Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

11.10-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining pnevmogidravlik 
siqish mexanizmi. 
Gidravlik qisuvchi mexanizmlar gidravlik uzatish mexanizm 
bo‘lgan mashinalarda qo‘llaniladi. Ular tuzilishining nisbatan 
oddiyligi va o‘lchamlarining kichikroqligi bilan ajralib turadi. 
Ba’zan qisish silindrlari diametrini kattalashtirish uchun qo‘shaloq 
silindrlar (tandem-silindrlar) dan foydalaniladi. Qisish kuchi 100–
500 kN bo‘lgan mashinalarda moy qisish silindrlariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri mashina gidronasosidan 7–10 MPa bosim ostida uzatiladi. 
qisish kuchi 1000–4000 kN va bundan katta bo‘lgan mashinalarda
qisish silindrlaridagi bosim 40–60 MPa gacha oshiriladi. Buning 
uchun maxsus nososlardan yoki bosim multiplikatorlaridan 
foydalaniladi.
Qisish kuchini oshirish uchun bevosita ishlaydigan gidravlik 
qisuvchi mexanizmlar bilan bir qatorda richagli gidravlik 
mexanizmlar ham qo‘llaniladi. Qudratli mashinalarda ba’zan 
elektr yuritmali vintli qisuvchi mexanizmlar ishlatiladi. Yuqori 
qisma (1) vint (9) vositasida yo‘naltiruvchilar (10) da 
harakatlanuvchi polzunga mahkamlangan. Chervyakli g‘ildirak (4) 


119 
shponka (3) bo‘ylab sirpanuvchi gayka (2) ni aylantirganda vint 
ilgarilama harakatlanadi (17.11-rasm). Chervyak (8) elektr 
yuritgich 7 bilan aylantirilganda vint jag‘ni qisilayotgan detalga 
tiralguncha pastga tushiradi. Elektr yuritgichning keyingi aylanishi 
gayka (2) ning qo‘zg‘almas vintidan burilib chiqishiga olib keladi. 
Gayka tayanch (5) orqali prujinali dinamometr (6) ni bosadi va 
uning siqish kuchi ma’lum miqdorga yetganda oxirgi ulagich 
elektr yuritgichni to‘xtatadi. 
11.11-rasm. 
Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
elektr 
yuritgichdan harakat oluvchi qisish mexanizmi. 
Tirak moslamalar cho‘ktirish kuchini o‘ziga qabul qilib
detallarning qismalarda sirpanishga yo‘l qo‘ymaydi. Tirak 
moslamalarning tuzilishi payvandlanadigan detallarning shakli va 
o‘lchamlariga 
qarab 
aniqlanadi. 
Tiraklar 
payvandlash 
mashinasining plitalariga, uzun detallarni payvandlashda esa 
maxsus yo‘naltiruvchilarga o‘rnatiladi. 


120 
11.12-rasm. Tirgak moslamalar:
a - universal; b - qismalar kopusidagi tirgak; d- jag‘lardagi tirgak. 
100–300 kVA quvvatli mashinalarda qo‘laniluvchi universal 
tirgak moslamada kronshteyn (1) mashinasaning qo‘zg‘almas 
plitasiga mahkamlangan. Shtangalar (2) kronshteyn maxkam-
langan. Shtangalarning uzunligi payvandlanadigan detallarning 
uzunligiga bog‘liq. Payvandlash paytida detalning uchi tayanch 
qism (3) ga tiralib turadi. Xomaki rostlash tishlar (5) yordamida 
shtangacha mahkamlangan tirgak planka (4) o‘rnini almashtirib 
amalga oshiriladi. Aniq rostlash uchun esa polzun (7) bilan 
bog‘langan maxovikcha (6) xizmat qiladi. Rostlab bo‘lgandan 
keyin maxovik vinti gayka (8) bilan mahkamlab qo‘yiladi. 
Kalta 
detallarni 
payvandlashga 
mo‘ljallangan, 
ya’ni 
rostlashning keng diapazoni talab qilinmaydigan mashinalarda 
tirgaklar qisuvchi mexanizmlar bilan birlashtiriladi. Cho‘ktirish 
kuchi korpusi bilan bog‘langan tirgaklar orqali yoki jag‘lar orqali 
uzatilish mumkin. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling