Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinasi.    10.4. Korpus va staninalar


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

10.4-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinasi. 
 
10.4. Korpus va staninalar 
 
Press 
turidagi 
nuqtali, 
relyefli, 
chokli 
payvandlash 
mashinalarning korpusi kuch qismlari: korpus devorlari (2), 
yuqorigi (1) va pastki (6) kronshteynlardan tuzilgan (10.5-rasm).


93
10.5-rasm. Press turidagi nuqtali, relyefli va chokli payvandlash 
mashinalarning korpusi. 
Ular detallarni siqish kuchidan tushuvchi ancha katta eguvchi 
momentni qabul qiladi va butun mashinaning zarur bikrligini 
ta’minlaydi. Korpus qismlarini tayyorlash, montaj qilish qulay 
bo‘lishi , shuningdek konsollarning ochilish darajasi h ni rostlash 
mumkin bo‘lishi uchun pastki kronshteyn odatda old devorga 
boltlar bilan biriktiriladi. 
Ayrim hollarda ikkala kronshteyn va devorlar yagona 
payvand yoki quyma konstruksiya (bikr skoba) ko‘rinishida 
tayyorlanadi.
Payvandlash apparati, aylantirish mexanizm qismlari va 
boshqa tizimlar ko‘pincha sinch (3) da korpus ortida, kamdan-
kam hollarda korpus devorlarining yon tomonida joylashtiriladi. 
Transformator 
yoki 
to‘g‘rilovchi 
bloklar 
yon 
tomonda 
joylashtirilgan taqtirda korpusning old devori teshiksiz yasaladi, 
bu esa uning bikrligini qo‘shimcha ravishda oshiradi. Kuch 
qismi va sinch taglik (4) da mahkamlanadi. Ba’zi hollarda, tok 
keltiruvchi pastki konsolga va kronshteyn tushadigan yukni 
kamaytirish uchun domkrat (5) o‘rnatiladi.
Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
korpuslari 
(staninalari) nihoyatda xilma-xil bo‘lib, detallarning tuzilishi 
hamda kesimiga ko‘p darajada bog‘liqdir. Korpus ushbu kuch 
qismlari: stol (1), qo‘zg‘almas (2) va harakatlanuvchi (3) 
qismlardan 
tashkil 
topadi 
(10.6-rasm). 
Payvandlash 


94
transformatori va boshqa taqsimlash apparatlari odatda stol (1) 
ning ichiga o‘rnatiladi. Cho‘kish kuchi F cho‘k, qoidaga ko‘ra, 
gorizontal yo‘nalishda ta’sir qiladi. Detallarning holati 
payvandlash oxirigacha to‘g‘ri bo‘lish uchun kuch qismi yetarli 
darajada bikr bo‘lmishi lozim. Aks holda detallarda og‘ib ketishi 
va nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Stolning bikrligi 
shtangalar (4) ni joylashtirish evaziga ancha oshiriladi. 
Qismaning yukini kamaytirish uchun, agar bu mumkin bo‘lsa, 
qattiq tiraklar ishlatiladi. 
10.6-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinasining korpusi. 
Korpuslar qismlari ferromagnit qotishmalari (cho‘yan, po‘lat) 
dan tayyorlanadi, shuning uchun bu qismlarni tok o‘tkazgichlardan 
iloji boricha uzoqroq joylashtirishga harakat qilinadi. Mashinalar 
konsollaridan yoki qismlaridan biri korpusdan tekstolit qistirmalar 
va vtulkalar yordamida elektrdan izolyatsiyalanadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling