Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

14.2. Potok va avtomatik liniyalar 
 
Potok va avtomatik liniyalardan yirik turkumlab va ko‘plab 
ishlab chikarishda (xalq iste’moli mollari, avtomobillar ishlab 
chiqarishda) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Asosiy va 
yordamchi uskunalar majmuyi potok liniya deb ataladi. Bu 
uskunalar operatsiyalarning ko‘p qismi, shu jumladan, buyumni 
bir ish o‘rnidan boshqasiga surishni ham mexanizm va mashinalar 
yordamida bajarilishini ta’minlaydi. Bunda uskunalar va ish 
o‘rinlari 
texnologik 
jarayonning 
alohida 
operatsiyalari 
bajariladigan tartibda joylashtiriladi. 
Avtomatik liniya asosiy, yordamchi va ko‘tarish-tashish 
texnologik uskunalari, mashina hamda mexanizmlar majmuyi 
bo‘lib, ular buyum tayyorlash hamda tayyorlash jarayonida uni
liniyaning tegishli joylariga surish uchun zarur bo‘lgan hamma 
operatsiyalarni odamning ishtirokisiz muayyan texnologik 
izchillikda va muayyan maromda amalga oshiradi. Liniyada
barcha operatsiyalar avtomatik bajariladi, odam esa faqat 
uskunalarni sozlash, kuzatish va rostlash ishlarini bajaradi. Ayrim 
hollarda odam boshlang‘ich yuklash va oxirida yuklarni olish 
operatsiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 
Quvurlar ishlab chiqarishda quvur payvandlaydigan avtomatik 
qurilmalardan foydalaniladi (14.1-rasm). 
14.11-rasm. Quvurlarni payvandlash stanining sxemasi. 


153 
O‘ramdagi tasma konveyer (1) va chuvatkich (2) ga uzatiladi, 
jo‘valash mashinasi (3) da to‘g‘rilanadi hamda uchlari qaychi 
bilan kesilgandan keyin uchma-uch payvandlash mashinasi (5) da 
uzluksiz tasma qilib payvandlanadi, grati esa qratqirg‘ich bilan 
yo‘qotiladi. Jarayon uzluksiz bo‘lishini ta’minlash uchun tasma 
uchlarini kesish, payvandlash va gratni yo‘qotish vaqtida xalqa 
hosil qilgich (6) dan foylaniladi, u qoliplash stani oldida tasma 
zaxirasini yaratadi. Yuritish roliklari tasmani qoliplash qurilmasi 
(7) ga keltiradi, bu qurilma gorizontal va vertikal kattaklardan 
iborat. Shakl berilgan tanavor payvandlash mashinasi (8) ga 
keladi, bu yerda 440 Hz chastotali tok bilan bo‘ylama chok 
payvandlanadi. Keyin quvurlar sovitqich (9) da suv-havo 
aralashmasi vositasida 50

60°C haroratgacha sovitiladi. Quvurni 
yakuniy kalibrlash va to‘g‘rilash uchun stan (10) xizmat qiladi. 
Shundan so‘ng quvur induksion o‘choq (11) da qizdirilgandan 
keyin reduksion stan (12) ga va uchuvchi (13) da kesishga yoki 
kesish dastgoxiga uzatiladi, keyin esa pardozlash bo‘linmalari 
(14)
–(
15) ga keladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling