5-Mavzu: Lalmikorlikda poliz ekinlarni yetishtirish


Download 66.93 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi66.93 Kb.
#1189129
Bog'liq
5-амалий машгулот

5-Mavzu:Lalmikorlikda poliz ekinlarni yetishtirish


Bu guruhga qovoqdoshlar oilasiga - Cucurbitaceae -mansub ekinlar kiradi.Bu -tarvo‘z -Citrullus, qovun -Mela va qovoq Cucurbita. Bu ekinlar bir yillik bo‘lib bir biriga morfologik va biologik xususiyatlari bilan yaqin. Ildizi baqquvat, sershoxli o‘q ildizdir, Uzun yoyilib o‘sadigan sershoxli poyali, oddiy, bandli, (faqat tarvo‘zni bargi bo‘laklarga bo‘lingan) barglarga egadir. Gullari yirik, diametri 2 sm.gacha bo‘ladi, sariq to‘la sariq rangli. Gultojisi gulkosa bilan qo‘shilib o‘sadi.Gul chetdan changlanadi. Mevasi ko‘p urug‘li. Qovun, tarvo‘z, qovoq ekinlari o‘ziga xos belgilarga ham ega.
Tarvuz -ekiladigan tarvo‘z turlari ikki xil bo‘ladi: xurraki -Citrullus edulis Pang va xashaki -Citrullus colocynthoides ma’lumotlar bo‘yicha tarvo‘z 4ta to‘rga bo‘linadi:
1.Tukli tarvuz -C.lanatus (Thunl)Maisum et Naxal 2.Kolotsint tarvo‘zi -C.colocynthusis Shrad
Z.Jingalaksiz tarvo‘z -C.ecirrhosus Cogh
4.Noden tarvuzi - C.naudinianus (Song) Hoor Xurraki va xashaki tarvo‘z ko‘p tarqalgan bo‘lib, qolganlari yovvoyi bo‘lib seleksiya ishlarida qo‘llanilishi mumkin
Ildizi o‘q ildiz bo‘lib yaxshi rivojlangan, yaxshi shoxlanadi, tuproqqa 3-5m cho‘qurlikga kirib boradi, yon tomonga 5-7 m.ga tarqaladi.
Poyasi-chirmashib yoyilib o‘sadi, Uzunligi 2-5 m.,yon shoxlari 5-10 ta bo‘ladi, dag‘al tuklar bilan qoplangan. Bargi ko‘p qiyilgan patsimon bo‘laklarga ega, dag‘al tukli.
Guli-sariq, ayrim jinsli, onalik gullari yirik bo‘ladi. Guli xashoratlar yordamida changlanadi.
Mevasi-ko‘p urug‘li uzun bandli, sharsimon, cho‘zinchoq.Eti qizil, pushti, goho, oq yoki sariq mazasi shirin yoki kam shirin bo‘ladi.Meva tarkibida 5,7 -13 % qand bo‘la­di. Mevaning vazni 2 -20 kg. bo‘ladi.
Urug‘i -yassi, tuxumsimon, uzunligi 0,5-2,0 sm, chetida kertigi bo‘ladi, rangi qizil, qora. 1000 tasini vazni 60-150 g.
Xashaki tarvo‘z o‘z xususiyatiga ega. Ildizi baquvvat, yaxshi rivojlangan. Bargi yirik, kalta bandli. Guli yirik, och sariq, rangli. Otalik gullarining bandi Uzunroq bo‘ladi.
Mevasini shakli sharsimon, ponasimon-cho‘zinchoq, yashil, to‘q rangli chiziklari bo‘ladi.Eti och yashil, tarkibida 1,2 2,6% qand bo‘ladi, vazni 10-15 dan 25-30 kg gacha bo‘ladi. Urug‘i yassi, tuxumsimon, kemtigi bo‘lmaydi (95-rasm).

94-rasm. Xashaki tarvuz:
1-barg turlari; 2-meva shakllari; 3-poya va gullari.
Qovoq-Cucurbita -uchta madaniy to‘rga bo‘linadi: 1.Yirik mevali qovoqlar (oddiy) -Cucurbita maxima 2.Muskap qovoqlar -Cucurbita mushata Z. Qattiq po‘stli qoqoqlar (xashaki qovoq) -Cucurbita pepo.
Oddiy qovoqning palagi yoyilib o‘sadi, ammo tik o‘sadigan xillari ham bor.Poyasi qirrali, egatchali, tikonlar bilan qoplangan. Bargi 5-ta bo‘lakli, tukli, to‘q yashil rangli bo‘ladi (96-rasm). Guli ayrim jinsli.Otalik gullari barg qo‘ltiqlarida bir nechta bo‘lib joylashadi, onalik gullari yon shoxlarida bittadan joylashadi. Mevasi teskari tuxumsimon, sharsimon, cho‘zinchoq tolali shi­rin etiga ega, uning tarkibida 4-8% qand bo‘ladi.Urug‘i mayda, o‘rtacha, ponasimon, oq, och sariq bo‘ladi, tarkibida 36-52% moy bo‘ladi, 1000-tasini vazni 200-300 g.

95-rasm. Xashaki qovoqning meva shakllari.
Xashaki qovoqning poyasi yoyilib o‘sadi, ichi kavak, silindrsimon bo‘ladi. Bargi buyraksimon, yashil, tukli, tuklari dag‘al.Guli yirik, to‘q sariq rangli.Mevasi sharsimon, sal yassi, har xil rangda bo‘ladi, ko‘pincha oq va kul rangli bo‘ladi. Eti kam tolali g‘ovak, shirali, to‘q sariq rangli, tarkibida 4-8% qand bo‘ladi, po‘stlog‘i yumshoq. Urug‘i yirik, Uzunligi 2-3 sm.,silliq, tarkibida 36-50% moy bo‘ladi. 1000 tasini vazni 240-300 g.
Muskatli Kosot- oldingi turlarga yaqin turadi. Poyasi yoyilib o‘sadi. Bargi buyraksimon, yuraksimon bo‘laklarga bo‘lingan. to‘q yashil, mayin tuklar bilan qoplangan. Guli yashil, qizg‘ish rangli. Mevasining shakli va kattaligi har xil bo‘ladi, ko‘pincha cho‘zinchoq o‘rtasida toraygan. Rangi pushti, jigar, sariq bo‘ladi. Eti zich, shirin, tar­kibida 8-11% kand bo‘ladi. Urug‘i o‘rtacha, kul rangli, tar­kibida 30-46 % moy bo‘ladi. 1000 -tasini vazni 90-220 g.
Download 66.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling