi va 
uzilishi, barcha payvandlash sikllari operatsiyalarining yoki bir 
qismining berilgan izchilligi hamda davomliligi ta’minlanadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling