Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti


Download 94.67 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi94.67 Kb.
#1569574
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi


abu rayxon beruniy nomidagi
toshkent davlat texnika universiteti
ENERGETIKA FAKULTETI
«ELEKTR TA’MINOTI» kafedrasi
«ShAHARLARINING ELEKTR TA’MINOTI»
fanidan kurs ishlari to‘plami


«Elektr energetika» ta’lim yo‘nalishi
bakalavrlari uchun tuzilgan


Toshkent 2012


UDK 658.26.(075.8)

Tuzuvchi:

Toshkent davlat texnika universiteti «Elektr ta’minoti» kafedrasi dotsenti A.D.Taslimov



Abu Rayxon Beruniy nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti
Energetika fakulteti


«Elektr ta’minoti» kafedrasi
«Shaharlarining elektr ta’minoti»
fanidan kurs ishlari to‘plami


«Elektr energetika» ta’lim yo‘nalishi
bakalavrlari uchun tuzilgan

*Toshkent davlat texnika universiteti-2012
Bitiruv ishi mazmuni bo‘yicha maslahatlar


Metodik yo‘llanma shaharlar elektr ta’minoti bo‘yicha kurs loyixasini bajarish uchun mo‘shaklangan. Bundan tashqari u malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun xam foydali bo‘ladi.
Qo‘llanma tuzishda shahar elektr ta’minoti bo‘yicha shug‘ullanadigan bir necha loyixalasi institutlari materiallaridan hamda adabiyot manbalaridan foydalanishgan.
Qullanma oxirida kurs loyixasini bajarishga kerak bo‘ladigan ma’lumotlar, foydalanigan adabiyotlar keltirilgan.
Metodik qullanma Energetika fakulteti uslubiy kengashining tavsiyasiga binoan tayyorlangan.


1. Kurs loyixasi bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar.


1.1 Kurs loyixasini maqsadi.
Kurs loyixasi bakalavrlar tayyorlashda yakuniy jarayonlardan biri hisoblanadi.
Kurs loyixasini maqsadi: ta’lim olish jarayonida olishgan nazariy bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustaxkamlash; shaharlar elektr ta’minoti soxasida loyixalash tajribasiga ega bo‘lish; adabiyotlar bilan amaliy ishlash, yozma bayon tuzish, xamda loyixani chizm qismini bajarish tajribasiga ega bo‘lish.
«Shaharlar elektr ta’minoti» fani bo‘yicha kurs loyixasi 4-kurs bakalavr talabalari uchun ko‘zdek tutilgan. U «Shaharlar elektr ta’minoti» fanini o‘rganishda yakuniy bosqich hisoblanadi.
Kurs loyixasi vazifga berishdan boshlanadi, uyda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- boshlang‘ich ma’lumotlar (shahar kichik noxiyasini rejasi, turar joy va jamoat binolarini joylashi va boshqalar,
- yechilishi zarur bo‘lgan vazifalar,
- loyixa topshirig‘ini berish va uni bajarib tugatish vaqtlari (2-ilova). Bundan tashqari loyixa raxbari ta’minot manbasining joylashishi xaqida ma’lumot beradi.


1.2 Loyixada ko‘riladigan masalalar.
Shahar nohiyasini elektr ta’minoti loyixasida quyidagi qismlar bo‘lishi kerak:
1) Kichik nohiya va iste’molchilar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.
2) Ta’minot manbasi, uni kuchlanishi va boshqalar.
3) Turar joyi va jamoat binolarning, nohiya xuddudina yoritish, xamda kichik nohiyani umumiy xisobiy yuklamasi. Kichik nohiyadagi barcha iste’molchilarning ishonchli elektr ta’minoti talabini aniqlash.
4) Tarmog‘ining ko‘chlanishini tanlash.
5) Transformator podstansiyaning (TP) sonini va quvvatini aniqlash.
6) Kuchlanishi 1000Vgacha va undan yuqori tarmoqlarni hisoblash va sxemasini tanlash.
7) Qisqa tutashuv toklarini hisoblash va kommutatsion apparatlarni tanlash


1.3 Loyixani rasmiylashtirish.
Kurs loyxasi jammi 30-40 varaq bo‘lgan tushuntirishi bayonidan va grafik chizmalardan iborat bo‘ladi.
Tushuntirish bayoni titul varaqdagi (1-ilova) boshlanadiyu keyingi varaqlarda loyixa uchun topshiriq (2-ilova), loyixaga ilova qilinadigan chizmalar keltiriladi.
Loyixaning chizmalari ikki qismdagi iborat:
a) Ta’minot maibasi, RP, TP, 1000Vgacha yuqori bo‘lgan liniyalar tushurilgan kichik nohiya rejasi,
b) Bir chizig‘li sxema.




  1. Download 94.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling