Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi


Download 19.9 Kb.
bet2/4
Sana03.10.2023
Hajmi19.9 Kb.
#1691176
1   2   3   4
Bog'liq
Abu Rayhon Beruniyniy hayoti va ijodi

Mahsulot tayyorlash. O'simlik qiyg'os gullagan vaqtida poya -sining yuqori qismidan 25-40 sm uzunlikda qirqib olinadi va soya, havo o'tib turadigan joyda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Butun yoki qisman maydalangan, serbargli, to'rt qirrali, shoxlangan, tukli, gulli poyalar, barglar va gullar aralashmasidan tashkil topgan. Poyasining uzunligi 40 sm gacha. Barglari qisqa bandli, tuxumsimon — lansetsimon, arrasimon qirrali, o'tkir uchli, gullari boshoqsimon to'pgulga joylashgan. Kosachabarglari tikanli tishli, gultojisi ikki labli, och binafsha rangli. Mahsulot hidi kuchli, xushbo'y, mazasi — o'ziga xos o'tkir va sovutuvchi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 1,46 foiz efir moyi, 24 foiz qandlar, 6,7 foiz organik kislotalar, 68,67 mg foiz vitamin C, 1,08 foiz flavonoidlar (luteolin va apigenin glikozidlari), 0,2 foiz antotsianlar, 0,08 foiz kumarinlar, 8,75 foiz fenolkislotalar, 1,05 foiz rozmarin va 1 foiz uisol kislotalari, 7,2 foiz smolalar va boshqa moddalar bor. Ishlatillshi. Mahsulot damlamasi spazmolitik, tinchlantiruv-chi va o't haydovchi ta'siriga ega. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi.
Gulhayri-Althaea officinalis Gulhayridoshlar-Malvaceae oilasiga mansub ko`p yillik o`t-o`simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o`suvchi, shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan, bo`yi 1,5 m gacha yetadi. Barglari uch yoki besh bo`lakli bandi yordamida poyasida ketma-ket joylashgan, pushti yoki oq rangli gullari barg qo`ltig`ida, poya va shoxlari uchida to`p-to`p bo`lib joylashadi. Mevasi-yassi, yumaloq, ko`p urug`li tup pista. Iyun-sentabr oylarida gullaydi, mevasi iyuldan boshlab yetiladi. Tibbiyotda gulhayrining ikki turidan foydalaniladi: Dorivor gulhayri-Altyon lekarstvenniy va Arian gulhayrisi-Altyon arinyanskiy. Ildizi va ildizpoyasi, ba’zi hollarda barglari bilan gullari ishlatiladi. Ildizi tarkibida 35% shilliq moddalar, 37% kraxmal, 10,2 % saxaroza, mikroelementlar, pectin va boshqa moddalar bor. Ildiz preparatlari (kukuni, damlamasi, quruq ekstrakti, sharbati) va mukaltin balg`am ko`chiruvchi, ko`krakni yumshatuvchi, o`rab oluvchi va yallig`lanishga qarshi vosita sifatida nafas yo`llari hamda me`da-ichak (gastrit, enterokolit va boshqa) kasalliiklarni davolashda ishlatiladi. Maydalangan ildizi nafas yo`llari shamollaganda ishlatiladigan yig`malar-choylar tarkibiga kiradi. Ildizidan tayyorlangan shrabati farmaseftika amaliyotida suyuq dorilar ta`mini yaxshilash uchun, kukuni hapdori tayyorlashda qo`llaniladi. O`rta Osiyo xalqlari gulxayri turlari ildizidan tayyorlangan damlamani ko`krak og`riganda, nafas qisishi, o`pka shamollashi, yo`tal, ko`kyo`tal va nafas yo`llarining boshqa kasalliklarida ko`krakni yumshatuvchi, og`riq qoldiruvchi va balg`am ko`chiruvchi dori sifatida ishlatiladilar. Ildizining damlamasi yana me`da va o`n barmoq ichak yarasi kasalligida, dizenteriyada, bolalarning ichi ketganda, buyrak (siyish qiyinlashganda) va boshqa kasalliklarni davolashda qo`llaniladi. Tomoq yallig`langanda, tomoq og`rig`ida ushbu damlama bilan tomoq chayiladi.Gulhayri ildizi, guli va bargidan tayyorlangan malhamni quruq yaralari, yiringli yaralar va chipqon chiqqan joyga bog`lab qo`yilsa, yaxshi naf beradi.

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling