Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Roliklarni aylantirish mexanizmlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.6. - rasm.
11.2. Roliklarni aylantirish mexanizmlari
Bunday mexanizm payvandlash vaqtida detallarning ishonchli harakatlanishini ta’minlashi kerak. Tuzilishining har xilligi chokli payvandlash mashinalarining joylashuviga xilma-xillik kiritadi. Yetakchi (oddatda bitta) rolik yuradigan hisoblanadi, boshqa rolik esa detalga ishkalanish natijasida salt aylanadi. Shu bois mexanizm yetaklanuvchi rolikning sirpanishga barham berishi lozim. Ko‘ndalang payvandlash mashinalarida, qoidaga ko‘ra, pastki rolik yetakchi rolik hisoblanadi; bo‘ylama payvandlash mashinalarda va universal mashinalarda yuqorigi rolik yetakchidir. Mashinaning vazifasi, quvvat va turiga qarab roliklar uzluksiz hamda uzlukli aylanadigan bo‘lishi mumkin. Uzluksiz aylantirish mexanizm odatda uchta asinxron dvigatel, reduktor, almashtiriladigan shesternyalar, kardanli valdan va roliklarning aylanish tezligini ravon rostlash qurilmasidan tashkil topadi (11.5-rasm). Bunday qurilma vazifasini ko‘pincha bosqichsiz tezliklar variator – ПМС turidagi elektr bilan boshqariluvchi sirpanish muftasi (MШ–2001, MШ–3201, MШВ– 4002, MШВ–1601 mashinalarida) bajaradi. 11.5-rasm. Roliklarni uzluksiz aylantirish mexanizmi. 112 Elektr yuritgich (1) dan aylanma harakat sirpanish muftasi (2) (tezlikni elektr rostlagichi bo‘lgan ПМС turidagi mufta, u tezlikni o‘n baravar pasaytirishni ta’minlaydi), mufta (3), planetar rostlagich (4), kardanli val (5), shesternyalar (6) – (11) orqali yuqorigi rolik (12) ga uzatiladi. Elektr yuritgichdan uzoklashgan sayin vallarning aylanish tezligi pasayib boradi buruvchi moment esa kattalishib boradi va chiqish valida (rolikda) eng katta qiymatiga yetadi. Elektr yuritgichning quvvati rolikda yo‘qotishlar momentlari yig‘indisi (ikkala rolikning detallarda dumalab ishqalanish momentlari) yig‘indisidan katta buruvchi moment hosil qilishga yetarli bo‘lishi zarur. Odatda yuritgichlarning quvvati 0,5–2 kW ni tashkil etadi. Uzlukli aylantirish mexanizmi odatda aylanish tezligi rostlanadigan o‘zgarmas tok elektr dvigateli asosida tayyorlanadi. Kinematik zanjir ko‘pincha eletkromagnitli muftani o‘z ichiga oladi. U yuritgich bilan rostlagich orasiga o‘rnatiladi (17.6-rasm). 11.6. - rasm. Roliklarni uzluksiz aylantirish mexanizmi. Uning yordamida roliklar osongina ishga tushiriladi va tuxtatiladi, davriy aylantirish keng ko‘lamda rostlanadi. Mexanizmning kinematik sxemasi elektr yuritgich (7) dan iborat bo‘lib, u muftalar (2) va (4) orqali chervyakli reduktor (5) shesternyalarini, almashtiriladigan shesternyalar z 1 va z 2 , konussimon shesternyalar z 3 va z 4 ni hamda reduktor (6) orqali kardanli vallar (7), (8) ni aylantiradi. Mashinaning yuqori kallagi universal bo‘lgani uchun bo‘ylama choklani payvandlashda 113 roliklar (9) ning harakati shesternyalar z 7 va z 8 orqali, ko‘ndalang choklarni payvandlash uchun kallak burilganda esa shesternyalar z' 7 va z' 8 orqali sodir bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling