Abu rayhon beruniyning hayoti va ijodi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 407.18 Kb. Pdf ko'rish
|
abu-rayhon-beruniyning-hayoti-va-ijodi
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 880 w www.oriens.uz June 2021 astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini oʻchirib yuborgan.Olim Sulton Masʼudning oʻgʻli Mavdudning hukumronlik yillarida (1041-1049) oʻzining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“, deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan boʻlib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi.“Abu Rayhon Beruniy 1048 yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qoʻsha oldi”. Beruniyning betakror ijodi uning vatani Oʻzbekistonda alohida eʼtibor qozongan. MUHOKAMA Abu Rayhon Beruniy me’rosi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi. Shunday ekan, mazkur ishlardan asosiy maqsad “Beruniyning barcha asarlaridagi diniy, axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy jihatlarini tadqiq qilish va bu borada jahon ilm-fani rivoji ta’siriga qanchalik muhim o’rin tutganligini o’rganish asosiy maqsad qilib olingan” 12 . Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” kitobining uchunchi bobini “Hindlarning aqliy va hissiy mavjud narsalar haqidagi tushunchalari, deb ataydi. Shu bobning boshlanishida “Beruniy yunonlarning Aflotun va Arastudan avval o’tgan etti donishmand hikmatshunoslarining ismlarini keltiradi. Bu donishmandlar: Afinalik Salon, Prienalik, Bias, Diogen, Laertsiy “Mashhur yunon faylasuflarining hayotnomalari” asarida Bias emas, Biant deb ataydi, Korinflik Periandr (bu Korinf hokimi bo’lgan), Miletlik Salis (Beruniy yunoncha Fales ismini arabiy nomini keltirgan), Lakedemonlik Xilon, Lesbas orolidan Pittikus, Lindas orolidan Kleobulosdir” 13 . Beruniy fikricha, bu donishmandlarning hikmatli so’zlari yunonlarda falsafa ilmi paydo bo’lishidan avvalgi davrni tashkil qiladi. Falsafani esa, ulardan keyin yetishgan kishilar turli yangilishuv, xurofatlardan tozalab, tarqatganlar. “Shu bobda Beruniy qadimgi yunonlarda borliq olam va odam haqida tasavvufiy qarashlarining qanday kelib chiqqanligi haqida gapiradi” 14 . U, tasavvufga doir so’fiya so’zini boshqa olimlarga nisbatan eng to’g’ri tushuntiradi: “Ba’zilar fikricha,- deydi u, - faqatgina haqiqiy borliq birinchi sababchidir. Chunki u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo’q. Boshqalar birinchi sababchiga muhtojlar So’fiyalar, ya’ni hakimlarning tushunchalari ana shunday. Chunonchi, 12 Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – B. 33. 13 N.Nizomiddinov “Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind musulmon madaniyati”. – T.: O‘zbekiston, 2006. – B. 229. 14 O‘sha asar, B. 50. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling