Abu rayhon beruniy xorazm mamun akademiyasining yirik olimi
Download 26.22 Kb.
|
ABU RAYHON BERUNIY XORAZM MAMUN AKADEMIYASINING YIRIK OLIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
- Foydalanilgan adabiyotlar
ABU RAYHON BERUNIY XORAZM MAMUN AKADEMIYASINING YIRIK OLIMI Reja: Abu Rayhon Beruniyning Ma'mun Akademiyasidagi ilmiy faoliyati Xorazm Maʼmun akademiyasi Xorazm Ma'mun akademiyasining qayta tashkil etilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Abu-r-Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. U o'z zamonasining barcha fanlarini – fizika, matematika va tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan. Beruniy faqat olimgina bo'lib qolmasdan, o'z zamonasida Xorazmning ko'zga ko'ringan siyosiy arboblaridan edi. Beruniy 362 yili 3 zulhijjada Xorazmning qadimgi Kot shahrida tug'iladi. Kot shahri X asrda Xorazmshohlar – afrigiylar sulolasining poytaxti va Markaziy Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan edi. Olimning nasl-nasaibni uning nisbasiga qarab aniqlasak, olim shaharda emas, shahardan chetroqdagi bir qishloqda tug'ilgani va shu yerda yoshlik chog'larini o'tkazgani ma'lum. Markaziy Osiyoning mashhur olimlaridan Abdulkarim as-Sam'oniy (1165 yilda o'lgan) “Kitob al-ansob”) (“Nasablar kitobi”) nomli asarida bunday deb yozadi: “Beruniy degan nisba Xorazmning tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug'ilgan bo'lsa, bunday odamni “falonchi beruniy” deydilar. Munajjim Abu Rayhon shunday nisba bilan mashhurdir”. Beruniy yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi, qobiliyati kuchli bo'lgan. Lekin uning boshlang'ich ta'limni kimdan va qayerdan olgani haqida to'liq ma'lumotlarga ega emasmiz. U o'z zamonasining mashhur olimi Abu Nasr ibn Iroq qo'lida ta'lim oladi. Abu Nasr ibn Iroq astronomiya, geometriya va matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. U Beruniyni Yevklid geometriyasi va Ptolemeyning astronomik ta'limoti bilan tanishtiradi. Abu Nasr Mansur ibn Iroq o'zining ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrda hali juda yosh olim bo'lishiga qaramay, 384-385 (milodiy 994-995) yillari Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etadi. Lekin u faqat Jayhun (Amudaryo)ning chap qirg'og'ida Xorazm shahridan janubda joylashgan qandaydir bir qishloq uchun eng uzoq va eng yuqori ekliptika nuqtasini va azimutsiz ekliptikani aniqlashga muyassar bo'lgan, xolos. 995-997-yillarda Beruniy Xorazmda davlat to'ntarishi bo'lganligi uchun Rayga ketadi va u yerda Mahmud al-Xo'jandiy bilan tanishadi. Beruniy Raydan Jurjonga 1000 yillardan keyin keladi. Ёqut Hamaviy Beruniyning Jurjondagi hayoti haqida muhim ma'lumotlar qoldirgan. U olimning hamma qo'lyozma asarlari bilan tanishib chiqqanini hikoya qiladi. Ёqutning yozishicha, qobus Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo'lmagan. Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun Beruniyni o'z saroyiga chaqirtirib, uni olim sifatida izzat-ikrom qiladi. Beruniyning Ma'mun akademiyasida mudarris va Ma'mun ibn Ma'munning siyosiy maslahatchisi bo'lganligini yuqorida aytib o'tgandik. Sharq uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar yozmagan bo'lsada, olimning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya” kabi asarlarida inson va jamiyatning paydo bo'lishi, davlatni boshqarish siyosati, ijtimoiy adolat, jamoa faoliyati, mehnat taqsimoti va pul muomalasi, oila va nikoh munosabatlari masalalarini siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan bayon etishga harakat qilgan. Beruniy inson va jamiyatning paydo bo'lishi masalasiga to'xtalib, “Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”, - deydi. Beruniy kishilik jamiyati paydo bo'lishi haqida fikr yuritar ekan, insonlar o'rtasida tafovutlar bo'lsa-da, kishilarning ichki tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi. Abu Rayhon e'tibor bergan tushunchalardan biri ijtimoiy adolatdir. Mutafakkir ijtimoiy-adolatni mol-mulkka bulgan munosabat, inson kadr-kimmati, mol ayirboshlash va savdo-sotik, pul muomalasi, siyosat va tarbiya, qonunlarga bo'ysunish, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish masalalari bilan bog'liq holda bayon etadi. U jamiyatdagi ahloqsizlikning eng yomon ko'rinishi zo'ravonlik va o'g'irlik, - deb bunday toifadagi kishilarni jazolash va qayta tarbiyalash yo'llarini ko'rsatadiki, bu olimning insonparvar qonunshunos ekanligini tasdiqlaydi: “O'g'irlikka kelsak - o'g'irlangan narsaning miqdoriga qarab jazo beriladi. Ba'zan zo'r darajada va o'rta darajada xalqlarga ibrat bo'ladigan jazo berib, goho qiynash va tavon to'latishga, goho xalq o'rtasida chiqarib oshkora qilish bilan to'xtatiladi”. Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu savol-javoblarning 10 tasi Aristotel falsafasiga, 8 tasi esa fizikadan berilgandir. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan dalolat beradi. Savol-javoblarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash vaqtida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalarda ikki olim tortishadi. Savol-javoblarning mazmunidan Aristotelning aql blan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o'zining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo'ygani, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma'lum bo'ladi. 1017-1018 yillarga kelib, Urganchda notinchlik davri boshlanadi. Movarounnahrda qoraniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Afg'onistonda esa mashhur Mahmud Јaznaviy (998-1030) o'z hukmronligini o'rnatadi. qoraxoniylar bilan Mahmud o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Amudaryo ular davlatining chegarasi qilib olinadi, Xorazm Mahmud davlatiga qaram bo'lib qoladi va keyinchalik Mahmud tomonidan bosib olinadi. Xorazmning Mahmud Јaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniyga juda og'ir botadi. Keyinchalik Mahmudga yaqin kishilar vositachiligida Beruniy bilan sulton o'rtasidagi nizolar ko'tarilib, olim uchun yana osoyishta hayot kechirish imkoni tug'iladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda Јaznada kechirgan hayoti bir tomondan, nihoyat og'ir bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Јurbatda hayot kechirgan va davlat ishlariga aralashishdan xolos bo'lgan olim o'zining butun bo'sh vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf etadi. U bu yerda “Xorazmning mashhur kishilari” va “Tahdid nihoyot al-amokin li tashih masofot al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash”) asarlari shu davrda yozilgan. Beruniyning bizgacha yetib kelgan muhim asarlaridan biri “Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar” qo'lyozmasi O'zR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. U ham 1029 yilda Јaznada yozilgan. Asar bizgacha fors va arab tillarida yetib kelgan. 1030 yili esa “Hindiston” nomi bilan mashhur bo'lgan eng yirik asari “Tahqiq mo li-l-Hind min ma'qula maqbula fi-l-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash”) yuzaga keladi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Јaznaviy vafot etadi. O'z o'rniga kichik o'g'li Muhammadni vorislikka tayinlagandi. Lekin bir necha oydan keyin uning katta o'g'li Mas'ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag'darib, davlatni o'z qo'liga oladi. Mas'ud davrida Beruniyning ahvoli ancha yaxshilanadi. Ёqut Hamaviyning yozishicha, Mas'ud astronomiyaga qiziqqan va ilmiy kuzatishlarga alohida e'tibor bilan qaragan. Beruniy Mas'udga arab tilini yaxshi o'rganib olishga yordam beradi. Mas'ud ham olimni o'z himoyasiga olib, in'om va hadyalar bilan taqdirlangan. Beruniy “Mas'ud qonuni” asarining muqaddimasida shunday yozadi: “u [Mas'ud] umrimning qolgan qismida ilmga xizmat qilishim uchun ochiq yuz bilan imkoniyat berdi, chunki u menga ziynat libosini kiygizib inoyat ko'rsatdi. Abadiy soyasida osoyishtalik yopqichini ustiga soldi va in'om bulutlarini ёg'dirdi. Shular bilan birga meni o'ziga yaqin tutdi, ketma-ket suhbatiga chaqirib, yaxshi qabul etdi”. “Qonuni Mas'udiy” Abu Rayhon Beruniyning eng yirik astronomik asaridir. Ёqut Hamaviyning yozishicha, bu asar astronomiya va matematika sohasida ilgari yozilgan barcha asarlardan ustun bo'lgan. Ibn al-qiftiy, Abu-l-Fido kabi mashhur olimlar Beruniy asarini birinchi o'ringa qo'yganlar. “Qonuni Mas'udiy” Beruniyning “Tafhim va “Hindiston” asarlaridan keyin 1037 yilda yozilgan. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Uning ko'plab asarlari bizgacha yetib kelgan va olimlarimiz tomonidan ilmiy jihatdan tahlil qilinmoqda. Ilm-fanni yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan insonlar yaratadi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi mamlakat va millat taraqqiyotining ko'rsatkichi hisoblanadi. Shu ma'noda IX-XII asrlarda tashkil topgan Xorazm Ma'mun akademiyasi bu zaminning o'z davriga xos taraqqiy qilganligini, u yerdan yetishib chiqqan mutafakkirlar esa xalq tafakkuri, dunyoqarashi, intilishi, ma'naviyati va madaniyatining hosilasi edi. Ma'mun akademiyasi faqat o'n uch (1004-1017 yy.) yil faoliyat ko'rsatgan bo'lsa ham unda tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar tomonidan ilm, fan va madaniyat sohasida qo'lga kiritilgan kashfiyotlar O'rta Osiyoning jahon sivilizatsiyasining gultoji sifatida bugungi kungacha butun insoniyatga xizmat qilib kelmoqda. Akademiyaga rahbarlik qilgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ensiklopedik olim sifatida shakllandi va fanning ko'pgina sohalarida izlanishlar olib bordi. Beruniyning hozirga qadar ma'lum bo'lgan, fanning turli sohalari bo'yicha yozgan asarlari soni haqida quyidagi ma'lumot keltirilgan: 1) astronomiya bo'yicha 70 ta, bulardan umumiy astronomiya bo'yicha 37, kometalar va meteorlar bo'yicha 6 ta, astronomiya asboblar haqida 9 ta, astrolog tanqidiga bag'ishlangan 18 ta asar; 2) matematika bo'yicha ta asar: bulardan 8 tasi arifmetika, 7 tasi geometriya, 4 tasi stereometriya, 1 tasi trigonometriya; 3) kartografiya bo'yicha 4 ta; 4) klimatologiya va meteorologiya 3 ta; 5) minerologiya 3 ta; 6) fizika bo'yicha 1 ta; 7) farmakologiya bo'yicha 1 ta; 8) tarix, etnografiya va din tarixi bo'yicha 15 ta; 9) falsafa bo'yicha 4 ta; 10) bibliografiya, adabiyot va adabiy yodgorliklarni tarjimalari bo'yicha 18 ta asar yozgan. Abu Rayxon Beruniyning tarix bo'yicha yozgan 15 ta asarlari orasida "Xorazmning mashhur kishilari", "Muqanna qo'zg'oloniga bag'ishlangan risola", "Yodgorliklar", "Hindiston", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Yillarni chiqarishdagi farqlar haqida", "Tarixni o'rinsiz so'zlardan tozalash" kabilar tashkil qiladi. Beruniy har bir asarini yozishda, eng avvalo manbalarni chuqur o'rgangan va buning uchun o'z vaqtini ayamagan. Masalan, 1017 yilda Xorazmshoh Ma'mun xalq qo'zg'olonida o'ldirilgandan keyin Xorazmni Mahmud G'aznaviy bosib oladi va u Akademiyada faoliyat olib borayotgan olimlarni o'zi bilan G'aznaga olib ketmoqchi bo'ladi. Ketishga rozi bo'lmaganlarni o'ldiradi, tirik qolganlarini, jumladan Abu Rayhon Beruniy va uning ustozi ibn Iroqni, G'aznaga olib ketadi. U yerda Beruniy juda ko'p qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Lekin ilm bilan shug'ullanishni bir daqiqa ham to'xtmaydi. Beruniy Sulton Maxmudning Hindistonga qilgan yurishlarida, u yerda yashayotgan xalqlarning urf-odat, an'analarini qunt bilan o'rganadi va shu asosida o'zining "Hindiston" nomli asarini yaratadi. Bu asarga Beruniy 20 yil umrini sarflaydi. Hayratli jihati shundaki, asar o'zining davri uchun aniq ma'lumotlar asosida yaratilganligi, Hindistonda o'sha vaqtda yashagan xalqlarning mentaliteti, urfodatlari ilmiy jihatdan asoslanganligi bilan hind xalqining bugungi kunda tarixini o'rganishda o'zining ahamiyatini yo'qotmay kelmoqda. Abu Rayhon Beruniy nafaqat Ma'mun akademiyasining tashkilotchisi, fanning ko'pgina sohalari bo'yicha buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan zabardast olim va shu bilan birga vatanparvar inson edi. Uning bu xususiyati Sulton Mahmud uni o'zi bilan olib ketib, G'azna ijodi uchun zarur bo'lgan sharoitlarni yaratib berishiga qaramasdan Xorazmni qo'msab yashagan, imkon tug'ilsa Xorazmga qaytish niyatida ekanligini o'zi bilan faoliyat olib borayotgan safdoshlariga aytganligi haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Beruniy bilan bog'liq bo'lgan bir voqeani keltirishni lozim topdim, qachonki bugun ba'zi o'zini osmonda ko'radigan, ziyolilar ahliga nisbatan bee'tibor bo'ladigan ayrim rahbarlar va o'sib kelayotgan kadrlarmiz hayotlarida tarbiyaviy faoliyatlari uchun saboq bo'ladgan quyidagi voqeani keltirmoqchiman. Ma'lumki, Xorazm shohi Ma'mun ibn Ma'mun Beruniyga nisbatan barcha ilmlardan xabardor olimlar peshvosi sifatida zo'r hurmatda bo'lgan. Buni Bayhaqiyning "Ma'sud tarixi" kitobida keltirgan misolda ko'rish mumkin. "Bir kuni Xorazmshoh ulov ustida kelib, Beruniyni hujrasidan chaqirtiradi. Nima sabab bilan ham Beruniy bir oz kechikkan. Shunda sabri chidamagan shoh ishini boshqa tasavvur qilib (ehtimol, shohning o'zi kelishini kutgan bo'lsa kerak, degan hayolga borgandir, S.O.). Ot jilovini Abu Rayxon hujrasi tomonga burgan va ulovdan endi tushmoqchi bo'lib turganida Beruniy hujradan chiqqan. Beruniy shohga murojaat qilib, "shohim bunday qilmasinlar" deb yolvorgan. Shunda Xorazmshohga shu baytni keltirgan: "Ega bo'linadigan narsalarning eng sharaflisi, ilmdir, barcha ilmga intiladi-yu, lekin ilm unga inilmaydi". Keyin Xorazmshoh unga degan: "Dunyoviy rasmiyatchilik bo'lmaganida edi, men seni chaqirtirmas edim. Ilm har narsadan yuqori, hech narsa undan yuqori bo'la olmaydi". Yuqorida keltirilgan ma'lumotning hayratlanarli jihati shundaki, turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, urushlar, taxt uchun kurashlar davom etib turgan bu davrda Shohning ilm ahliga hurmati, e'tibori, ilmning barcha tashvishlar va mansablardan ustun ekanligini e'tirof etganligidadir. Fikrimizcha, Xorazmning IX-XII asrlarda ilm, ma'rifat, ma'naviyat markazlaridan biriga aylanganligining zamirida ham Xorazmshohning e'tibori va u yaratgan muhiyat turgan edi desak, to'g'ri bo'ladi. Abu Rayhon Beruniy aniq va tabiiy fanlar bo'yicha katta kashfiyotlar qilish bilan birga, uning tarix va falsafa sohasida amalga oshirgan ishlari, Sharq xalqlari tafakkur taraqqiyotining namunasi bo'lgan. Uning falsafasida insonni ulug'lash, uning barcha maxluqotlardan ustun ekanligi yetakchi o'rin tutadi. U shunday yozadi: "Inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi. Yer yuzini obod etish va uni boshqarib turish uchun insonga katta sharaf ko'rsatilgan, unga aql-zakovat kuchi armug'on etilgan. Beruniy falsafasida mehnat, inson, sezgi, bilish, oila, tarbiya, yaxshilik kabi tushunchalarning mohiyati va tahlili o'z ifodasini topgan. U o'zining "Hindiston" asarida "agar xolis yaxshilikni istasang badaningdagi to'qqiz eshikni qo'riqlab ulardan kiruvchi va chiquvchini tanib kirgiz va tanib chiqar, qalbingni fikrlarini yoyishga qo'yma; miya chuqurchasini eslab, nafasingni xohishlardan to'xtat; so'roq qatig'i qattiq miya chuqurchasini to'lg'azib qotgandan keyin endi chuqurchasiga ehtiyoj qolmaganligini esla. Sezish ishlarini sezuvchi organlarning tabiatlaridan boshqa narsa deb bilma, shunda sezgiga ergashmaysan", deb yozadi. Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy insondagi ichki va tashqi sezgilarni umumiy holda ko'rsata bilgan. Uning sezgilarning tabiati, ularning paydo bo'lishini bevosita tashqi tabiatning inson sezgi a'zolariga ta'sir etishi bilan bog'laydi va har bir sezgining qo'zg'aluvchisi bor deb sezgi organlarini tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tushuntiradi.. O'rni kelganda shuni ham ta'kidlash kerakki, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi kungacha O'zbekistonda fundamental tarzda o'rganilmasdan qolmoqda. Uning asarlarini, xususan davlat tilida xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o'rtasida, ommalashtirish ham talabga javob bermasdan qolmoqda. Jahonda XI asrni Beruniy asri deb e'tirof etilgan bir sharoitda bugun mamlakatimizda mavjud imkoniyatlardan foydalanilgan holda Beruniyning bizga qoldirgan ilmiy va falsafiy merosini keng tashviqot va targ'ibot qilish, yoshlariimizning ilmga bo'lgan qiziqishlarini oshishiga hamda ularda buyuk bobomiz kabi o'z Vatanini jon dilidan sevib, unga talpinib yashash tuyg'ularini shakllantirishga o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Abu Rayhon Beruniyning Ma'mun akademiyasini tashkil qilish, Urgenchni ilm, madaniyat va ma'rifat markaziga aylanishiga qo'shgan hissasini alohida fundamental tarzda o'rganish dolzarb ilmiy mavzu hisoblanadi. Chunki, o'rta asrlarda butun musulmon olamida ikkita akademiya - biri Bog'dodda, ikkinchisi Xorazmda faoliyat ko'rsatgan, ikkalasi ham Ma'mun ismi bilan atalgan, biri Xalifa Ma'mun, ikkinchisi Xorazmshoh Ma'mun bo'lgan. Xalifa Ma'mun akademiyasi Bog'dodda, Xorazmshoh Ma'mun akademiyasi Urgenchda tuzilgan bo'lsa-da ikkala akademiyaning tashkil topish va faoliyatida asosan Turkistonlik qomusiy bilimlar egalari bo'lgan buyuk ajdodlarimiz o'rin egallagan" . Albatta, shu Akademiyalar faoliyati haqida ma'lum darajada maqolalar va monografik asarlar mavjud. Ammo, ularda faoliyat olib borgan mutafakkirlar meroslarini fundamental tarzda o'rganish va yoshlar o'rtasida targ'ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish dolzarbligini saqlab qolmoqda. Zero, bugungi kunda millatni asrash masalasi ajdodlar meroslariga bo'lgan ehtiyojdan orqada qolmoqda. Bugun yoshlarimiz ongi, dunyoqarashi va faoliyatlarida ajdodlarimiz meroslariga tayanish tuyg'ulari qanchalik mustahkam bo'lsa, bu ularning ilmga bo'lgan qiziqishlarini ortib borishiga ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Xorazm mamun akademiyasiʼ, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit. Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish, unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish turgan. Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta bilimdon olimi boʻlgan. 1004-yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan. Shu tariqa 1004-yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif" (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan;AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. 18—20-asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi" nomi berilgan. X.Xorazm maʼmun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al Jaʼdiy (10-asr — 1034), Abulxayr ibn Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo al Masihiy al Jurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al Beruniy, Abu Ali al Husayn ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030-yil v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as Saolibiy al Naysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015-yilv.e.), Abu Ali al Hasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar), Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid al Xorazmiy (10—11-asrlar) va boshqa X.M.a olimlari Yunoniston, Yaqin va Oʻrta Sharq, Hindiston ilmfan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy oʻrganib, uni yanada yuksak bosqichga koʻtarganlar. Akademiya aʼzolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qad. Xorazm badiiy sanʼati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sugorish madaniyati yutuklari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat kila boshlagan. Mas, Abu Nasr ibn Iroq, astronomiyaga doyr ilmiy asarlari tufayli "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan. Abulxayr ibn Hammor mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur boʻlgani uchun "Buqroti soniy" ("Ikkinchi Gippokrat") laqabiga sazovor boʻlgan. Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, tibbiyotga oid. "Kitob asSaydana fittib" ("Tabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qitʼasi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 yil oldin aytib oʻtgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qad. xalklar (yunonlar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmiylar va boshqalar) ning yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urfodatlariga oid qimmatli maʼlumotlar toʻplangan. X.Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Xususan, uning "Tib qonunlari" asari butun dunyoga mashhur boʻlgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullangan. Olimning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Bu yozishmalar savoljavob tarzida bulib, unda Beruniy va Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn Sino xorazmshoxlar vaziri Abul Husayn asSahliy bilan doʻstlashib, unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarini yozgan. X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iklimi, sugʻorish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining tarixi, korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yoʻllarini tadqiq etishgan. Akademiya aʼzolaridan Abu Bakr alXorazmiy, tabib AbulFaraj ibn Hindu sheʼriyatda yuksak mahoratga erishganlar. Xorazm tarixi, dinlari, taqvimi, bayramlari, urfodatlari, yozuvi, milliy qadriyatlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar ularning faoliyati tufayli bizgacha yetib kelgan. Ularning oʻzlariga xos shiori: "Ilm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin", — deya atalgan edi. X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlariga ilmda qatʼiylik xos boʻlgan. Aristotel yoʻl qoʻygan koʻp xatolar tekshirishlar davomida tuzatilgan, qutbdagi davomiy tun va kunlar masalasi osonlik bilan falakiyot fani nuqtai nazaridan tushuntirilib, yechilgan. Beruniy qayd etishicha, qadimda Xorazm astronomlari yulduzlar joylashish tartibini arablardan koʻra yaxshiroq bilishgan. Xorazmshoh Maʼmun ibn Maʼmun (Maʼmun II) saroyidagi olimlar shuhrati oʻz davrida uzok, ulkalarga tarkalgan. Bu esa Mahmud Gʻaznaviyning gʻashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Maʼmun II uldirilgan va usha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud Gʻaznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirgʻin va talontorojliklar natijasida X.Xorazm maʼmun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning kupchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoni (1997-yil 11 noyabr) Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda isteʼdodli va fidoyi olimlarni qoʻllabquvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam buldi. 1997-yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida arxeologiya, tarix va falsafa, til va adabiyot, biologiya muammolari boʻlimlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Arxeologiya, tarix va falsafa boʻlimining xodimlari "Xorazmda qadimgi va oʻrta asrlar oʻzbek davlatchiligi tarixi", "Oʻzbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining oʻrni", "Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish" mavzulari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. Til va adabiyot boʻlimida, "9—13-asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va ogʻzaki epos", "9—13-asrlar Xorazm yodnomalari tili" mavzusi boʻyicha Xorazm yozma adabiyoti va ogʻzaki afsonalari hamda rivoyatlar Avestodagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tahlil qilindi. Ogʻzaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning oʻzaro taʼsiri oʻrganildi. Biologiya muammolari boʻlimida 4 ilmiy mavzu "Xorazm vohasi tuproq — iqlimi sharoitida istiqbolli, serhosil, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli koʻniktirilgan oʻsimliklar navlarini oʻrganish", "Xorazm viloyati sharoitida ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslarini ishlab chiqish", "Xorazm viloyati sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali texnologiyalarini va makkajoʻxorining urugʻchilik tizimini barpo qilish", "Kuyi Amudaryo mintaqasi tuproqlarining suvtuz rejimini yaxshilaydigan kollektor — zaxkash tizimlarining ish rejimini boshqarish usullarini ishlab chiqish" boʻyicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. X.Xorazm maʼmun akademiyasi jamoasi ilmiy tadqiqotlarni xalqxoʻjaligi talablari asosida shakllantirish, ularni dolzarb masalalarni yechishga qaratish, byudjet mablagʻlarining samaradorligini oshirishda ustuvor fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishga intilmoqda. 2003-yildan boshlab akademiyada 2 fundamental va 8 amaliy dasturlar boʻyicha 58 xodim, shu jumladan, 2 akad., 8 fan doktori va 24 fan nomzodlari ilmiy izlanishlarni amalga oshirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9 noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2005-yilda X.Xorazm maʼmun akademiyasining 1000-yilligi nishonlanishi belgilandi. Ad. Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar, Tanlangan asarlar, 1j., T., 1968; Sadullayev A., Xorazm Maʼmun akademiyasi, Xiva, 2000; Sadullayev A., Sotliqov A., Xorazm Maʼmun akademiyasining tarixiy iddizlari, Urganch, 2003. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni (1997) O`zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o`rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoyi olimlarni qo`llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirishda qo`yilgan muhim qadam bo`ldi. 1997 yil noyabr oyida akademiyaning tarkibida “Arxeologiya, tarix va falsafa”, “Til va adabiyot”, “Biologiya muammolari” bo`limlari tashkil qilinib, 9 ilmiy mavzu bo`yicha 26 ilmiy xodim, shu jumladan, 5 fan doktorlari va 9 fan nomzodlari ilmiy tadqiqotlar olib borishdi. Arxeologiya, tarix va falsafa bo`limining xodimlari “Xorazmda qadimgi va o`rta asrlar o`zbek davlatchiligi tarixi”, “O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni”, “Xorazm viloyati arxeologik yodgorliklarini tadqiq qilish” mavzulari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. “O`zbek xalqining etnik tarixida Xorazm vohasining o`rni” mavzusi bo`yicha Xorazm vohasida mavjud bo`lgan ayrim etnik guruhlar va elatlarning joylashuvi aniqlandi. Ularning urf-odatlari, turmush madaniyatlari haqida ma'lumotlar to`plandi. Hazorasp tumani Tuproqqal'a massivida joylashgan bronza davri manzilgohi-Sharofat, antik va ilk o`rta asrlar davriga oid Tosh qal'a-2 yodgorliklarida hamda Uch O`choq tepaligi va Meshekli qo`ltig`ida tadqiqotlar olib borildi. Yodgorlik hududidan O`rta Osiyoda birinchi marta to`liq saqlangan yog`och yopilmalar topildi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytganda “Qadimgi va o`rta asrlarda Xorazm davlatchiligi tarixi» mavzusi bo`yicha arxeologik izlanishlar, yozma guvohliklarni tahlil qilish hamda qadimgi davlatchilik tarixini yorituvchi ilmiy manbalar muomalaga kiritildi. O`zbek davlatchiligining asosini tashkil qiluvchi Xorazm davlatchiligi tarixini 3000 yillik deb ko`rsatishga ilmiy isbotlar etarli ekanligi aniqlandi. Til va adabiyot bo`limida “IX-XIII asrlarda Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki epos. IX-XIII asrlar Xorazm yodnomalari tili” mavzusi bo`yicha Xorazm yozma adabiyoti va og`zaki afsonalar hamda rivoyatlar “Avesto”dagi mifologik qatlam bilan qiyosiy tihlil qilindi. Og`zaki va yozma namunalar tahlili orqali adabiy va badiiy tillarga xos xususiyatlar, ularning o`zaro ta'siri o`rganildi. 1997-2002 yillarda Biologiya muammolari bo`limida 7 ilmiy mavzu bo`yicha tadqiqotlar bajarildi. Xorazm vohasi tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli serhosil, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli o`simliklarning navlari o`rganildi. Ekinlarni almashlab ekishning biologik asoslari tadqiq qilinib, 12 nav g`o`za, 2 nav bug`doy va beda, 10 nav sholining o`sishi, rivojlanishi va hosildorligi o`rganildi. Viloyatimiz sharoitida asosiy, oraliq va takroriy ekishlarda ozuqaviy ekinlarni parvarish etishning samarali texnologiyalari va makkajo`xorining urug`lik tizimini yaratish bo`yicha izlanishlar amalga oshirildi. Mahalliy qishloq ho`jaligi xom ashyosi asosida vitaminga boy omuxta yem tayyorlash texnologiyasini yaratish bo`yicha tadqiqotlar o`tkazilib, tavsiyalar ishlab chiqildi. Amudaryo quyi oqimida tuproq hosil bo`lish jarayonining mintaqaviy xususiyatlarini o`rganish asosida tuproqlarning sho`rlanish qonuniyatlari aniqlanib, qishloq ho`jaligi ekinlari hosildorligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi. Suv tanqisligi sharoitida yerlarning sho`rini yuvish, chigit urug`ini optimal muddatlarda undirib olish, ekinlarni mavsumiy sug`orishlarda zahkash suvlardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Xorazm viloyatida 2001 yilda olingan yillik iqtisodiy samara 1 milliard 775,9 million so`mni tashkil qildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Жуманиёзов М. Маъмун Академияси. - Ургенч: PWO Хоразм, 1994. 2. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 1-жилд. - Т.: Фан, 1965. 3. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. 2-жилд. - Т.: Фан, 1965. 4. Иброхимов А. Маъмун Академияси. - Т.: Узбекистан миллий кутубхонаси, 2005. 5. https://uz.wikipedia.org/ 6. https://www.mamun.uz/ Download 26.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling