Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

Nazorat savollari: 
 
1. Kontaktli payvandlash mashinasining elektr qismi qanday 
vazifani bajaradi? 
2. Kontaktli payvandlash mashinalarining asosiy elektr 
parametrlari qanday? 
3. Takroriy-qisqa muddatli ish rejimi deb nimaga aytiladi? 


141 
4. Kontaktli payvandlash mashinasining yuklash tavsifi deb 
nimaga aytiladi? 
5. Kontaktli payvandlash mashinasining tashqi tavsifi deb 
nimaga aytiladi? 
6. Kontaktli payvandlash elektr zanjirlarining asosiy turlarini 
aytib bering. 
7. Bir fazali o‘zgaruvchan tok mashinalarining afzalliklari va 
kamchiliklarini ayting. 
8. Payvandlash transformatori qanday vazifani bajaradi? 
9. Payvandlash transformatori qanday asosiy uzellardan 
tuzilgan? 
10.
Payvandlash transformatorlarida magnit o‘tkazgichlarning 
qaysi turlari qo‘llaniladi? 
11. Payvandlash transformatorlarida birlamchi cho‘lg‘amning 
qaysi turlari ishlatiladi? 
12. Payvandlash 
transformatorida 
payvandlash 
tokini
rostlashning qanday usullaridan foydalaniladi? 
13. Bosqichlarni 
almashib 
ulash 
uchun 
almashib 
ulagichlarning qaysi turlari qo‘llaniladi? 
13-MA’RUZA. 
KONTAKTLI PAYVANDLASH USKUNALARINI 
BOSHQARISH APPARATLARI 
Reja: 
13.1. Boshqarish apparatlarining vazifasi 
13.2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va 
avtomatik boshqarish tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi 
Tayanch so’z va iboralar: boshqarish apparati, funksional 
apparati, robotlar liniyasi. 
13.1. Boshqarish apparatlarining vazifasi 
Kontaktli payvandlashda boshqarish apparatlarining asosiy 
vazifasi berilgan dasturni mashinaning tegishli yuritmalarini 


142 
boshqaruvchi apparatlarning funksional uzellariga boshqaruvchi 
signallarni analog yoki diskret shaklda uzatish yo‘li bilan
muayan vaqt ichida amalga oshirishdan iborat. 
Dasturga, payvandlash siklorammalaridan tashqari, yordamchi 
operatsiyalar 
(detallarni 
surish, 
shtamplash, 
joylashtirish, 
elektrodlarni tozalash va x.q.) qismlari kiritilishi mumkin. Ular 
bitta 
yoki 
bir 
nechta 
mashinani 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirishni, payvandlash jarayonining eng muhim 
parametrlarini passiv va aktiv nazorat qilishni, payvandlash 
jaryoni hamda payvandlash uskunalarining sifat holatini tahlil 
qilish va tashxis qo‘yishni ta’minlaydi. 
Boshqarish apparatlarining yuqorida aytilgan vazifalariga 
muvofiq, qattiq dastur asosida ishlaydigan kontaktli payvandlash 
uskunalarini boshqarishning tuzilish sxemasida ushbu bloklarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin: payvandlash rejimi sikli va
parametrlarini boshqarish bloki (1). U mashina M ning 
yuritmalariga ta’sir qilib payvandlash sikli operatsiyalarining 
hammasi yoki bir qisminining berilgan izchilligi hamda 
davomiyligini, payvandlash rejimining asosiy mexanik va elektr 
parametrlarini qattiq dasturga binoan boshqarish hamda rostlashni 
ta’minlaydi; payvandlash uzeli tayyorlash texnologik jarayonining
yordamchi va birlashtirilgan operatsiyalarini mexaniazatsiya-
lashtirish hamda avtomatlashtirish vositalari (MAV) yuritmalarini 
boshqarish bloki (2); mashinaga o‘rnatilgan datchiklardan 
kelayotgan payvandlash jarayoni haqidagi axborotni nazorat qilish 
bloki (3); uskunalarning ahvoli, payvandlash sifati va miqdoriga 
tashxis qo‘yish bloki (4) datchiklardan kelayotgan axborotni qayta 
ishlaydi va uni ishlangan holatda payvandlash bo‘limi ishini taxlil 
qilish hamda boshqarish umumiy tizimiga chiqarib beradi. 


143 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling