MA`RUZA №10 MAVZU:ISHLAB CHIQARISH, OQIM TURINI TANLASH VA ASOSIY PARAMETRLARINI XISOBLASH Reja: - 1. Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini hisoblash.
- 2. Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik echimini shakllantirish
Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma`lumotlarini taxlil qilgan xolda ularning tashkiliy strukturasi tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimlarni tashkil qilishning shakllari asosan to‘rtta belgisi bilan farqlanadi: - Ishlab chiqarish oqimlari dastlabki ma`lumotlarini taxlil qilgan xolda ularning tashkiliy strukturasi tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimlarni tashkil qilishning shakllari asosan to‘rtta belgisi bilan farqlanadi:
- bir ma`romda ishlash darajasi bo‘yicha
- tikuv buyumlarni ishlab chiqarish oqimiga tushirish bo‘yicha
- maxsulotni tashish usullari bo‘yicha
- tashkiliy operatsiyani vaqtini moslash usuli bo‘yicha.
Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan maxsulot turiga va tikuv tsexini imkoniyatiga qarab tanlanadi. - Ishlab chiqarish oqim shakli unda ishlab chiqariladigan maxsulot turiga va tikuv tsexini imkoniyatiga qarab tanlanadi.
- Ishlab chiqarishda oqimlar ko‘pincha sektsiyalardan iborat bo‘ladi. Ularda ishlab chiqiladigan maxsulot turiga qarab kuyidagi oqimlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
- Pidjak, shim, erkaklar, ayollar va bolalar paltosini ishlab chiqarishda tayyorlash sektsiyasida-guruxli agregat oqimlar, bunda kiyimning xar bir detali yoki ma`lum detallarni tayyorlash aloxida guruxlarga ajratiladi, ishlab chiqarish oqimiga detallarni tushirish bog‘lamli ketma-ket yoki tsiklli, ish joydan keyingi ish joyiga detallar aravachalar yoki mexanizatsiyalashtirilmagan vositalar yordamida uzatiladi.
- Yig‘ish sektsiyasida- konveyerli yoki agregat oqimlar, konveyerlar bitta yoki bir nechta chiziqli bo‘lishi mumkin, ishlab chiqarishga mexnat predmetlari ketma-ket donalab tushiriladi.
- Pardozlash sektsiyasida – konveyerli yoki agregat oqimlar qo‘llanilishi mumkin. Buyumlarni ish joydan keyingi ish joyga uzatish uchun osma konveyerlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda buyumni tashqi qo‘rinishi, sifati, unda xosil qilingan shakllar o‘z qo‘rinishini yoqatmaydi. Buyumlar ketma-ket donalab uzatiladi.
- Oqimning barcha sektsiyalari bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulot soni, ya`ni quvvati bir xil bo‘lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |