Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrodlarning tuzilishi.
10.6. Elektrodlar
Elektrodlar (roliklar) bevosita detallarga payvandlash toki va siqish kuchini keltiradi. Shu bilan birga ular ikkilamchi kontur qismlari, mashinaning konstruksion kuch qismlari va texnologik asbob bo‘lib ham hisoblanadi. Elektrodlarning tuzilishi. Elektroddlar va roliklar uchta asosiy qism: ishchi qismi (1), o‘rta (2) va o‘tqazish qismi (3), shuningdek sovitish kanallari (4) dan iborat. Ish qismi l 1 uzunlikdagi va D e diametrli sarflanadigan qism bo‘lib, uzoq muddat ishlatish jarayonidan qayta-qayta charxlash mumkin. Yangi elektrodlarda l 1 =(0,7–0,8)D e bo‘ladi. Konussimon ish qismining burchagi α=30°. 100 10.12-rasm. Elekrodning tuzilishi: a – elektrodning asosiy qismi; b – rolikning asosiy qismlari. Burchak kattalashsa, ish yuzasi tezroq ezilishi natijasida elektrodlarning chidamliligi pasayadi. Burchak kichiklashganda esa hatto kichik deformatsiyalarda ham d e ning o‘lchamlari o‘zgarishi ortadi. Ishchi qismida ish (teguvchi) yuzasi (IYU) bo‘lib, u detallar bilan bevosita mexanik va elektr kontakt bo‘lishini ta’minlaydi. IYU ning shakli va o‘lchamlari elektrodlarning muhim texnologik tavsifi hamda payvandlash rejimi parametri hisoblanadi. Bunday yuzaning shakli detalning payvandlash joyidagi shaklida mos bo‘lishi kerak. 10.13-rasm. Elektrodlar I va roliklar II ning ish qismi shakllari: a – IYU sferik bo‘lgan sferasimon; b – IYU tekis bo‘lgan sferasimon; d – IYU tekis bo‘lgan silindirsimon; e – IYU radiusli bo‘lgan sferasimon; f – IYU silindrsimon bo‘lgan konussimon; g – IYU silindrasimon bo‘lgan to‘rtburchak. 101 List detallarni payvandlashda IYU ning boshlang‘ich shakli yassi (roliklarda silindrsimon) yoki sferik (roliklarda radial) bo‘ladi. Birinchi holda ish yuzaning shakli R e , R r bilan, ikkinchi holda esa diametr d e yoki kenglik f r bilan tavsiflanadi. Konussimon qilib charxlangan yassi shakli ish yuzasi deformatsiya qarshiligi σ* D yuqori bo‘lgan metallar (po‘latlar, issiqqa chidamli po‘latlar), massa ko‘chishga moyil bo‘lmagan metallar (po‘latlar, nikel, titan qotishmalari) uchun qo‘llaniladi. Sferik shakldagi ishchi yuzasidan qizigan darzlar va bo‘shliqlar hosil qilishga moyil σ* D yuqori bo‘lgan metall (aluminiy, magniy va mis qotishmalari) uchun foydalaniladi. 10.7-jadval Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling