Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

Elektrod qotishmalari. Elektrod va roliklarning materiallari 
yuqori darajada issiqliq hamda elektr o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak 
(elektrod-detal tegish joyidagi harorat pasayishi, elektr quvvati 
sarfi kamayishi va detallar ravon erishining oldi olinishi uchun). 
Ularning issiqqa chidamliligi, qattiqligi va qayta kristallanish 
harorati nisbatan yuqori (materiallarning mustahkamligi va ish 
yuzasining ezilish jarayoni sekinlashishi uchun), shunigdek massa 
ko‘chishga moyilligi kam bo‘lishi (ish yuzasining ifloslanishga 
chidamliligi oshirish uchun) kerak. 
Konstruksion metallar ichida elektr o‘tkazuvchanligi eng 
yuqori bo‘lgan mis deyarli barcha elektrod qotishmalari uchun 
asos vazifasini o‘taydi. Ammo afsuski, misning issiqqa 
chidamliligi, qattiqligi uncha yuqori emas va qayta kristallanish 
harorati past. Bu xossalarni turli usullar bilan: parchinlash, 


105 
legirlangan holda qattiq eritma hosil qilib ortiqcha faza dispers 
zarralarini o‘ta to‘yingan qattiq eritmadan ajratib olib, donalar 
chegaralarida qiyin eriydigan sinch yuzaga keltirib, misni 
ichkaridan oksidlab oshirishga to‘g‘ri keladi. 
Sovuq holatdagi deformatsiyadan yuzaga keluvchi effekt faqat 
(0,3–0,5)T
erish 
haroratgacha, misni legirlash tufayli mustah-
kamlanish esa (0,4–0,6)T
erish
gacha saqlanib turadi.
Legirlash uchun asosan Cd, Cr, Ag, Co, Ni ishlatiladi. Qayta 
kristallanish (rekristallizatsiya) harorati va qattiqliq oz-ozdan Ti, 
Be, Zr, Al, B, Si qo‘shimcha ravishda oshiriladi. Legirlovchi 
elementlar miqdori oshirishi bilan misning elektr va issiqlik 
o‘tkazuvchanligi 
kamayadi. 
Shu 
sababli 
legirlovchi 
elementalarning umumiy miqdori odatda 2% dan oshmaydi. 
Aluminiy, magniy va mis qotishmalarini payvandlash uchun 
sovuq holda cho‘zilgan M1 markali mis hamda qotishmalar 
ishlatiladi, ular nagartovkalab mustahkamlanadi (БрKд1, БрСр), 
elektr o‘tkazuvchanligi eng yuqori, ammo qattiqligi va 
rekristallizatsiya harorati eng past bo‘ladi. 
Po‘latlar, titan qotishmalarini payvandlash uchun elektr 
o‘tkazuvchanligi kam, biroq rekristallizatsiya harorati yuqori 
bo‘lgan elektrod qotishmalari (Mц5Б, БрXKд, БрXСр, MЦ2, 
MЦ4, БрНБT) dan foydalaniladi. Bular dispersion qattiqlashuvchi 
qotishmalar bo‘lib, ayrimlarida donalar chegaralari bo‘ylab qiyin 
eriydigan skelet bo‘ladi. Termomexanik ishlov berish (toblash, 
sovuq 
holatda 
deformatsiyalash 
va 
bo‘shatish) 
orqali 
mustahkamlanadi. Vol'framning mis bilan (elkonayt), volfram 
karbidining mis bilan (HB 490) kompozitsiyasidan olingan 
qumoqli kukunlar, shuningdek volfram va molibden qotishmalari 
alohida guruxni tashkil qiladi. Ularning qattiqligi va issiqqa 
chidamliligi eng yuqori, lekin elektr o‘tkazuvchanligi past (~30%) 
bo‘ladi. Ular odatda relyefli payvandlashda, turli qalinlikdagi va 
har xil nomlardagi detallarni, shuningdek mis, kumushni nuqtali 
payvandlashda ishlatiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling