Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
12.12-rasm. Transformatorning ikkilamchi kuchlanishini rostlash
sxemasi. 139 Kuchlanishning bosqichlar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin qadar bir tekis bo‘lishi zarur. Cho‘lg‘amning hammasi magnit o‘tkazgichda simmetrik joylashtirish mumkin bo‘lgan juft sonli g‘altaklarda joylashtirilishi kerak. Faqat kichik quvvatli mashinalar uchun qo‘llaniladigan o‘ramlar soni w 1 ni o‘zgartirishning eng sodda sxemasi transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami uning 1–7 tarmoqlarini bo‘lib almashib ulagichi A ning klemmalariga ulash orqali bo‘lmalarga (seksiyalarga) ajratilganda hosil bo‘ladi (12.12-a rasm). 12.13-rasm. Payvandlash transformatorining bosqichlarini almashlab ulagichlar: a – shtepsel orqali ulanadigan; b – plastinali; d – barabanli; e – pichoqli. 140 Sxemada (12.12-b rasm) ikkita almashib ulagich: A1 va A2 bor. Ular (1) holatga o‘rnatilganda birlamchi cho‘lg‘am batamom uzilgan bo‘ladi. Agar bunda almashib ulagich A2 (4) holatga (yuqori bosqich) o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ramlarning eng kam soni ulanadi. Sxema o‘rtacha quvvatli mashinalar uchun qo‘llaniladi. Birlamchi cho‘lg‘am o‘ramlari ketma-ket-parallel ulangan sxemada (12.12- d rasm) istalgan bosqichda hamma o‘ramlarda tok oqadi. O‘ramlar soni ularni uzib qo‘yish bilan emas, balki parallel ulash bilan o‘zgartiriladi. Bunday sxemani almashlab ulash uchun uchta almashib ulagich (A1, A2 va A3) talab etiladi. Mazkur sxema o‘rtacha va katta quvvatli mashinalarda qo‘llaniladi. Bosqich almashib ulash uchun bir necha xil almashib ulagichlardan foydalaniladi: a) kichik quvvatli mashinalarda – qisqa tutashtirilgan vilkadan iborat, shtepsel orqali almashib ulagich; b) quvvatli 300 kV gacha bo‘lgan mashinalarda – pichoqli almashib ulagichlar, ularda mis pichoq plastinalarning prujinalanuvchi kontaktlari orasiga kirgiziladi; d) plastinali almashib ulagichlar katta quvvatli mashinalarda ishlatiladi; bunda bosqichlar shpilkalarda gayka bilan maxkamlangan tok keltiruvchi plastinalar holatini o‘zgartirish orqali almashib ulanadi; e) barabanli almashib ulagichlarda sirpanuvchi kontaktlar bo‘lib, ular baraban (2) ichiga o‘rnatilgan kontakt lamellari (3) ga qisiladi. Baraban izolyatsiyalangan dasta (1) burilganda bilan cho‘lg‘amlar almashib ulanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling