Abulg oziy bahodirxon tarixnavislikka oid shajarayi tarokima asarin


Download 54.54 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1341687
Bog'liq
ABULG OZIY BAHODIRXON TARIXNAVISLIKKA OID SHAJARAYI TAROKIMA ASARIN


ABULG OZIY BAHODIRXON TARIXNAVISLIKKA OID SHAJARAYI TAROKIMA ASARIN
REJA:
1.ABULG OZIY BAHODIRXON TARIXNAVISLIKKA OID SHAJARAYI TAROKIMA ASARINI QACHON YOZGAN.
2. SHAJARAI TAROKIMA [ABULGʻOZI BAHODIRXON]
3. ODAM ALAYHISSALOMNING ZIKRI


Shajarai tarokima [Abulgʻozi Bahodirxon]

XVII asrda yashagan Xiva xoni A. Bahodirxonning «Shajarayi tarokima» asari turkiy xalqlarning kelib chiqishi va ularning tarixan tarkib topishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradigan noyob yodgorlikdir. Muallif konkret tarixiy shaxslar haqida gapirarkan, ularning xarakterlarini yaratadi, qiziqarli voqealarni badiiy boʻyoqlarda chizadi.
Kirish
XVII asrda Turkiston Xiva xonligi, Buxoro xonligi, Qoʻqon xonligi, Ulugʻ juz, Oʻrta juz, Kichik juz hamda Qashqariya (Sharqiy Turkiston) xonliklariga boʻlinib ketgan edi. Siyosiy tarqoqlik hamda eski savdo yoʻli yoki ipak yoʻli oʻz yoʻnalshini oʻzgartirib, dengiz muhitlariga koʻchishi Turkistonning iqtisodiy, madaniy jihatdan tushkunlikka olib kelgan sabablardan biridir. Ikkinchidan, xonliklar oʻrtasidagi toʻxtovsiz urushlar ham barcha xonliklarda xoʻjalik va madaniy hayotni orqaga ketishiga olib keldi.
Shuningdek, Turkiston ulugʻ davlatlarning orasida siyosiy-iqtisodiy, madaniy jihatdan maxsus qamal holatida edi. Shimolda Rossiya imperiyasi, sharqda Xitoy imperiyasi har tomonlama xavf solib turar edi. Shunday boʻlsa ham bu davrda turli janrlarda tarixiy, badiiy, falsafiy, diniy, tibbiy mazmundagi asarlar dunyoga keldi. Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon, Soʻfi Olloyor, Boborahim Mashrab, Turdi Farogʻiy, Saido Nasafiy, Mahmud ibn Valiy, Muhammad Amin Buxoriy, Yusuf Qorabogʻiy kabi qator shoir, faylasuf, tarixchi, tabiatshunos olimlar yetishib chiqdi.
«Shajarayi tarokima» yozma obidasining muallifi Xiva xoni, Abulgʻoziy Arab Muhammadxon oʻgʻli hijriy sana 1012 yil 15 Rabbiyul avval oyida, milodiy sana 1603 yil 12 avgustda XVII asrdagi Xiva xonligi poytaxti Urganch shahrida tavallud topgan, oʻzbek elining qoʻngʻirot urugʻidandir. Abulgʻoziyxonning hayoti, ijtimoiy siyosiy faoliyati «Shajarayi turk» yozma obidasida batafsil soʻzlab oʻtilgan.
Abulgʻoziy Bahodirxonning asarlari ichida «Shajarayi tarokima» («Turkmanlar shajarasi»), «Shajarayi turk» («Turklar shajarasi») muhim oʻrinni egallaydi. Muallifning aytishiga qaraganda, «Shajarayi tarokima» turkman oqsoqollari va ulugʻ boshliqlarning taklifiga koʻra oddiy turk kishisi tushunadigan, hatto besh yashar turk oʻgʻloni ham anglaydigan tilda yozilgan. Asarda Odam ato avlodlari, Muhammad alayhissalom paygʻambarimizga qadar oʻtgan paygʻambarlar eslanadi, Nuh paygʻambarning Xom, Som, Yofas hamda Yofasning oʻgʻli Turk haqida hikoya qiladi, turk, moʻgʻul xalqlari tarixi soʻzlanadi, Qoraxon oʻgʻli Oʻgʻuzxon faoliyati haqida toʻxtaladi, butun oʻgʻuz eli va turkman xalqining qabilaviy tarkibi, urugʻlarining bir-biri bilan bogʻlangan nuqtalari, tarixiy-etnogenezini koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, Xiva xonligi bilan turkmanlarning siyosyy kurashlari ham eslab oʻtilgan. «Shajarayi tarokima» asari Abulgʻoziy Bahodirxon taxtga oʻtirgandan ancha vaqt oʻtgandan soʻng yozilganligi ta’kidlangan. Bu ma’lumotga qaraganda, 1660—1661 yillar orasida ijod qilingan. «Shajarayi tarokima» yozma obidasida turkman qavmi bilan Xiva xonligi orasidagi siyosiy kurashlar, turkmanlarni itoat qildirish uchun olib borilgan kurashlar bayon etilgan, oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasida inoqlik oʻrnatilishi ta’kidlangan.
Abulgʻoziy Bahodirxon 1630—1640 yillari Eronning Isfixon shahrida siyosiy tutqunlikda yashagan davrlarida Rashididdin, Sharafiddin Ali Yazdiy kabi tarixchilarning asarlari bilan tanishgan. Bu asarni yozganda Eron va Turonning tarixiga oid oʻn sakkizta yozma manbalardan hamda xalq ogʻzida saqlanib qolgan rivoyatlardan foydalangan. Asariing oʻnlab qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida, Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kutubxonada, Ashxoboddagi Turkmaniston Fanlar akademiyasi kutubxonasida, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Leningrad boʻlimida hamda Istanbul kutubxonalarida saqlanmoqda. Biz asarni nashrga tayyorlashda A. N. Kononov tomonidan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan eng ishonchli va toʻliq nusxasi asosida qiyosiy metod bilan 1958 yili Moskva va Leningradda nashr qilingan arab yozuvidagi asar matnidan foydalandik. Ushbu asarni nashrga tayyorlashda bir qator soʻzlar eski oʻzbek tili talaffuzi asosida berildi. Shuningdek, voqea soʻzi tarkibidagi ye tovushi jarangsiz q tovushi bilan kelishi turkiy til qonunlariga mos kelmaydi, shunga koʻra ye oʻrnida qattiq talaffuz qilinuvchi «iʻ» tovushini qoʻlladik. Bundan tashqari, qon, gʻon, kon, gon, roq qoʻshimchalari tarkibidagi o unlisi tarixan hamda hozir ham oʻzbek tilining fonetik qonunlariga zid boʻlgani uchun a tovushi orqali qan, gʻan, kan, gan, raq, rak shaklida berdik.
Turkiy tilga xos koʻk, koʻl, uchun kul, ulush kabi soʻzlarda yumshoq oʻ va u tovushlarini ifodalash imkoniyati boʻlmadi.
Bismillohir rohmanir rohiym
Sipos va stoyish ul egaga kim aning hech avvali va oxiri yoʻq va yurtining zavoli yoʻq va otasi va onasi yoʻq va xotini va oʻgʻuli va qizi va kengasha turgʻan kishisi yoʻq turur, oshni va suvni andaq ulashturgʻuvchi yoʻq turur kim gadoydin to podshohgʻacha va qumrsqadin to pilgʻacha (filgʻacha) va chibindin to semrugʻgacha barchasining ahvoligʻa loyiq berur. Bir kun hech qayusining ulushini kam qilmas, agar yer yuzinda koʻkargan yigʻachlarning barchasi qalam boʻlsa va tengizlar siyoh boʻlsa, barcha odam farzandi bitikchi boʻlsa taqi yuz ming va yuz ming yil aning sifatini bitsa tengʻizdan bir qatra va togʻdin bir misqol toshni bitgandin azraq boʻlgay. Bas mening aydganim ne boʻlgʻay Doʻrud va tahl beshumor ul paygʻambargʻa kim barcha paygʻambarlarning yaxshisi va xudoy doʻsti va barcha odam farzandiga yuborgan elchisi turur. Aning yoron va oʻgʻlonlarigʻa koʻpdin koʻp tangri rahmati boʻlgʻay. Emdi mundin soʻng Chingiz avlodindin Urganchi Arab Muhammadxonnint oʻgʻli Abulgʻoziyxon aytaturur kim koʻp emgaklar koʻrgandin soʻng yoshimiz oʻttuz toʻqquzgʻa yetganda tarix ming taqi ellik birda yilon yilinda Xorazm mamlakatinda otamiz taxtinda oʻlturub, yurt ishiga mashgʻul boʻlduq. Ul vaqtda turkman Mangqishloq va Abulxon va Tejan suvining yoqasida oʻlturub erdilar. Xorazmda oʻlturganlari ham bizning kelurimizni eshitib qochib, bu aytilgʻan uch yurtgʻa bordilar. Andin soʻng bir nechasi koʻch birlan va nechasi yoʻl birlan uch yurtda bir evli qolmay barchasi Xorazmgʻa keldilar taqi yaxshilari navkar va yomonlari ra’iyatlari va beklari mening tarixni yaxshi bilurimni eshitib tururlar taqi bir kun barchalari kelib, arz qildilar kim bizning ichimizda Oʻgʻuznoma koʻp turur, ammo hech yaxshisi yoʻq, barchasi gʻalat va birisi birisingʻa muvofiq ermas, har qaysisi bir turluk va bir durust e’tibor qilgʻudek tarix boʻlsa erdi, yaxshi boʻlur erdi teb oʻtun qildilar ersa, onlarning oʻtunlarini qabil qildim. Aning uchun kim bu kitobni aytqandin oʻn yetti yil ilgari barcha turkmanlar bizga yogʻi boʻlub erdilar. Ul sababdin biz anlarni koʻp chopduq va bir karrat Xurosonda Durungʻa ta’alluq Burma tegan suvning yoqasinda bizning birlan saf tortib (6-bet) urushdilar. Tangri bizga berdi.
Avvaldin to oxirgʻacha biz sababli yaxshi va yomondin yigirma ming choqlik kishilari oʻldi, aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi. Paygʻambar aytib tururlar kim-qalan nabiyyu alayhissalom adxalassururi fi qalbia moʻminni xayr min ibodatis saqalini ma’nisi bu turur kim agar bir kishi bir musulmon kishining koʻnglini xushhol qilsa, aning savobi barcha Odam farzandlarining va jinlarning tangriga bandalik qilgʻan savobindin koʻp turur. Bas necha ming kishilar mening bu soʻz aytqanimgʻa bilmaganlarin bilib koʻngillari xush boʻlaturur. Xudoyi taolodin umidim bor ki muning savobi agar ul qatl’omda gunoh boʻlgʻan boʻlsa, angʻa gʻolib kelgay teb va taqi ul kim bir kun bir kishi bu kitobni oʻqub bilmaganini bilsa, bizning ruhimizga fotiha oʻqugʻay teduk taqi kitobni aytmaqqa ruju’ qilduq taqi bu kitobgʻa «Shajarayi tarokima» teb ot qoʻyduq. Barcha biling kim, bizdin burun turkiy tarix aytqanlar arabiy lugʻatlarni qoʻshub tururlar va forsiyni ham qoʻshub tururlar va turkiyni ham saj’ qilib tururlar, oʻzlarining hunarlarin va ustodliqlarini xalqgʻa ma’lum qilmaq uchun biz munlarning hech qaysisini qilmaduk, aning uchun kim, bu kitobni oʻqugʻuchi va tinglagʻuchi albatta turk boʻlgʻusi turur. Bas, turklarga turkona aytmak (aytmoq) kerak, to ularning barchasi fahm qilgʻaylar bizning aytgʻan soʻzimizni (7-bet) bilmasalar andin ne hosil agar anlarnng ichlarida bir va yo ikki oʻqugʻan aql kishi boʻlsa ul bilsa, bilmagan koʻpning qaysi birina aytib bildurur. Bas, andaq aytmaq kerakkim, yaxshi va yomon barchalari bilib koʻngillariga ma’qul boʻlgʻay. Emdi Odamdin to bu vaqtgʻacha kim tarix mingda yetmish birda turur turkmanlarning va soʻng turkman otin koʻtarib, turkmanga qoʻshilgʻan ellarning ancha bilganimizni bir-bir aytaling, bilmaganimizga iloj ne.

Odam Alayhissalomning Zikri


Xudoyi taolo farishtalarga aytdikim, turpaqdin kishi yasab, jon berib, yer yuzinda oʻz oʻrnumgʻa xalifa qilib qoʻya tururmen tedi ersa, farishtalar aytdilar: anlar yuqorigʻi toʻshak birlan quyigʻi toʻshakni zabt qila bilmaslar. Ul sababdin senga osiy boʻlurlar, yaratgʻaning oʻla turur tedilar. Xudoyi taolo aytdi: men bilganni sizlar bilmassizlar, baringlar! Turpaqdin bir kishining suratin yasanglar tedi. Azroil alayhissalom xudoyning amri birlan barcha yer yuzingdagi har turpaqdin olib, Makkayi Muazzama birlan Toifning orasinda turpaqni balchiq qilib, Odamning suratini yasab yotgʻuzdilar, bir necha yillar oʻtgandin soʻng Xudoyi taolo anga jon berdi va ming yil dunyoda turdi. Odam demaklik arab tili turur, arab terini odam der, har nimarsaning toshini teri derlar, farishtalar turpaqni yerni qazib, ichindin olmadilar toshindin olib, (8-bet) Odamning suratini yasadilar, aning uchun odam tedilar anlarning behishtgʻa borgʻanlari va andin chiqqanlari va yer yuzinda yurganlarining hikoyatlari xalq ichinda mashhur turur, aning uchun aytmaduq. Odam oʻlar boʻldi ersa, Shis otli oʻgʻliga aytdi kim, mendin soʻng, sen mening oʻrnoʻmgʻa oʻlturub oʻgʻlonlarimgʻa bosh boʻlgʻil, teb koʻp nasihatlar qildi. Bu dunyodin ul dunyogʻa ketdi. Andin soʻng Jabroil alayhissalom Xudoyi taolodin Shisga kitob olib keldi. Shis ham paygʻambar va ham podshoh boʻlub, elga adolat qilib, toʻquz yuz oʻn ikki yil bu dunyoda turub, jannat saroyigʻa ketdi. Shisning ma’nisi Xudoyning haybati demak boʻlur. Shis oʻlar vaqtida oʻgʻli Anushni oʻrninda oʻlturtub ketdi. Anush taqi otasi va ulugʻ otasining shari’atigʻa amal qilib ul taqi otasitek toʻqquz yuz oʻn ikki yil bu manzilda oʻturub, ul manzilga ketdi. Anushning ma’nisi sodiq temak boʻlur. Anush taqi oʻlarinda oʻgʻli Qaynanni oʻrninda oʻlturtub, koʻp nasihat va vasiyat qildi. Ul taqi sekiz yuz qirq yil otasi yurgan yoʻlda turub, oʻgʻli Maxloyilni oʻz yerinda oʻlturtub, Tangri yaqinigʻa ketdi. Maxloyil zamoninda Odam farzandi koʻp boʻldi, oʻlturgʻan yerga sigʻishmadilar, ul sababdin Maxloyil Bobil iqlimiga borib bir shahar soldi, otini Sus qoʻydi va tom, ev soldi va kendlar qildurdi, andin ilgari shahar va kend va ev yoʻq erdi, togʻlarning qavoqinda va yo changalda (9-bet) oʻlturur erdilar, xalqgʻa hukm qildi, yer yuziga yoyiling teb, barcha Odam farzandlari Maxloyilniig amri birlan borib, har qayda munosib yer boʻlsa, kendlar soldilar. Maxloyil toʻquz yuz yigirma yil soʻzlayturgʻan shaharda turub, oʻgʻli Bardni oʻz yerinda oʻlturtub, dam urmas shahriga ketdi.
Bard taqi toʻquz yuz oltmish yil bu yurtda oʻlturub, oʻgʻli Axnuni ortinda qoʻyub koʻchmas va qoʻnmas yurtgʻa ketdi, oʻgʻlining oti Axnux erdi va laqabi Idris. Xudoyi taolo ani paygʻambar qildi, sakson ikki yil paygambarliq qildi, xalqni toʻgʻri yoʻlga unladi, andin soʻng Tangrining amri birlan Azroyil kelib Idris alayhissalomni parning ustida qoʻyub, behishtga olib bordi. Ul kundin to bu vaktgʻacha behishtda turur. Idris behishtga borgandin soʻng oʻgʻli Matushalax otasi oʻrinida oʻlturdi, dod va adl qildi, umrinning soni ma'lum ermas, ul taqi otasi bargan yerga bordi, andin soʻng Matushalaxning oʻgʻli Limak otasi yerinda oʻlturub, koʻp yillar dod va adl qildi taqi otasi ketgan yoʻlgʻa tushub ketdi, aning ham umri ma’lum ermas, andin soʻng oʻgʻli Nuh paygʻambar otasi oʻrninda oʻlturdi. Xudoy taolo ikki yuz ellik yoshigʻa yetganda paygʻambarlik berdi, yetti yuz yil xalqni toʻgʻri yoʻlgʻa undadi, er va xotundin saksan kishi imon kelturdilar, yetti yuz yilning ichinda saksandin ortuq (10-bet) kishi imon kelturmaganiga achigʻlanib xalqgʻa duoibad qildi. Jabroyil keldi taqi aytdi kim Xudoy taolo sening duongni qabul qildi, falon vaqtda xalqni suvgʻa gʻarq qilur boʻldi, sen kema yasagʻil teb, kemani nechik yasarin koʻrsatdi, yerdin suv chiqdn, osmondin yomgʻur yogʻdi yer yuzindagi jonlining barchasi gʻarq boʻldi. Nuh paygʻambar uch oʻgʻli va imon kelturgʻan saksan kishi birlan kemaga mindi, bir necha oydin soʻng yer Xudoy taoloning amri birlan suvni oʻziga tortdi, kema Moʻsul tegan shaharning taqi yaqinida Judi tegan togʻdin chiqdi, kemadin chiqqan kishilarning barchasi bemor boʻldilar, Nuh paygʻambar uch oʻgʻli va uch kelini birlan yaxshi boʻldilar, andin oʻzga kishilarning barchasi oʻldilar, andin soʻng Nuh paygʻambar uch oʻgʻlining har qaysisin bir yerga yibordi. Xom otli oʻgʻlini Hindiston yeriga yibardi, Som otli oʻgʻlini Eron zaminga yibardi va Yofas otli oʻgʻlini qutb shimoli tarafiga yibardi taqi uchiga ham aytdi kim Odam farzandlarindin siz uchungizdin oʻzga kishi qolmadi, emdi uchungiz uch yurtda turung, har qachon oʻgʻlon ushoqingiz koʻp boʻlsa, ul yerlarni yurt qilib oʻlturung tedi. Yofasni ba’zilar paygʻambar erdi deb tururlar va ba’zilar paygʻambar ermas deb turulur.
Yoyiq suvining yoqasiga bordi, ikki yuz ellik yil anda turdi taqi vafot boʻldi, sakkiz oʻgʻli bor erdi, avlodi bisyor koʻp boʻlub erdi, oʻgʻlonlarning otlari munlar turur: Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, Kamari (11-bet) Tarix, Yofas oʻlarinda ulugʻ oʻgʻli Turkni oʻrninda oʻltur teb oʻzga oʻgʻlonlarigʻa aytdikim, Turkni oʻzungizga podshoh bilib, aning soʻzindin chiqmang tedi, Turkka Yofas oʻgʻloni teb laqab qoʻydilar, bisyor arablik va oqil kishi erdi, otasindin soʻng yerlarini yurdi va koʻrdi.... taqi bir yerini xushlab, anda oʻlturub, bu kun ul yerini Issigʻkoʻl derlar, xirgoh (xargah) evni ul chiqardi, turklar ichida kim ba’zi rasmlar (rusumlar) bor andin qoldi, Turkning toʻrt oʻgʻli bor edi, avval Tutak, ikkinchi Chigil, uchunchi Bersachar, toʻrtunchi Imlaq (Amlaq). Turk oʻlar boʻlgʻonida Tutakni oʻz oʻrnigʻa podshoh qilib, uzoq safargʻa ketdi. Tutak aqlli va davlatli, yaxshi podshoh erdi, turk ichinda koʻp rasmlarni ul paydo qildi. Ajam podshohlarining avvali Qayumars birlan ma’asr erdi. Kunlarda bir kun ovga chiqib koʻp oʻlturub, kabob qilib yeb oʻlturub erdi, elkidin bir toʻgʻram et yerga tushadi, ani olib yedi ersa, ogʻzigʻa bisyor xush keldi, aning uchun ul yer tuzlaq erdi, oshqa tuz solmaqni ul chiqardi, bu namakin rasm andin qoldi. Ikki yuz qirq yil umrindin oʻtgandin soʻng, oʻgʻli Amulchaxonii oʻz yerinda oʻltur deb, Borsa kelmas tegan shaharga ketdi. Amulchaxon taqi koʻp yillar podshohlik qilib, oshlarini oshab va yoshlarini yashab otasi (12-bet) keyindan ketdi, oʻlar vaqtinda oʻgʻli Baquy Debxonni oʻrnida oʻlturtdi. Debning ma’nisi taxtning yeri, Baquyning ma’nisi el ulugʻi demak boʻlur. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qilib, doʻstlarning kulganin, dushmanlarning yigʻlaganin koʻrib, sevinub, andin soʻng oʻlar boʻlgʻanda oʻgʻli Koʻkxonni taxtinda oʻltur deb oʻldi. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qildi, otasi yoʻlindin tashqari chiqmadi, xasta boʻldi ersa, oʻgʻli Alinchaxonni oʻz yerinda oʻlturtub uzoq safargʻa ketdi. Ul taqi koʻp yillar podshohlik qildi, otalarindin viloyatlari, el, uluslari koʻp boʻldi, aning egiz oʻgʻli boʻldi, birining oti Tatar va birining oti Moʻgʻul, otasi qari boʻlgʻandin soʻng yurtini ikki boʻlub, ikki oʻgʻligʻa berib vafot boʻldi. Alinchaxon oʻlgandin soʻng, Tatar va Moʻgʻul har qaysisi oʻz yerlarinda podshohliq qildilar, Moʻgʻulxonning toʻrt oʻgʻli bor erdi, avvalgʻining oti Qoraxon, ikkinchi Qoʻrxon, uchunchi Qirxon, toʻrtunchi Urxon. Moʻgʻulxon(ning) ulugʻ oʻgʻli Qoraxonga yurtini berib, barchaning boraturgʻan yurtiga ketdi. Qoraxon Oʻr togʻini va Koʻr togʻni yoylar erdi, bu chaqda ani ulugʻ togʻ va kichik togʻ deyturlar, qish boʻlgʻanda Sir suvining azaqi va Qoraqum va bursuqni qishlar erdi.

Oʻgʻuzxonning Dunyogʻa Kelganining Zikri


Qoraxonning ulugʻ xotinidin bir oʻgʻli boʻldi. Koʻrki oy, kundin ortiq, uch kecha-kunduz onasini emmadi, har kecha ul oʻgʻlon onasining tushiga kirib aytur erdi: ey, ona musulmon boʻlgʻil, agar boʻlmasang, oʻlsam oʻlarmen, sening emchakingni emmasmen teb erdi, onasi oʻgʻlini qiya bilmadi taqi Tangrining birlikina imon kelturdi va andin soʻng ul oʻgʻlon emchakni emdi va onasi koʻrgan tushini va musulmon boʻlgʻanini kishiga aytmadi taqi yashurdi, aning uchun kim turk xalqi Yofasdin to Alinchaxon zamonigʻacha musulmon erdilar. Alinchaxon podshoh boʻlgʻandin soʻng xalqning boshi va moli koʻp boʻldi, davlatga esirdilar taqi Tangrini unutdilar va barcha el kofir boʻldilar va Qoraxon zamonida kofirlikda andagʻ mahkam erdilar kim, agar otasi musulmon boʻlgʻanin eshidsa oʻgʻli oʻlturur erdi va oʻgʻlining musulmon boʻlgʻonin eshidsa otasi oʻlturur erdi, ul chaqda moʻgʻulning rasmi andagʻ erdikim to oʻgʻlon bir yoshga yetmagincha angʻa ot qoʻymaslar erdi, oʻgʻlon bir yoshgʻa yetdi ersa, Qoraxon elga savun soldi taqi ulugʻ toʻy qildi, toʻy kuni oʻgʻlonni ma’raka ichiga kelturub Qoraxon beklarga aytdi: bizning bu oʻgʻlimiz bir yoshigʻa yetdi, emdi mungʻa na ot quyursiz teb, beklar javob bermasdin burun oʻgʻlon aytdi: mening otim Oʻgʻuz turur teb, oʻshal bir yoshar oʻgʻlon anda ravon kelib (14-bet) tilga, tedi: bilinglar ayon, otim turur Oʻgʻuz, Xisrov nomvar, bilinglar yaqin barcha ahli hunar, toʻygʻa kelgan ulugʻ va kichik barcha oʻgʻlonning bu soʻziga tong qoldilar taqi aytdilar kim bu oʻgʻlonning oʻzi otini ayta turur, mundin yaxshi ot boʻlurmi teb, otini Oʻgʻuz qoʻydilar taqi aytdilar kim bir yoshar oʻgʻlonning mundaq soʻzni soʻzlaganini hech zamonda hech kim eshitgan va koʻrgan yoʻq turur teb ani irim etib aytdilar, kim bu uzoq umrli va ulugʻ davlatli uchi (avji) oʻzagʻan va yoni yonlagʻan boʻlgʻusi turur tedilar. Oʻgʻuzxonning tili chiqib yurganinda ollo-ollo teb hamisha aytur erdi, ani har kim eshidsa, ayturlar erdi, oʻgʻlon turur, tili kelmaslikindin ne ayturin bilmay turur derlar erdi, aning uchun kim lafz ollo arab tili turur, moʻgʻulining hech otasi arab tilini eshitgan ermas, Oʻgʻuzni Xudoy taolo modarzod valiy yaratib erdi, aning uchun koʻnglina va tilina oʻzining otini solaturur erdi.
Chun Oʻgʻuz yigit yetishdi ersa, Qoraxon inisi Qoʻrxonning qizini olib berdi, Oʻgʻuz kishi yoʻqda, qizgʻa aytdi: olamni, seni, bizni yaratgʻan bor, aning oti ollo turur, ani bor bilgil va bir bilgil, aning buyurgʻanindin oʻzga ishni qilmaqil tedi ersa, qiz ani qabul qilmadi, shul zamon qoʻpdi taqi qizdin boshqa yotdi, kechalar boshqa yotib, kunduz soʻzlashmas erdi, bir necha vaqtdin soʻng Qoraxonga aytdilar oʻgʻlingiz koʻchini sevmay turur, sevmaslikindin olgʻan kunindin beri bir yerda yotmay turur tedilar ersa, Qoraxon bu soʻzni eshitgandin soʻng (15-bet) taqi bir inisi Qirxonning qizini olib berdi, angʻa ham imon arz qil tedi. Ul qiz ham qabul qilmadi, aning birlan ham bir yerda yotmadi, voqiatdin bir necha yillar oʻtgandin soʻng, Oʻgʻuzxon ovgʻa chiqib, qaytib kela erdi, koʻrdi kim suvning yoqasinda bir necha za’ifalar kir yuva tururlar, otasining inisi Urxonning qizi munlarning ichinda oʻlturub turur, qizgʻa kishi yibarib soʻz soʻzlashmakka sirim oshkora boʻlur teb qoʻrqti taqi qizni goʻshaga chorlab, ont berib, aytdi kim, otam manqa ikki qiz olib berdi. Anlarni sevmaganimning sababi bu kim men musulmon, anlar kofir, harchand musulmon boʻlung tedim, qabul qilmadilar, agar sen musulmon boʻlsang erdi, seni olur erdim tedi ersa, qiz sen ne yoʻlda boʻlsang men shul boʻlayin tedi, andin soʻngʻ Oʻgʻuzxon otasigʻa aytdi, otasi Urxonning qizini ulugʻ toʻy qilib Oʻgʻuzga olib berdi, Ul qiz musulmon boʻldi, Oʻgʻuz ani qoʻp sevar erdi. Mundin koʻp yillar oʻtdi, bir kun Oʻgʻuz yiroq yerga ovgʻa keldi, Qoraxon barcha koʻchlarin va kelinlarin chaqirib erdi, taqi soʻzlashib oʻlturgʻanda xotunindin soʻrdi kim muning sababi ne turur, Oʻgʻuz soʻngi olgʻan xotunini sevar va burungʻi olgʻan ikki xotunning qatigʻa hech bormas, xotun aytdi, men bilmayman, kelinlar yaxshirak bilurlar tedi, xon kelinlardin soʻrdi ersa, ulugʻ kelin aytdi, oʻgʻlungiz musulmon boʻlub turur, biz ikkimizga musulmon boʻl tedi, qabul qilmaduq, kichik keliningiz (16-bet) musulmon boʻlub turur, aning uchun oʻgʻlungiz ani koʻp seva turur tedi. Qoraxon bu soʻzni eshitgandin soʻng beklarin chaqirib kengashti taqi soʻzni munga qoʻydilar kim Oʻgʻuzni ovda yurganda tutub oʻlturgaylar, Qoraxon elga kishi yibardi, tez kelsunlar, ovgʻa chiqaman teb, bu soʻzni Oʻgʻuzxonning kichik xotuni eshitib, Qoraxonning qilgʻan kengashlarining barchasin aytib, Oʻgʻuzxongʻa kishi yibardi, Oʻgʻuzxon taqi bu soʻzni eshitgandin soʻng, elga kishilar yibardi, otam cherik tortib, meni oʻlturgali kela turur, meni tegan, menga keling, otamni tegan otamga boring deb, elning koʻpi Qoraxongʻa bordi, ozraqi Oʻgʻuzxon qatigʻa bordilar. Qoraxonning inilarining koʻp oʻgʻlonlari bor erdi, anlarni Qoraxondin ayrilur teb, hech kimning koʻnglina kelmas erdi, anlarning barchalari Oʻgʻuzxon qatiga keldilar, Oʻgʻuzxon anlargʻa uygʻur ot qoʻydilar, uygʻur turk tili turur, ma’nisi barchagʻa ma’lum turur, yopishgʻur ma’nisina turur, ayturlar sut uydi, sut erkaninda biri birindin ayrilur erdi, qatiq boʻlgʻanidin soʻng biri biriga yopisha turur, bu taqi ayturlar kim imomgʻa uydim, imom oʻltursa oʻltura turur, tursa tura turur. Bas yopishqani boʻlmasmu? Anlar kelib Oʻgʻuzxonning etakina ikki qoʻllari birlan mahkam yopishdilar ersa, xon anlargʻa uygʻur tedi, yopishqur temak boʻlur. Qoraxon birlan Oʻgʻuzxon (17-bet) ikkisi saf tortib urushtilar, Xudoyi taolo Oʻgʻuzxonni gʻolib qildi, Qoraxon qochti, urushda Qoraxonning boshina oʻq tegdi kim otgʻanin bilmadilar, Qoraxon ul yaradin oʻldi. Oʻgʻuzxon otasi taxtinda oʻlturdi.

Oʻgʻuzxonning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Oʻgʻuzxon elning barchasini musulmonliqgʻa da’vat qildi, musulmon boʻlgʻanlarni siyladi va boʻlmagʻanlarni chopti, oʻzlarini oʻlturdi, oʻgʻlonlarini asir qildi, ul vaqtda Qoraxongʻa ta’alluq eldin boshqa ellar koʻp erdi, har ulugʻ elning bir boshqa podshohi bor erdi, kichik ellar anlargʻa qoʻshulur erdi, Qoraxonning musulmon boʻlgʻan ellari Oʻgʻuzxonga qoʻshuldi, Oʻgʻuzxon har yilda moʻgʻul yurtida oʻlturgʻan ellar birlan urushur erdi gʻolib kelur erdi, axir barchasini oldi va qochib qurtulgʻanlari tatar xonina borib sigʻindilar, tatar xalqi ul vaqtda churchitgʻa yaqin oʻltururlar yerdi, churchit tegan bir ulugʻ yurt turur, shaharlari va kendlari koʻp. Xitoyning temur qazuq tarafinda boʻlur, hindi va tojik ani Chin mochin terlar. Oʻgʻuzxon borib tatarni chopti, tatar xoni koʻp cherik birlan kelib urushdi. Oʻgʻuzxon bosti taqi lashkarini qirdi, Oʻgʻuzxonning lashkarining qoʻlina oʻljali oʻluk mol tushdi kim yuklamakka kulik ozliq qildi, bir yaxshi chebar kishi bor erdi, ul fikr qilib arabani yasadi, andin koʻrmakcha barcha araba yasab, (18-bet) oʻljalarini yuklab qaytdilar, arabagʻa qaniq ot qoʻydilar andin ilgari anida yoʻq erdi, oʻzida yoʻq erdi, aning uchun qaniq tedilar, kim yuruganda qaniq qilib ovoz qilur, ani yasagʻan kishini qaniqli tedilar. Barcha qaniqli eli ul kishining oʻgʻlonlari turur. Oʻgʻuzxon yetmish ikki yilgʻacha moʻgʻul va tatar oʻz soʻngaki (singʻaki) erdi, anlar birlan urushdi yetmish uch yil boʻlgʻanda barchasini oʻz ogʻzigʻa baqturub, musulmon qildi. Andin soʻng yurub Xitoyni oldi va churchitni oldi va taqi tayaqutni oldi, tanqutni tojiklar tibet derlar, andin soʻng borib qoraxitoyni oldi, ul ham ulugʻ yurt boʻlur, kishisining charasi (chehrasi) hindu teg qora boʻlur, Hindiston birlan Xitoyning orasinda mihit tengizning yoqosinda boʻlur, tanqutning qish(i) boʻlgʻanda kun tugʻushi va yoy boʻlgʻanda tushlukinda boʻlur, Xitoyning nari yuzinda, tengiz yoqasinda berk togʻlarning ichinda koʻp yel bor erdi, aning podshohining otini Itbaraqxon derlar erdi, aning ustina otlanib bordi, urushdilar. Itbaraqxon gʻolib keldi, Oʻgʻuzxon qochti, urushqan yerining beri yuzinda oqib boraturgʻan ikki ulugʻ suv bor erdi, ul ikki suvning orasinda bir necha kun turub qochqin lashning oldin ortin yigʻdi, ulugʻ podshohlarning odatlari turur uzoq safargʻa borgʻanda koʻchlarin olib bormoq navkar xalqining ham ba’zilari olib borurlar, Oʻgʻuzxonning bir begi koʻchin (19-bet) olib borib erdi, oʻzi urushda oʻldi, xotuni qurtulub ikki suvning orasinda xon keylidin yetdi, yukli erdi, toʻlgʻagʻi tutdi, kun savuq erdi, kirmakka ev yoʻq, bir chirik ogʻach ichinda oʻgʻlon tugʻurdi, muna xongʻa ma’lum qildilar ersa, xon aytdi: muning otasi bizning oldimizda oʻldi, gʻamxoʻri yoʻq teb oʻgʻil oʻqindi, otini qipchoq qoʻydi, qadim turk tilinda, ichi quvish (qoʻymish), ogʻachin qipchak derlar erkandurlar aning uchun ul oʻgʻlon ohach ichinda tugʻdi teb, otini Qipchaq qoʻydilar, bu vaqtda ichi koʻvish (nov) ohachni chipchaq dey tururlar, qora xalqning tili kelmasligidin qofni chim (ch) oʻquy turur, shul qipchoq turur, chipchaq deytururlar, ul oʻgʻlonni xon oʻz qoʻlinda saqladi, yigit boʻlgandin soʻng oʻrus va oʻlaq va majar va boshqird ellari yohi erdilar. Qipchaqha koʻp el va navkar berib, ul yoqqa Tin va (Atil) Itil suvining yoqasiga yibardi, uch yuz yil Qipchaq ul yerlarda podshohliq kilib oʻlturdi, barcha qipchaq eli aning naslidin tururlar.
Oʻgʻuzxonning zamonindin to Chingizxon zamonigacha Tin va Itil va Yoyiq bu uch suvning yoqasida qipchaqdin oʻzga el yoʻq erdi, toʻrt ming yilgʻacha ul yerlarda oʻlturdilar, aning uchun ul yerlarni Dashti Qipchaq derlar. Chingizxon Eron va Turon ustina kelganda bu yurtlarning podshohi sulton Muhammad Xorazmshrh tegan erdi, aning poytaxti Urganch erdi. Chingizxon birlan urusha bilmay qochib Mozondaron ketdi. Chingizxon Buxoro va Samarqand va Toshkendni olib Iroq va Gilon (20-bet) va Mozandaron va Ozarboyjon va Gurjistongʻa Jeba noʻyon, Subiday Bahodir tegan ikki begini bosh qilib oʻttuz ming kishi birlan yibordi, kichik oʻgʻli Tuluxonni ellik ming kishi birlan Xurosongʻa yibardi. Sulton Muhammad Xorazmshohning poytaxti va navkari va xazinaning turgan yeri turur teb, ulugʻ oʻgʻli Joʻjixon va ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxon va uchinchi oʻgʻli Oʻqtoy (Oʻgaday) xon bu uchisini sakson ming kishi birlan Urganchga yibardi. Urganchda podshoh yoʻq erdi, sultonlar dunyo va dini uchun sakkiz oy shaharga qabalib urushdilar, toʻqquzinchi oyda Chingizxonning oʻgʻlonlari shaharni oldilar taqi xalqni qatlom qilib Chigʻatoy birlan Oʻqtoy (Oʻgadoy) qaytib Termizda otasi xizmatigʻa bordi, Joʻji oʻzina ta’alluq navkari birlan Urganchdin Dashti qipchaqqa bordi. Qipchaq xalqi yigʻilib urushdilar, Joʻjixon basti taqi qipchaqning qoʻlgʻa tushganin oʻlturdilar, qurtulgʻani ishtakgʻa bordi, ishtakning koʻpragi bu vaqtda shu qipchaqning naslindin turur, Atil (Itil) birlan Tin suvining orasinda oʻlturgʻan qipchoqlar toʻrt tarafga qochib ketdilar, koʻpragi cherkas va tuman yurtiga bordilar. Joʻjixon qipchaqning oʻgʻlon ushagʻin oʻlja qilib, qipchaq yurtinda oʻlturdi, moʻgʻuldin evini va otasi bergan ellarning barchasin kelturdi, oʻzbakning har urugʻindin qipchaq yurtiga kuchub keldilar, andin soʻng, Joʻjixon oʻldi va yurt oʻgʻli Sayin xongʻa qoldi, Joʻjixon oʻgʻlonlarindin yigirma toʻrt kishi ul yurtda podshohlik qildilar, aning zamaninda ul yurtni Sayinxon yurti derlar erdi, andin soʻng, ul yurt mangʻitgʻa tushdi, onlarning avvali oq mangʻitli (21-bet) Qatliq-qayolining oʻgʻli Edigay biy tegan erdi, andin soʻng Mangʻit yurti tedilar. Tarix ming taqi qirqda orqa tarafdan qalmaq elindin podshohining oti Urluk oʻn miig evlik kelib Mangʻit yurtinda oʻlturdi. Bu kun tarix mingda yetmish birda va sichqan yili turur. Emdi ul yurtni qalmaq yurti dey tururlar, balli bu dunyo bir rabotqa oʻxshar, Odam farzandlari karvonga oʻxsharlar biri koʻchar, biri qoʻnar.
Oʻgʻuzxon Itbaraqxongʻa bosturgʻandin oʻn yetti yil soʻng taqi otlanib borib Itbaraqxon birlan urushub, bosib, Itbaraqxonni oʻlturub, yurtini olib, musulmon boʻlgʻanlariga tegmay qoʻyub, Tangrigʻa imon kelturmaganlarini oʻlturub, oʻgʻlonlarini asir qilib, qaytib eviga tushdi.

Oʻgʻuzxonning Turon Va Hindistongʻa Yurganining Zikri


Oʻgʻuzxon tamom moʻgʻul va tatar elining lashkarini jam’ qilib, Talash va Sayramgʻa keldi, Toshkend, Samarqand va Buxoro podshohlari saf tortib, urusha bilmadilar, ulugʻ shaharlarga va mahkam qal’alargʻa berkindilar, Oʻgʻuzxon Sayram va Toshkentni oʻzi qabab oldi. Turkiston va Andijonga oʻgʻlonlarini yibardi, Olti oyda Turkiston birlan Andijonni olib, otasi xizmatigʻa keldilar. Oʻgʻuzxon bu aytilgʻan viloyatlarning barchasigʻa darugʻalar qoʻyub, Samarqand sari yurdi taqi Samarqandni olib, darugʻa qoʻyub Buxorogʻa bordi, Buxoroni ham olib darugʻa qoʻyub, Balx bordi, Balxni ham olib darugʻa qoʻyub, Gʻur viloyatining ustiga yurdi, qish erdi, kunlar yomon sovuq erdi, Gʻurning togʻlarigʻa qor koʻp tushub erdi, lashkar halqi yurmakka qiynaldilar, xon hukm qildi kim (22-bet) hech kim mendin qolmasun teb, borib Gʻurni oldi ersa, yel kelib yoz boʻldi. Lashkarning sonin oldi, bir necha kishi kam keldi, onlarni soʻrdi hech kim bilmadilar. Bir necha kundin soʻng ul kishilar xon xizmatigʻa keldilar, xon anlarning ahvolini soʻrdi ersa, aytdilar kim bir necha kishi lashkarning soʻngidin kela turur erduk, togʻ ichinda bir kecha ulugʻ qor yogʻdi, andin soʻng yuriy bilmay, oʻshal yerda yottuk, otlarimiz va tevalarimiz barchasi oʻldi, bahor boʻlgʻandin soʻng piyoda kela tururmiz tedilar, xon hukm qildi: ul jamo’atga qarliq desunlar teb, barcha qarliq eli anlarning naslindin turur, andin oʻtub, Kobul va Gʻaznaynni oldi, andin soʻng Kashmir ustiga yurdi, ul chaqda Kashmirning podshohiniig oti Yogʻmo erdi, Kashmirning mahkam togʻlari ulugʻ suvlari koʻp boʻlur. Yogʻmo anga orqa berib, Oʻgʻuzxongʻa boqinmadi, bir yil urushtilar ikki tarafdin koʻp kishilar oʻldi, oqibat Zgʻuzxon Kashmirni oldi taqi Yogʻmoni oʻlturdi, lashkarini qatlom qildi, bir necha vaqt anda turub, qaytib Badaxshon usti birlan Samarqand keldi, andin Moʻgʻilistongʻa borib evigʻa tushdi.

Oʻgʻuzxonning Eron Va Shom Va Misr Sari Yurganining Zikri


Bir yil yurtinda turub, ikkinchi yil (23-bet) elga jar (char) qildurdi, «Eron sari yurub tururmen, necha yilliq gʻamlarin yesunlar», teb ikkinchi yili otlandi taqi Talash shahrigʻa keldi, xonning lashkari keyininda qoʻygʻan kishilari bor erdi arigʻan va ochgʻan va adashgʻan va tekkanni olib kelsun teb, ul kishilar lashkar soʻnginda qalgʻan bir evlik kishini xon oldigʻa olib keldilar, xon ul kishidin soʻrdi kim ne uchun keyin qolib erding teb, ul aytdi: kunlikimning ozliqindin lashkarning soʻngindin kela turur erdum, xotunum homila erdi, tugʻurdi, ochliq sababindin onasining suti oʻgʻlongʻa yetishmadi, kela turur erdim suvning yoqosinda koʻrdumki bir shagʻal bir qirgʻavulni oldi, ogʻoch birlan shagʻalni urdum ersa, qirgʻavulni tashlab qochti, ani olib, kabob qilib xotunumgʻa berib turub erdim, soʻngda qoʻygan kishilaringiz yoʻluqub olib keldilar, xon qaqirgʻa ot va oziqva mol berib bu cherikka bormagʻil teb, qol och tedi, barcha qoloch eli shul kishining naslindin tururlar, bu vaqtda xalach dey tururlar, Mavoruannahrda koʻp turur, aymaq elina qoʻshila tururlar, Xuroson va Iroqda ham koʻp boʻlur, onlar chigʻatoy elina qoʻshula tururlar. Balxga ta’alluq Gʻur tegan shaharda oʻlturgʻan qolochlardin oti Muhammad, laqabi Baxtiyor bir pahlavon yigit bor erdi Hindustonning Dehli tegan shahrinda Qutbiddin (24-bet) otli bir musulmon podshoh bor erdi, Muhammad borib ongʻa navkar boʻldi, bir necha yildin soʻng, ulugʻ bek oʻldi, Hinduston tegan boʻlak-boʻlak koʻp yurt boʻlur, Bihor otli bir yurt boʻlur, Kashmir yaqininda boʻlur, Kutbiddin Muhammad Baxtiyorni ilgʻorboshi qilib, ongʻa yibardi, Muhammad Baxtiyor Bihor yurtini oldi. Bihorning oftob chiqarinda taqi bir yurt bor erdi, aning ulugʻ shahrining oti Lakshir erdi, aning toʻqson yoshor podshohi bor erdi, ota otadin ul yurtning podshohi erdi, borib, ul yurtni oldi, necha yillardin beri yigʻishturgʻan xazinasi qoʻlina tushdi, Lakshirning temur qazuq tarafinda bir ulugʻ shahar bor erdi Laktuni otliq, borib ani taqi oldi va xutbani oʻz otiga oʻqutub va sakkani oʻz otigʻa suqturub, Laktuni shahrini poytaxt qilib oʻlturdi. Qoloch elindin oʻn ming kishi aning qatigʻa yigʻildilar, Laktuni birlan Tibetning orasinda otliq kishi bir yotib bora turgan yer boʻlur, ammo bir baland togʻi boʻlur, bir yoʻli boʻlur, bir otliq yurur, ikki otliq yonashib yuriy bilmas, Muhammad Baxtiyor oʻn ming otliq va oʻttuz ming piyoda birlan oʻshul yoʻldin borib Tibetni chopib keldi, taqi bir necha kundin soʻng vafot boʻldi, barcha qoloch xalqi yigʻilib, Shiran teganni podshoh qildilar, ul oʻlgandin soʻng, Mardon teganni (25-bet) podshoh qildilar va Mardon yildam va otquchi yigit erdi, ammo hech aqli yoʻq erdi, bu gʻoyatda kim bir kun koʻrinishda oʻlturgʻanda beklarina boqib aytdi, Isfihonni, falonni senga berdim.
Qazminni senga berdim, shundaq teb, Xuroson va Iroq va Rumning ancha bila turgʻan shaharlarining bir bor otlarin tutub, navkarlarina ulashturdi, Tangrim bersa sizlarga berayim temadi, mundaq tesa, boʻlmas erdi, mening viloyatlarim turur, sizlarga berdim teb, ta’zim qildurdi va bir kun kelib yuknib aytdi kim savdogarmen, bu kecha ming tangamni oʻgʻri olib turur tedi taqi devonga hukm bitib tedi, devon Isfihonning darugʻaliqini savdogarning otigʻa bitib, muhr qilib qoʻligʻa berdi. Savdogar qoʻrqqanindin soʻz ayta bilmay yorliqni olib, boshigʻa sanchdi, koʻrnishda oʻltirgʻan xalq ham qoʻrqinchdin hech nimarsa ayta bilmadilar, bir oqilbegi bor erdi, ul aytdi: podshohim mungʻa Isfihonning darugʻaliqin berdingiz, bu kishi agar mundin Isfihonga yolgʻuz borsa, sizning otingizgʻa yomon boʻlur, bu kishiga ul chaqli nimarsa beringiz kim qoʻshli va navkarli boʻlub borgʻay tedi, ul badbaxtning koʻngliga bu soʻz yaxshi kelib, yuz ming tanga in’om va taqi bir yomonligi bu kim qoloch halqining yaxshi kishilarini begunoh oʻltura boshladi, el yaxshilari yigʻilib, kengash qilib, Mardonni oʻlturub Avaz teganni (26-bet) Laktuni taxtinda oʻlturtdilar, ul ham oʻn ikki yildin soʻng oʻldi, andin soʻng, ul yurt qolochlarning qoʻlindin chiqdi, oʻzga kishiga tushdi, andin soʻng, qolochlar navkar boʻldilar, qolochlarning podshohligʻi avvalidin to oxirigʻacha ellik toʻrt yil boʻldi. Emdi qolochlarga boʻlub, aytaturgʻan soʻzimizni qoʻygʻali munchaqliq aytduk (etduk), yetar. Oʻgʻuzxon Talashdin oʻtub Samarqand va Buxorogʻa kelib, Amu suvidin oʻtub, Xurosongʻa bordi, ul chaqda Eron yurtinda yaxshi podshoh yoʻq erdi, Qayumars oʻlub erdi, Hoʻshangni hanuz podshoh koʻtarmay turur erdilar, andaq vaqtni arab mulukut tavoif ter, ma’nisi bu kim har bir toʻp elda bir toʻra temak boʻlur. Turklar boʻlur.
Turklar andaq vaqtni ev boshigʻa qoraxon derlar, ma’nisi har evda qora kishi bir xon boʻlib turur, har evga bir xon temak boʻlur, ul chaqda Eron yurti shundaq erdi, Xurosonin oldi, andin oʻtub Iroqi ajam va Iroqi arab va arman va Shom va Misrgʻacha oldi, bu aytilgʻan viloyatlarning bir nechasini urushib va barchasini boqindurib, oʻziga ta’alluq qildi. Oʻgʻuzxon Shom viloyatinda turgʻanda pinhoniy bir navkarining qoʻliga bir oltun yoy va uch oʻqni berdi taqi aytdi yoyni kun tugʻishinda bir choʻlda kishi ayogʻi yetmas yerda turpaqqa koʻmub bir uchini chiqarib qoʻygʻil va oʻqlar kun botishi tarafiga eltib, yoyni nechuk qoʻysang ani shundogʻ qoʻygʻil tedi, ul kishi yorliqqa amal qilib keldi, bu voqi’adin bir yil (27-bet) oʻtgandin soʻng uch ulugʻ oʻgʻli Kun va Oy va Yulduzni charlab aytdi: yot yurtgʻa kelibmen, ishim koʻp, ov ovlamaqa qoʻlum yetishmay turur, kun tugʻishi tarafinda falon choʻlning ovi koʻp ermish teb eshitdim, oʻz navkarlaringiz bilan anda borib, oʻtav soʻqub kelinglar tedi, andin soʻng uch kichik oʻgʻli Koʻk va Togʻ va Tengiz bu uchusini charlab, aqalarin aytqan soʻzni aytib, kun botishi tarafigʻa yibardi, bir necha kundin soʻng uch ulugʻ oʻgʻlonlari bir oltun yoy birlan koʻp ovni xonadonlarigʻa kelturdilar, uch kichik oʻgʻlonlari taqi uch oltun oʻq birlan koʻp ovni kelturdilar, ul ovning etlarina koʻp etlar va turduk oshlarni qoʻshub, xalqni chaqirib yoyning va oʻqning topilgʻanini irim qilib, oʻzlariga qayta berdi, uch ulugʻ oʻgʻli yoyni sindirib olishdilar uch kichik oʻgʻli har qaysi bir oʻqni oldilar, olgʻan viloyatlarda koʻp yillar turub, dushmanlarini yoʻq qilib, doʻstlarini siylab, boshi Sayram ayogʻi Misrgʻacha olgʻan viloyatlarining barchasina hokimlar qoʻyub, qaytib, oʻz yurtigʻa tushdi.

Oʻgʻuzxonning Yurtina Kelib Toʻy Qilgʻanining Zikri


Oʻgʻlonlarim xalqim birlan eson omon borib keldim teb, ulur toʻy yorogʻin qilsb, bir xirgoh yasatturdi, barcha ogʻochlarining toshina oltun qopladi, la’l va yoqut va zumrud va feruza va dur birlan murassa’ qildurdi, bu baytni ul evning vasfinda aytib tururlar, bayt:

Bir ev tikti oltundin ul shahriyor,


Kim ul ev falak evindin qildi or.

Toʻqquz ming qoʻy va toʻqquz yuz yilqi oʻlturtdi, bulgʻaridin toʻqson toʻqquz hovuz qildirdi, toʻqquzigʻa araq va toʻxsonigʻa qimiz toʻlturtdi, barcha navkarlarini chaqirib kelturtdi, ul olti oʻgʻligʻa koʻp nasihatlar aytib (etib) va beklar oʻrgatib yurtlar va shaharlar va ellar va in’omlar berdi. Bu baytlarni aning vasfinda aytib turur:


She’r:

Oʻgʻuz qildi ul toʻyda chirgʻamishi,


Bu olti oʻgʻulni suyurgʻamishi.
Bular koʻrsatib erli mardonalik,
Ota birlan koʻp turli fazonaliq
Otagʻa (onlar) bas qildilar yorliq,
Urush kun(larin)da barchasi borliq.

Andin soʻng barcha navkarlarining otqan va chopqan va qilgʻan xizmatlarigʻa loyiq shaharlar va sarhadlar va kendlar va in’omlar berdi taqi oʻgʻlonlarigʻa aytdi: siz uch ulugʻingiz oltun yoyni topib kelturdingiz taqi ani boʻzub ulashtingiz, sizlarning otingiz Buzuq boʻlsun, sizlardin boʻlgan oʻgʻlonlarni ham to qiyomatgʻacha Buzuq tesunlar. Uch oʻq kelturgan uch kichik oʻgʻlini va andin boʻlganlarni bu kundin to dunyo oxir boʻlgʻuncha uch oʻq tesunlar yoy va oʻqni ki topib kelturdingizlar ul kishidin boʻlmadi va Tangridin boʻldi: bizdin burun oʻtgan xalqlar yoyni podshoh oʻrninda bilib tururlar, oʻqni elchi yerinda, aning uchun kim yoy oʻqni qaysi tarafgʻa tortib yibarsa, oʻq anqa borur. Emdi men oʻlgandin soʻng Kunxon mening taxtimda oʻltursun, andin soʻng Buzuq naslindin har kim qobil boʻlsa, xalq ani podshoh (29-bet) qilsunlar, dunyo oxir boʻlgʻuncha Buzuqning bir yaxshisi podshoh boʻlsin, oʻzgalari oʻngda oʻltursunlar, uch oʻqlar soʻl boʻlsunlar, zvning soʻl tarafinda oʻltursunlar va dunyo oxir boʻlgʻuncha navkarligiga rozi boʻlsunlar, teb aytdi va yuz taqi oʻn olti yil podshohlik qilib, haq rahmatigʻa bordi.

Oʻgʻuzxonning Ulugʻ Oʻgʻli Kunxonning Podshohliqining Zikri
Oʻgʻuzxonning uygʻur teb ot qoʻygʻani jamoatning ulugʻi va oqsoqolining oʻgʻli bor erdi. Arqil xoʻja otliq, Oʻgʻuzxon otass taxtinda oʻlturub to oʻlguncha vazir vakili ul erdi, oqil va donishli va koʻp biligli kishi erdi va Kunxon taqi ani vazir qilib, to oʻzi oʻlguncha aning soʻzina amal qilur erdi, Arqil xoʻja uzoq umr topdi, kunlarda bir kun xon yolgʻuz oʻlturgʻanda aytdi: otang yuzda oʻn olti yil yozning issigʻinda soyada oʻlturmay va qishning sovuqinda evda oʻlturmay qilich urub koʻp yurtlarni ochib siz oltingizgʻa qoʻyub ketdi, agar siz oltingizning va sizlardin boʻlgʻanlar barchangizning ogʻzingiz bir boʻlsa, uzoq yillar va koʻp kunlar bu yurtlar qoʻlingizdan chiqmas, agar ogʻzilaringiz bir boʻlmasa, oʻlja yurtingizda ketar va boyiri yurtingizda ketar va molingiz, joningizda ketar tedi. Kunxon aytdi: otamgʻa kengash beraturgʻan erdingʻiz, otam oʻrnigʻa emdi tamsiz, siz ne ishni oʻxshatsangiz, men ani qilayin, tedi ersa, Arqil xoʻja aytdi: Oʻgʻuzxondin oʻn yurtlar va shaharlar va ellar va oʻluk mollar va tirik mollar qolib turur, siz olti oʻgʻulning har biringizdin (30-bet) toʻrt oʻgʻul boʻlub, barchasi yigirma toʻrt podshohzoda boʻlub, siz oltingizdin boshqa va men andin qoʻrqa tururmen, dunyoliq uchun ogʻizlaringiz ola boʻlur teb, Kunxon Arqil xoʻjaning soʻzini qabul qilib, ulugʻ qurultoy qildi, yaxshi va yomon xalqning barchasi kelgandin soʻng ul Oʻgʻuzxondin qolgan viloyatlar va ellar va oʻluk mollarning va tirik mollariiig barchasini bu aytilgan oʻttuz podshohzodalarning ulugʻina ulugʻcha va kichkina kichikcha berdi, bu yigirma toʻrt oʻgʻul odmi xotunlardin boʻlgan erdi, munlardin oʻzga qumalardin boʻlgʻan ham oʻgʻlonlar koʻp erdi, anlarning ham ahvollarigʻa loyiq nimarsalar berdilar, andin soʻng Oʻgʻuzxon qildurgʻan oltun evni tikturdi, oʻng yoqda olti oq oʻrga va soʻl yoqda olti oq oʻrga tikturdi va taqi oʻng yoqda boshina oltun taquq berkitgan qirq quloch ogʻachni tikturdi va soʻl yoqda boshina kumush taquq berkitgan qirq quloch ogʻachni tikturdi va taqi xon yorliqi birlan buzuq oʻgʻlonlari, navkarlari birlan oltun taquqni uch oʻq oʻgʻlonlari navkarlari birlan kumish taquqni ot birlan chopin otdilar, taquqlarni urgʻon kishilargʻa koʻp in’omlar berdi. Kunxon otasining qilgʻanigʻa amal qilib, toʻqquz yuz yilqi va toʻqquz ming qoʻy oʻlturtdi va toʻqquz bulgʻar hovuzgʻa araq toʻlturtdi va toʻxson bulgʻar hovuzgʻa qimiz soldurtdi, qirq kecha va kunduz aysh-ishrat qildilar.

Oʻgʻuzxonning Oʻgʻlonlari Va Nabiralarining Otlarining Zikri


Emdi anlar ichib yey tursunlar, biz Oʻgʻuzxonning etakindin yoyilgʻan oʻgʻlonlarning otlarini aytaling: avval ham aytib erduk, andaq ham boʻlsa, oʻgʻlonlarin va nabiralarin va barchalarin bir yerda aytmaqni munosib koʻrduk. Oʻgʻuzxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Kunxon va andin kichikining oti Oyxon va andin kichikining oti Yulduzxon va andin kichikining oti Koʻkxon va andin kichikining oti Togʻxon va andin kichikining oti Tengizxon, bu oltisining har qaysisining admi xotunlaridin boʻlgʻan toʻrt oʻgʻli bor erdi. Kunxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Qayi va ikkinchi Bayot va uchunchi Alqa evli va toʻrtunchi Qora evli. Oyxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Yozir va ikkinchi Yosir va uchunchi Dudargʻa va toʻrtunchi Dukar. Yulduzxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Avshar va ikkinchi Qiziq va uchunchi Bekdili va toʻrtunchi Qarqin. Koʻkxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Bayondur va ikkinchi Bajna va uchunchi Chavildur va toʻrtunchi Chepni. Togʻxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Salur va ikkinchi Aymir va uchunchi Ola yoʻntli va toʻrtunchi Uragir. Tengizxonning ulugʻ oʻgʻlining oti Igdir va ikkinchi Bukduz (Bekidez), (Bekduz) va uchunchi Ava (Iva) va toʻrtunchi Qiniq, Oʻgʻuzxonning bu olti oʻgʻlining qumadin boʻlgʻan oʻgʻlonlarining otlarini aytaling, ammo qaysi oʻgʻlindin boʻlgani ma’lum ermas: Kena-kuna turbatli, Kerayli, Sultonli, Oʻqli, Koʻkli, Suchli, Xurosonli, Yurtchi, Jomchi, Turmachi, Koʻmi (Koʻmchi), Surqi. (32-bet). Bu vaqtda ani Surxi deyturlar, Qurchik, Suvarchik, Qazgʻurt, Qirgʻiz, Takan (Taka), Lola, Murdashoʻy, Sayir. Emdi bir necha ellar kim Oʻgʻuzxon onlargʻa ot qoʻyub ayduq. Oʻgʻuzxon naslindin ermaslar, andaq ham boʻlsa, shul toʻyda bor erdi, ul sababdin otlarini nomada bitiy tururlar, otlari bular turur kim Qaniqli va Qipchaq va Qarliq va Qoloch.

Kunxonning Inilari Va Oʻgʻlonlarigʻa Oʻrun Berganining Zikri


Emdi oʻn ikki oʻrgada oʻlturub ulush olgʻan kim va ul ulushni toʻgʻragʻon kim, tashqarida otlarin tutub oʻlturgʻan kim, onlarni bayon qilaling. Oltun oʻrganing toʻrinda Kunxon oʻlturdi, barcha el yaxshilari ittifoq qilib, qoʻyning boshin va orqasin, quyruqli uchasin va bagʻrin uchaning ustinda qoʻyub, Kunxonning oldinda qoʻydilar ham kim xon boʻlsa, ulushlari bu boʻlsun tedilar, oʻrganing ichki eshikinda Arqil xoʻja oʻlturdi, toʻshni aning oldinda qoʻydilar taqi ham kim vazir boʻlsa, aning ulushi bu boʻlsun tedilar, sogʻ qoʻlda (oʻlgi) avval oʻrgada Kunxonning ulugʻ oʻgʻli Qayinni oʻlturtdilar sogʻ oshiqli ilikni ulush berdilar. Bayot ani toʻgʻradi, Surqi otlarin tutdi. Bu vaqtda ani Surxi dey tururlar. Ikkinchi oʻrgada Alqa evlini oʻlturtdilar, sogʻ qora yiliki ulush berdilar, Qora evli ani toʻgʻradi, Lola otlarin (33-bet) tutdi, uchunchi oʻrgada Oyxonning ulugʻ oʻgʻli Yozirni oʻlturtdilar, sogʻ yonboshni ulush berdilar, Yosir ani toʻgʻradi, Qoʻmi otlarini tutdi. Toʻrtunchi oʻrgada Dudurgʻani oʻlturtdilar, sogʻ oʻmchani ulush berdilar, Dukir ani toʻgʻradi, Murdashoʻy otlarin tutdi. Beshinchi oʻrgada Yulduzxonning ulugʻ oʻgʻli Avsharni oʻlturtdilar sogʻ uyluqni ulush berdilar, Qiziq ani toʻgʻradi, Turumchi otlarin tutdi Oltinchi oʻrgada Bekdilini oʻlturtdilar sogʻ yogʻrinni ulush berdilar, Qarqin ani toʻgʻradi, Qorchiq otlarin tutdi, soʻl yondagʻi avvalgi oʻrgada Koʻkxonning ulugʻ oʻgʻli Bayondurni oʻlturtdilar, soʻl uyluqni ulush berdilar. Bajna ani toʻgʻradi. Qazgʻurt otlarnn tutdi, Ikkinchi oʻrgada Chovuldurni oʻlturtdilar, soʻl yonboshni ulush berdilar. Jabni (Chebni) ani toʻgʻradi, Qaniqli otlarin tutdi. Uchunchi oʻrgada Togʻxonning ulugʻ oʻgʻli Solurni oʻlturtdilar, soʻl ashiqli yillikni ulush berdilar, Aymir ani toʻgʻradi, Qoloch otlarni tutdi. Toʻrtunchi oʻrgada Ola yoʻntlini oʻlturtdilar, soʻl umchani ulush berdilar, Uragir ani toʻgʻradi, Tekan (taka) otlarni tutdi, beshinchi oʻrgada Tengizxonning ulugʻ oʻgʻli Igdurni oʻlturtdilar, soʻl qari yilikini ulush berdilar, Bukduz ani toʻgʻradi, Qorliq otlarin tutdi. Oltinchp oʻrgada Avani (Ivani) oʻlturtdilar, soʻl yogʻrinni ulush berdilar. Qiniq ani toʻgʻradi, Qipchaq otlarin tutdi.
(34-bet) Burungʻi oʻtgan baxshilari va umri ma’rakada oʻtgan yaxshilari andaq aytib tururlar kim Ugʻuzxonning olti oʻgʻlinin asl xotunlaridin tuqqan nabiralari, yigirma toʻrt kishi erdilar, Kunxon anlarning har ikkisini bir oʻrgada oʻlturtdi, oʻn ikki boʻlak boʻldilar, bu oʻn ikkisidin tugʻqanlargʻa yuzlik tedilar aning uchun kim har nimarsaning yuzi keyindin yaxshi boʻlur, elning va xalqning yuzlarigʻa tutqan yuzliklari turur temak boʻlur va taqi ul kim Oʻgʻuzxonning bir necha ot qoʻygʻan kishilari va qumadin tugʻqan nabiralari munlar ham yigirmi toʻrt kishilar bordilar, barchasining otlarini yuqorida bir-bir aytib tururmiz. Bularniig barchasi evning tashqarisinda oʻlturdilar, oʻn ikkisi ot tutub oʻlturtdi va oʻn ikkisi eshikda oʻlturdi, bu yigirma toʻrtidin tugʻqanlargʻa aymaq tedilar, asli umaq turur, rasm turur kim qora ulusning barchasi soʻzni butun ayta bilmas, yorti ayturlar. Ushbu chaqda ham bir kishi bir kishidin soʻrsa, elingning umaqi ne turur teb soʻrar, umaq moʻgʻul tili turur, bu vaqtda qalmaq ham umaq deb turur, umaqning ma’nisi (35-bet) urugʻ temak boʻlur. turkmanlarning oʻn ikki yuzlik va yigirma toʻrt umaq teganlarining ma’nisi bu turur.

Oʻgʻuzx0Nning Nabiralarining Otlarining Ma’nisi Va Tamgʻalari Va Qoʻshlarining Zikri


Turkmanning tarix bila turgan biligli qarilarning barilari Oʻgʻuzxonning oʻn ikki oʻrgada oʻlturgan yigirma toʻrt nabirasining otlarining ma’nilarini va tamgʻalarining nechun erkanin va qoʻshlari turgʻan qoʻshlarining otlarini, mundaq aytib tururlar kim Qayining ma’nisi maxkam temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi shunqar; Bayotning ma’nisi davlatli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi uki (ukki); Alqa zvlining ma’nisi muvofiq temak boʻlur. tamgʻasining suvrati bu turur: qushi Kuyka-nak; Qora evlining ma’nisi har qayda oʻltursa xirgoh birlan oʻlturguchi temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi koʻbak sari; Yozirning ma’nisi ellar oqasi temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi turumtoy; Yosirning ma’nisi oldigʻa har nimarsa uchrasa ani yiqar temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu iurur: qushi qargʻu; Dudurgʻaning ma’nisi yurt olmaqni va ani saqlamaqni bilgachi temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi qizil qarchigʻay; Dukarning ma’nisi toʻsarak (turk) temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qoʻshi koʻchgan (koʻchkin); Avsharning ma’nisi ishni yildam ishlaguchi (36-bet) temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi chora Lochin; Qiziqning ma’nisi boʻka temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi saricha; Bekdilining ma’nisi soʻz hurmatli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi bahri; Qarqinning ma’nisi oshli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi humoy; Salurning ma’nisi qulachli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi Lochin; Bajnaning ma’nisi qilgʻuchi temak boʻlur, tamgʻasiniig suvrati bu turur: qushi olatoʻgʻanaq; Chavuldurning ma’nisi nomusli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi bugʻdaynaq; chebni (jebni) ning ma’nisi bahodir temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu tururz qushi humoy; Salurning ma’nisi qulachli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi burgut; Aymirning ma’nisi boylarning boyi temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi anchari; Ola yoʻntlining ma’nisi ola otli temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: beshik teg, qushi yogʻalbay; Uragirning ma’nisi yaxshi ish qilgʻuchi temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi bayqu; Igdirning ma’nisi ulugʻ temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi qarchigʻay; Bukdurning ma’nisi xizmatkor temak boʻlur, tamgʻasining suvrati bu turur: qushi italgʻu; Avaning (Ivaning) ma’nisi martabasi baland temak boʻlur, tamgʻasining suvrati, bu turur: qushi tuygʻun; (37-bet) Qoʻniqning ma’nisi aziz temak boʻlur, tamgʻasiniig suvrati bu turur: qushi charaqarchigʻay.

Oʻgʻuz Elining Ahd Qilganlarining Zikri


Xon boshliq barcha xalq aytdilar kim bir tavar yo oʻn yo yuz va yo har ne chaqliq oʻltursangiz umchasini ushbu aytilgan teg ulashib olishsunlar taqi har qaysisi oʻzining oʻgʻlonlari birlan va navkarlari birlan yesunlar va taqi aytdilar kim bir kishi gunohkor boʻlsa, ul kishi podshoh oʻlturgʻan yerga yovuq boʻlsa va yo yiraq boʻlsa, ul gunoh qilgʻan kishi podshohning urugʻindin boʻlsa va yo oʻzga urugʻdin boʻlsa, xonning bir kishisi borib, ani yorgʻu qilsa, ancha xonning inisi va oʻgʻli va beklari hech nimarsa qoʻl yopmasunlar va meni teb, kelib turur teb, pushti panoh boʻlub, agar har kim orqa boʻlsalar, ul orqa boʻlgʻan kishini podshoh eshikina kelturub, orqasina qilich birlan chopib, ikki boʻlak qilmoq kerak, to koʻrgancha koʻz va eshitgancha quloq boʻlgʻay va taqi ul kim Oʻgʻuz naslindin va buzuq oʻgʻlonlaridin bir kishini podshoh qilgʻaylar, ikki kishini koʻtarmagaylar, aning uchun xon bir boʻlsa, el tuzalur va ikki boʻlsa el buzulur, burungʻi oʻtgan biliglilar aytib tururlar kim bir qinga ikki qilich sigʻmas va bir xotunni ikki er olib oʻltura bilmas va bir yurtgʻa ikki toʻra sigʻmas, bir ulugʻ kagʻazgʻa ahdnoma bitib Kunxon boshliq inilari va oʻgʻullari va beklari va elning qarilarining yaxshilari va yigitlarining yaxshilari barchalari xatda otlarin bitib ant (38-bet) ichtilar kim to tirikmiz; ushbu aytilgʻan soʻzlardin qaytmasbiz, agar byzdin boʻlgʻan oʻgʻlonlar halolzoda boʻlsalar to dunyo oxir boʻlgʻuncha bu ahdnomani oʻqub amal qilgʻaylar, agar haromzoda boʻlub, yurtni buzali tesalar amal qilmagaylar tedilar taqi otlarin bitib, muhrlarin bosib, ahdnomani Kunxonning xazinasinda qoʻydilar. Oʻgʻuzxon oʻlganda Kunxon yetmish yoshar erdi va taqi yetmish yil otasi yerinda oʻlturub dod va adl birlan xonliq qildi va taqi andin soʻng podshohliq qildi haq rahmatigʻa ketdi.

Kunxonnig Ulugʻ Oʻgʻli Qayining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Kunxon oʻlgandin soʻng barcha Oʻgʻuzxonning nabiralari va el yaxshilari yigʻilib Qayini xon koʻtardilar, ul taqi otasi teg elga adolat qilib yigirma uch yil podshohliq qildi, xaq rahmatiga ketdi.

Debbaquyning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Qayixonning oʻgʻlonlari koʻp erdi, bir oʻgʻlina ulugʻ otalarining otin qoʻyub erdi, ulugʻ, kichik barcha ittifoq birlan Debbaquyni xon koʻtardilar, kunlarda bir kun Debbaquyxon xalqdin soʻradikim bu vaqtda Oʻgʻuzxonni koʻrgan kishidin kishi bormu teb, aytdilar bir kishi qolib turur, salur elindin Ulash otli tedilar, xon kishi yibardi, Ulashni kelturub Oʻgʻuzxonning na ish qila turganin va doʻstlargʻa ne muruvvat qilib dushmanlargʻa ne javr madora qila turgʻanin bir-bir soʻrdi. Ulash ham bilganlarini aytdi, andin soʻng Ulashga koʻp in’omlar berib eviga yibordi (39-bet) va taqi Debbaquyxonning ulugʻ beklari Yozir elindin, alan va arlan, Dunkar elindin Chekas va Boshibek va Bigʻubek (Baygʻubek) va bayondur elindin Qabul xoʻja erdilar, Xon bir kun ov ovlab yuriy turgʻanda atdin yiqilib, yonbosh soʻngaki sindi taqi andin oʻldi. Koʻziyovi otli oʻgʻli bor erdi, ani podshoh koʻtardi, oʻttuz yil podshohliq qilib ul dunyogʻa ketdi, ammo ul Qoʻziyovi xon boʻlganda ani kengash beklari aymir elindin Koʻrunchak erdi, salur elindin Tabaq erdi va taqi salurdin Enkashning oʻgʻli oʻtkan va aning oʻgʻli Qulsari uch orqa vazir boʻldilar, yuz yigirma yil xonliq qildi va taqi oʻldi.

Oʻgʻuz Elining Yurtlari Va Anda Necha Yil Va Ne Ravish Birlan Oʻtirgʻanlari Va Turkman Teb Nechuk Ot Qoʻyulgʻanining Zikri


Oʻgʻuzxondin to Qoʻziyovi xongacha nechukki ayttuq, shundaq turur, emdi Inalxonni ayturmiz, Tangrim buyursa Inalxonning zamonindin to biz bu kitobni aytgʻan chaqgʻacha bir-bir ayturmiz turur, barchasi rost turur, hech gʻalati yoʻq turur ammo Qoʻziyovixon birlan Inalxonning orasinda necha yil oʻtganini jazm eta bilmaymiz, andaq ham boʻlsa oz aytali shoyad aytsak, yolgʻon boʻlgʻay, toʻrt ming yil bor turur andin (40-bet) bila tururmiz, kim Oʻgʻuzxon Qayumars zamoninda erdi, Inalyovixonning vazir vakili qayi xalqindin Qoʻrqut ota erdi, ul bizning paygʻambarimizning onalariiing inisi Abbos avlodining oʻgʻlonlari Bagʻdod shahrinda besh yuz yil podshohliq qildilar, Qoʻrqut anlarning zamoninda erdi, Qayumars birlan oʻgʻlonlarining orasi besh ming yil turur, Qoʻziyovixon Oʻgʻuzxonning beshlanchi oʻgʻli turur, bas oʻzingiz hisob qiling, Qoʻziyovixon birlan Qoʻrqut otaning -------------[1] xoni Inalxonning orasi necha yil boʻlur, emdi biz bu aytilgʻan toʻrt ming yilda bir-bir va ot-bot kimning boʻlgʻanin va kimning boʻlmagʻanin bilmay tururmiz, muncha-muncha bilmasak ham boshdin oyoqgʻacha suvratini bilatururmiz, ani aytaling, Oʻgʻuz elnning yurtlarining kun tugʻushi Issiq koʻl va Olmaliq va qiblasi Sayram va Qazgʻurt togʻi va Qorachiq togʻi va temur qazugʻi ulugʻ togʻ va kichik togʻki misning koni boʻlur va kun botishi Sir suvinint ayogʻi Yangikent va Qoraqurum, ushbu aytilgʻan yerlarning ichinda, oʻrnida toʻrt ming va besh ming yil oʻlturdilar taqi qaysi urugʻi koʻp boʻlsa, andin podshoh koʻtardilar, mundaq qayidin bir kishini podshoh koʻtarurlar erdi, qayi urugʻi va bayot urugʻi va taqi besh, olti oz urugʻlar angʻa qoʻshilurlar erdi va taqi salurdin bir kishini podshoh koʻtarurlar erdi, salur urugʻi va (41-bet) aymir urugʻi va taqi bir necha oz urugʻlar anga qoʻshilur erdi va taqi yozirdin bir kishini podshoh koʻtarurlar erdi, yozir urugʻi va taqi bir necha oz urugʻlar anga qoʻshulurlar erdi mundin qibo qiling, koʻp urugʻdin podshoh koʻtarib, oz urugʻlar anga qoʻshulib goh olti, yetti toʻp boʻlurlar erdi, goh uch, toʻrt toʻp boʻlurlar erdi va taqi biri biri birlan yogʻi boʻlub, chopushurlar erdi, asir qilurlar erdi, oʻzlarindin ortqan yesirlarni Mavorounnahr bozorganlarina sotarlar erdi, ul vaqtda Iroq va Xurosan va Mavorounnahrning podshohlari va spohiylari va ra’iyatlari, barchalari tot erdi, totdin oʻzga kishi yoʻq erdi, sulton Mahmud Gʻaznaviyning otasi Sebuk Tegin qayi xalqindin erdi, oʻzini turkmanlar asir qilib, savdogarga sotdilar av taqi bachna (bajna) urugʻi ham oʻzindan tura koʻtarib solur eli birlai yogʻi boʻlub chopishurlar erdi, besh olti orqagʻacha bu ikki elning orasinda dushmanlik bor erdi, bachna eli salur elina gʻolib kelur erdi, aning uchun salur eli bachna xalqini it bachna derlar, elining Toʻymaduq otli bir podshohi bor edi, ul qoʻshun birlan kelib, salur elini chapib, Salur Qazan alining onasi Chachaqlini oʻljalab ketdi. Uch yildan soʻng kadxudosi Anqash koʻp mol birlan yibarib Chachaqlini qayta oldi. Bu soʻzlardin arz ul kim chapqanlarni (42-bet) yurtlarinda oʻlturub, chapilgan elning yovdin qochgʻanlari Mavorounnahrga qochib, borurlar erdi va shundoq qilib, bora-bora turkmanning koʻpi viloyatga tushdi, ozi qoldi, ul vaqtda turkmandin nargʻi tarafinda oʻlturgan ellar koʻp erdi, aning qaysi birini aytayin, barcha ellardin turkmangʻa yaqinraq oʻlturgʻan xitoy va qaniqli va nayman erdilar, ul ellar turkmanning qolgʻanin chopa boshladilar. Issiqkoʻl va Olmaliq va Sayram va ulugʻ va kichik togʻlar bu yurtlarning barchasin tashlab, Sir suvining ayoqina kelib, podshohlarini Yangikentda oʻlturub oʻzlari Sirning ikki tarafin yoylab va qishlab oʻn orqalari oʻtguncha oʻlturdilar va Mavorounnahrga tushgan turkmanlarini tojiklar ul turk derlar erdi, besh, olti orqa oʻtgandin soʻng yerga, suvga tortdi taqi chekkalari qisiq va koʻzlari ulugʻ va yuzlari kichik va burunlari ulugʻ boʻla boshladi, turkman yurtigʻa kelib oʻlturgʻan ellardin asir va savdogarlar Mavoraunnahrga kela boshladilar. Anlarni koʻrdilar taqi tojiklar turk tedilar, burungʻi turklargʻa turkmonand teb ot qoʻydilar, aning ma’nisi turkka oʻxshash temak boʻlur qora xalq turkmonand teb ayta bilmadi taqi turkman tedilar.

Inalyovining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Qayi qora xoʻjaning oʻgʻli Koʻrqut ota salur Ankash xoʻja va Avashbanxoʻja boshlik barcha Oʻgʻuz eli yigʻilib, qayi xalqindin Inalyovini, podshoh koʻtardilar, vaziri Qoʻrqut ota erdi, Qoʻrqut ota har nimarsa tesa Inalyovi aning soʻzindin chiqmas erdi, Qoʻrqut otaning karomatlari koʻp (43-bet) erdi, ikki yuz toʻxson besh yil umr topdi, uch podshohga vazir boʻldi, Inalyovi yetti yil podshohliq qildi, ikki oʻgʻli bor erdi, ulugʻ oʻgʻlining oti Al (Ali), kichigining oti Duyli qayi, Inalyovixon oʻlar boʻlgʻanda Duyli qayni oʻrninda oʻlturtib ketdi. Doʻyli qayi ham Qoʻrqut otaning soʻzina amal qilur erdi va taqi Qoʻrqutdin boshqa ikki inaq begi bor erdi, biri bayondur elindin Bukduz otli va taqi bir igʻdirdin Dunka otli, Duyli qayi koʻp yillar podshohliq qildi, oʻgʻli yoʻq erdi, oshin oshab va yoshin yoshab umr qilib vafot topdi.

Duyli Qayining Inisi Erkining Podshoh Boʻlgʻani Va Oʻgʻli Tumanning Dunyoga Kelganining Zikri


Duyli qayining bir yaqin qarindoshi bor erdi. Erki otli, ul aza egasi boʻlub oʻlturdi, barcha Oʻgʻuz eli angʻa yigʻlab keldilar Qoʻrqut ota boshliq barcha beklar soʻrdilar xonning koʻchlarining hech boʻylarinda bormu teb, bir doya xotun kelib aytdi: xonning bir harami homila turur, umidimiz bor, tez boʻlgʻay teb aytdi, bir necha kundin soʻng xonning oʻluk oshini berib ulturub erdilar, xonning oʻgʻli boʻldi teb sevinchi (44-bet) tiladilar Erki boshliq barcha beklar sevinchi berdilar. Erki xalqgʻa sovun (soʻqum) soldi, har kim himmatiga loyiq savun kelturdilar, toʻrt yuz yilqi va toʻrt ming qoʻy oʻlturdilar, bulgʻaridin uch hovuz tikturdi, birisini araq birlan va birisini qimiz birlan va birisini qatiq birlan toʻlturtdi. Bir oy kecha-kunduz toʻyda barchasi yaxshi va yomon aysh va ishratgʻa mashgʻul boʻlub, qarilar yoshin unutdi va yorlilar (faqirlar) molsizliqin unutdi va boylar oʻlumin unutdilar. Oʻgʻuz eli Qoʻrqutgʻa aytdilar bu oʻgʻlongʻa bir yaxshi ot qoʻygʻil tedilar, Qoʻrqut ota muning oti Tumanxon boʻlsun tedi, xalq aytdilar: mundin yaxshiroq ot qoʻygʻil dedilar, Qoʻrqut ota aytdi: mundin yaxshi ot boʻlmas tedi, ul kuni Duyli qayixon oʻldi ersa, bizning yurtimizni tuman tutub qorangʻu boʻldi bu oʻgʻul tumanda tugʻdi, aning uchun Tuman ot qoʻyduq va ikkinchi koʻnglumdin yaxshi irim va niyat qilib, aning uchun Tuman ot qoʻyub toʻrurmen kim tuman uzoq turmas, tez keta turgʻan nimarsa boʻlur, tumanli kun oftob boʻlur, tumanning soʻnggi yorur boʻlmay boʻlmas, ozgʻina turgʻan tumanni bu oʻgʻlonning yoshliqina oʻxshatibmen, soʻngi oftobli, bu oʻgʻlonning yigit boʻlub otasi taxtinda oʻlturub davlatli va uzoq umrli boʻlgʻanina oʻxshatibmen tedi. Barcha xalq buni eshitib, Qoʻrqutgʻa ofarin deb xushhol boʻlub Tumangʻa koʻp duolar qildilar va taqi Qoʻrqut boshliq barcha xalq Erkigʻa aytdilar: bir oy toʻy qilding oshing tamom boʻlmadi va hovuzlargʻa salgʻan qimiz va ayroning (45-bet) gulning suvindin koʻp boʻldi, emdi bu kundin soʻng seni Gulerki xon tegali, Tuman oʻzungning oʻgʻling turur, ogʻang Duyli qayining oʻrninda oʻlturub xonliq qil va har qachon Tuman yigit boʻlsa, angʻa ne berurungni oʻzung yaxshi bilursen tedilar, taqi Gulerkini xon qildilar, xalq birlan yaxshi ma’osh qilib oʻlturdilar. Tuman yigit boʻldi.
Duyli qayixonning boyiri kishilari Tumangʻa soʻz berdilar, podshohliq otangdin sengʻa meros qolgan turur, barcha xalq ittifoq birlan Gulerkiga oriyat topshirub erdilar, bu shart birlan kim har qachon sen boligʻ boʻlsang, sangʻa topshurgʻay teb, Tuman bu soʻzni Gulerkiga bir kishidin aytturdi: Gulerki bu soʻzni eshitgandin soʻng xilvatda Qoʻrqutgʻa aytdi: taqi aning maslahati birlan elning yaxshilarini charlab, ulugʻ toʻy qildi. Qoʻrqutni evning toʻrinda oʻlturtub, Gulerkixon yukunub, qimizli ayoqni sundi, Qoʻrqut qimiz ichib, barcha xalq oshagandin soʻng Gulerki aytdi: ey, el va xalq barchangiz bilursizlar, podshohliq, Tumanning haqi erkanin, bu vaqtgʻacha Tuman yosh erdi, aniig uchun men ishni qila turur erdim, emdi Tuman ulugʻ yigit boʻldi, otasining taxtini topshira tururmen, tedi, barcha xalq Qoʻrqutgʻa aytdilar xonning va barcha Oʻgʻuz elining ixtiyori sening qoʻlungda turur, ne ishni munosib koʻrsang, ani qilgʻil, tedilar, Qoʻrqut bu soʻzni eshitgandin soʻng kishi yibarib, Tumanni kelturub, evning oʻrtasinda oʻlturtub, aytdi: otang oʻldi, sen yosh qolding, Gulerki ham otang turur va ham (4b-bet) aqang, seni dunyoga kelgandin to bu chaqgʻacha koʻp emgaklar birlan yaxshi asrab turur, toju taxt va el barcha yurt seninki turur sendin oʻtunumiz bu turur kim bir bir necha kun sabr qilgil, aqangning bir-bir keyindin nariliqi yovuq boʻlub turur tedi ersa, Tuman aytdi, barcha Oʻgʻuz elining yaxshisi otamning vaziri va mening bobom turursen, soʻzingizni qabul qildim, tedi, Gulerkining bir qizi bor erdi, bisyor koʻrkli ota-onasining barcha ishlarina erkli, Qoʻrqut Gulerki birlan Tumangʻa soʻzlashib, yetti kecha-kunduz toʻy qilib, podshohlargʻa loyiq asbob va -------[2] tuzuq birlan qizni Tumangʻa topshurdilar, ul vaqtda avshar elining xoni bor erdi. Oyna otli bu qizni oʻgʻligʻa aytturub erdi, Gulerki qabul qilib, bermak boʻlub erdi, Oynaxon qizni Tumangʻa berganin eshitgandin soʻng cherik tortib, Gulerkining ustiga yurdi, Gulerki ham ulugʻ cherik birlan qarshi borib, urushib Oynani bosti, Oynaning oʻgʻlini oʻlturdi va avsharning lashqarin qirdi, Oynani qavub yurtina bordi, yurtini olib, olti oy anda oʻlturdi, (47-bet) qochib oʻzga elga bordi, Gulerki ont ichib, Oynagʻa kishi yibarib, aytdi kim bu yomonliqni qilgʻan sen emas erding, oʻgʻlung erdi ersa jazosin topdi, emdi sening birlan qarindosh tururmiz, kel taqi yurtungga ega boʻl, men qaytaturmen tedi. Elchi borib bu soʻzlarning barchasini aytdi, Oyna inonib kelib Gulerkini koʻrdi, Gulerni taqi yurtini topshurub qaytib oʻz yurtigʻa tushdi.

Tumanning Oʻgʻli Boʻlgʻani Va Angʻa Yovli Ot Qoʻygʻanlari Va Yigit Yetishganidan Soʻng Qonli Yovli Ot Qoʻyganlarining Zikri


Tumanning Gulerki qizindin oʻgʻli boʻldi, otini Yovli qoʻydilar tugʻshili va alp boʻldi va yigit yetildi, bir kun suvning yoqasinda yigitlar birlan oʻynay turur erdi, bir yigit birlan urushdi, ani urayin teb nimarsa izladi, yaqinda bir toʻp qazgʻandin oʻzga nimarsa topmadi, aning uchindin tutub tubindin chiqarib ul yigitning, boʻynigʻa urdi ersa, boʻyni uzildi taqi oʻldi, Gulerki, xon, Tuman va Qoʻrqut barcha beklar oʻlturub erdilar Yovlining bu qilgʻan ishin aytdilar, ersa ulugʻ va kichik va yaxshi va yomon va koʻrgan va eshitgan tonglab xayron qoldi, Tuman aytdi: bu oʻgʻlonning otini bu vaqtgʻacha (48-bet) Yovli deyturur erduk, emdi Qonli Yovli temak kerak tedi ersa, andin soʻng angʻa barcha xalq Qonli Yovli tedilar. Kunlardan bir kun Gulerkixon oʻrgada oʻlturub erdi Tuman taqi anda hozir erdi, Qonli Yovli eshikdin kirib keldi va oʻrta yerda oʻlturdi taqi Gulerkiga boqib aytdi ey, bobo bu oʻlturgʻan taxting ulugʻ otam Duyli qayining turur bu vaqtgacha otam Tumanni yosh turur teb, bermading, emdi ne uchun bermay turursen tedi. Gulerkixon boshini qoʻyi solib koʻp oʻlturdi taqi bir fursatdin soʻng boshin koʻtarib aytdi: bu soʻzni men sendin burunraq aytur teb umid qilur erdim va xossa ulkun kim tikan birlan kishining boʻynin uzdung, rost aytatursen, xoʻb boʻlur, yaxshi boʻlur, emdi otanggʻa topshurmak kerak.

Tumanning Xon Boʻlgʻanin Zikri


Gulerki bu soʻzlarni nabirasidan eshitgandin soʻng Qoʻrqut boshliq barcha Oʻgʻuz elina kishi yibarib kelturub, ulugʻ toʻy qilib Tumanni xon koʻtarib taxtinda oʻlturtub, Gulerki ayoq ustunda turub, Tumanxongʻa aytdi: otang oʻlub, men bu taxtda oʻlturub, elni soʻrayturgʻali oʻttuz besh yil turur, sendin umidim ul turur kim men nechuk elning yaxshi va yomonni soʻrub, yoʻl birlan podshohliq qilib yurigan boʻlsam, sen ham oʻshul yoʻl birlan yurigaysan tedi. Tuman aytdi: yaxshi ayta turursiz, agar mening davlatim boʻlsa, sizning bu nasihatlaringizni qabul qilgʻayman, tedi, yurt soʻzlari tamom boʻlgʻandin soʻng Gulerkixon Qonli Yovlining yuziga boqib aytdi: ey qizim oʻgʻli qizidin boʻlgʻanning doʻstliqi boʻlmas teb eshitib erdim, burunqi oʻtganlarning soʻzlarini yolgʻon qilmading tedi. Tumanxon toʻrt oy xonliq qilgʻandin soʻng Qoʻrqut boshliq barcha xalq Tumangʻa aytdilar Tangrigʻa shukr qilgʻil, Qonli Yovliday yaxshi oʻgʻlung bor, munosib ul turur kim podshohliqni angʻa berib oʻzung ayshu ishratgʻa mashgʻul boʻlgʻaysan, tedilar ersa, Tumanxon qabul qildi, taqi podshohliqni oʻgʻligʻa berib, tinch koʻngul Tangrining bandaligin qilib oʻlturdi.

Qonli Yovlining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Ul ajoyib bahodir va mergan va alp erdi, toʻrt tarafinda yurtlarning barchasin yovlab olib oʻziga baqturdi, aning zamoninda boʻri qoʻygʻa va bars kiyikka va burgut quyongʻa va qarchigʻay kaklikka zoʻr qila bilmadi, ellarni tuzub va yogʻilarni buzub va oʻz zamonindaqi podshohlardin oʻzub, toʻxsan yil podshohliq qilib vafot topdi.

Muryovining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Qonli Yovlining ikki oʻgʻli bor erdi, ulugʻining oti Muryovi va kichikning oti Qora Alp Arslon, oʻlar boʻlgʻanida yurtini ikki boʻldi, Turkiston va Yangikentni Muryovigʻa berdi, Tolash birlan Sayramni Qora Alp Arslongʻa berdi, bir necha yil oʻtgandin soʻng Qora Alp Arslon aqasi Muryovi birlan yogʻi boʻldi, el yaxshilari orada yurub koʻp nasihatlar qilib, yarashturali tedilar, Qora Alp Arslon rozi boʻlmadi, axir ikkisi lashkar tortib, Sayram ustinda urushdilar. Muryovi gʻolib keldi, Qora Alp Arslon urushda oʻldi, barcha ellarini chopib, bir yil anda (50-bet) turub, qaytib eviga tushdi. Qora Alp Arslonning bir kichik oʻgʻli bor erdi, ani va koʻchlarini Muryovi olib keldi va mundin bir necha yillar oʻtdi, bir kun Muryovi oʻlturub erdi. Qora Alp Arslonning oʻgʻli keldi, aning yuziga boqib yuziga aytdi: agar otang nodonliq qilib, mening birlan yogʻi boʻlmasa erdi, mundaq yetim boʻlub sargʻarib yurmas erding, darigʻo na qilayin teb koʻp yigʻladi taqi aytdi: sening oting Alp Tugʻach boʻlsun tedi, otasindin qolgʻan yaxshi kishilarni kelturub Alp Tugʻachni anqa topshurub, otasining yurtini berib koʻchurub yibardi, xalqgʻa hukm qildi: Qora Alp Arslonning elindin oʻlja qilib kelturgan kishilarin qaytara yibarsun teb, Alp Tugʻach borib otasining yurtinda oʻlturdi, toʻrt yoqqa ketganning barchasi angʻa yigʻildi, Muryovixon yetmish besh yil podshohlik qilib, ul dunyogʻa ketdi.

Muryovi Oʻgʻli Qoraning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Muryovining xotunlaridin oʻgʻli yoʻq erdi, Oʻrnaxon teginning elin chopib olgʻanda bir zaifani oʻlja qilib bir necha kun baqib yibardi, ul zaifa yurtigʻa bargʻandin soʻng Muryovixondin homila boʻlub tururmen tedi. bir necha oydin oʻgʻul tugʻurdi, otini Qora qoʻydilar, tagʻaylarining ichinda oʻsdi, yigit boʻlgʻandin soʻng qochib Muryovixon qatigʻa keldi, Muryovixon ham ani oʻgʻul qildi, Muryovi oʻlgandin soʻng barcha xalq yigʻilib, ani xon koʻtardilar, el birlan yaxshi maosh qilib, qirq yil xonliq qilib vafot topdi. (51-bet).

Bugʻraning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Qoraxonning Bugʻra otli oʻgʻli bor erdi, barcha xalq Qoraxon oʻlgandin soʻng Bugʻrani podshoh koʻtardilar, Bugʻraxon barcha oʻtgan otalaridin ortuq boʻldi, ulugʻ lashkar birlan kelib Buxoro va Samarqandni olib, oʻz qarindoshlari yurtinda yogʻi boʻlgʻan sababdin tura bilmay qaytib ketdi, andin soʻng kelib Xorazm mamlakatini olib koʻp yillar anda podshohliq qildi, bir karrat orqa tarafigʻa lashkar tortib bora turgʻandi bir kun xon aytdi: koʻnglimiz bugʻdoy unindin boʻlgʻan oshni tilay turur, ugra va oʻzga osh qilgʻali bavurchi va oshning asbobi topilmadi, xon un kelturtdi va xamir qildurdi va oʻzi qoʻli birlan yozib qozongʻa soldi, oʻlturgʻan navkarlari ham xonga yoruliq qildilar, pishirib ichdi taqi aytdi: bu oshning oti Bugʻra xoniy boʻlsun tedi. Bu kun xalq ichinda bugʻra teb pishira tururlar, ul osh turur. Xonning oʻgʻli bor erdi, ulugʻning oti El tegin va ikkinchisining oti Qoʻzi Tegin va uchunchisining oti Beg Tegin, Tegin ma’nisi, qadim turk tili birlan yaxshi suvratli temak boʻlur. Xon qari boʻlgʻanidin soʻng podshohliqni Qoʻzi Tegingʻa berdi taqi oʻzi tinch oʻlturdi. Bobir otli xotuni bor erdi, bisyor oqila va zohida va obida va soliha va kafiya erdi, oʻgʻlining onasi erdi, ul vafot topdi ersa, Bugʻroxon ulugʻ aza tutdi, bir yilkacha kishi birlan soʻzlashmadi va evdin chiqmadi. Bir kun Qoʻzi Tegin otasiga qachongʻacha aza tutub gʻamgin boʻlub (52-bet) oʻlturasiz, ovgʻa chiqing, shoyad koʻnglingiz ochilgʻay teb, otasini har bir kun bir tarafga ovgʻa va sayrga olib chiqdi bir necha kundin soʻng emdi xonning koʻnglina havo va havas paydo boʻldi, bulgʻay tegan vaqtda aytdi, beklar ayta tururlar xongʻa munosib ul turur kim kadxudo boʻlgʻaylar, xon aytdi: andaq xotun ne yerdin topilurki kelib onangning oʻrnin tutgʻay tedi, Qoʻzi Tegin onam teg boʻlmasa andin yigrak boʻlsun tedi, xon harchand kadxudo boʻlman tedi, ammo Qoʻzi Tegin ixtiyorina qoʻymadi.
Avshar elinda Egranj teganning koʻrkli yaxshi, yurtda ot koʻtargan koʻrkli qizi bor erdi, ani xongʻa olib berdi, ul badbaxt qizning koʻnglina bu ma’qul boʻldi kim Qoʻzi Teginning mangʻa mayli bor, aning uchun meni otasiga bahona birlan olib beraturur, to oʻzi mening birlan pinhoniy aysh qilgʻay, yoʻq ersa, qari kishiga mening teg sohibjamol qizni olib berur erdi teb, bir kun Qoʻzi Tegin otasin koʻrayin teb keldi ersa, xon uxlab yotib va xotun oʻlturub erdi, Qoʻzi Teginning qatira kelib yuvin va koʻzin silab siypab erdi, eri bilan oʻynagʻanda xotunlar netak qilurlar, shundaq qila boshladi. Qoʻzi Tegin koʻnglindin bu onam oʻrnigʻa boʻlub, mangʻa mehribonliq qila turgʻan turur (53-bet) tedi yana bir necha kundin soʻng xilvatga topib Koʻzi Teginga aytdi: hech mening holimdin xabaring bormu men sangʻa oshiq tururmen, kechalar uyqum va kunduzlar qarorim yoʻq, mening holimgʻa qaramas boʻlsang ne uchun meni qari kishiga olib berding, tedi. Qoʻzi Tegin aytdi: sen mening onam turursan, agar bu kundin soʻng bu qiligʻingni qoʻymasang seni pora-pora qilib har muchangni bir yerda qoʻyarman tedi, xotun voqiatni oʻzining qarintosh xotunlarigʻa aytib kengashti ersa, onlar aytdilar, Qoʻzi Tegin bu soʻzni xongʻa, xalqgʻa aytmasdin burun aytmaq kerak, yoʻq ersa oʻlumgʻa ketarsen teb barchasi ittifoq birlan bir xotunni yibardilar, ul xotun borib Qoʻzi Teginning evindin oʻtukni oʻgʻurlab kelib Bugʻraxonning eviga kelib taqi qaytib borib oʻtukni yerinda qoʻyub keldi, ul xon evda yoʻq erdi, ovgʻa borib erdi, tun yarimdin soʻng ozgʻina qor yogʻib erdi, sahar vaqtinda xotun qichqira boshladi, tong otqandin soʻng xalq eshitdilar kim oʻrgadin yigʻlagan xotinning ovozi chiqa turur, er va xotun barcha yigʻilib oʻrganing eshikina bordilar ersa, koʻrdilar kim xonim yuzin yirtib, barcha yerini qon qilib ayta turur kim bu kecha sahar vaqtinda uxlab yotib erdim, bir kishi kelib qoʻynimgʻa kirdi, koʻrdum ersa,
Qoʻzi Teginxon aytdi qichqirma, men tururmen, sangʻa oshiq boʻlub, otamga olib berdim, aning uchun kim kunduz otamning boʻlsang kecha meniki boʻlgʻaysan teb, yoʻq ersa, otam xotunni ne qilur erdi tedi, qichqira berdim (54-bet), onasigʻa mundaq ish ne yerda bor teb, mendin bu soʻzni eshitgandin soʻng qochib chiqib ketdi, yoninda yotqan xotunlar bu soʻzga guvohlik berdilar va taqi xonim aytdi: mundin yaxshiroq guvoh boʻlmas, yer qor turur izini koʻrung tedi, izni koʻrdilar, Qoʻzi Teginning evindin chiqib, oʻrgaga kelib taqi qaytib Qoʻzi Teginning evigʻa borib turur, Qoʻzi Tegin izning qatigʻa kelib ayogʻin qoʻydi, ikkisi bir teg boʻldi, Bugʻraxon ovdin keldi, angʻa ham aytdilar, xon boshliq barchasi beklar Qoʻzi Teginni chaqirib aytdilar, bu ne turur kim kecha sen qilibsen, Qoʻzi Tegin ul xotundin koʻrganin va eshitganin aytdi taqi tedi men uyalgʻanimdin ayta bilmadim, ikkinchi ul kim zaifani otamgʻa men olib berib erdim, xalq ichinda rasvo boʻlmasun tedim, ul mendin burun qarbandi (aytib turur) tedi, xalq ikki boʻlak boʻldilar, yarimi xotun soʻziga inondilar, yarimi Qoʻzi Tegiye soʻziga inondilar, axir barchalari ittifoq qilib, xonim yoninda yotqan xotunlarni xon oldigʻa kelturub soʻrdilar, aytmadilar, siyosat qilur boʻldilar ersa, avvaldin to oxirigacha qilgʻan kengashlarina avsharning xotunlarining aytgʻan soʻzlarini va oʻtukni oʻgʻurlagʻanini bir-bir aytdilar ersa, Bugʻraxon Qoʻzi Tegingʻa aytdi bu xotunni unamay erdim, shundaq bir fitna boʻlur teb, sen meni ixtiyorimgʻa qoʻymading. Emdi muni ne qiluringni sen yaxshi bilursen tedi ersa, Qoʻzi Tegin buyurdi besh emlak (qisraqli) baytalni kelturub ikki ayogʻin va ikki (55-bet) qoʻlin va boʻynin har qaysisin bir baytalning quyrugʻigʻa bogʻlab, baytallarning butlarina tizzaning uchi birlan sanchdilar, toʻlay-toʻlay xotunni besh pora qilib, har qaysisi bir andomni oʻz oʻgurina olib ketdi. Bugʻraxon koʻp yillar podshohliq qildi va toʻxsan yashab oʻldi.

Bugʻraxonning Oʻgʻli Qoʻzi Teginning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Qoʻzi Tegin otasi taxtinda oʻlturub, dushmanlarini yigʻlatib va doʻstlarini kuldurub, elga adolat qilib, faqir miskingʻa xayr va ehson qilib qiriq yil xon boʻlib yetmish besh yoshigʻa yetganda oʻgʻli Arslonni oʻrninda oʻlturtub vafot topdi.

Qoʻzi Tegin Oʻgʻli Arslonning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Arslon otasi taxtinda oʻlturub ulugʻ xon boʻldi, koʻp yillardin soʻng Soʻrajiq eli yogʻi boʻldi, Arslon borib Soʻrajiq elini chopib, qolgʻanini oʻzina baqindurub keldi. Anda bir yosh oʻgʻlonni oʻljalab kelturub otini Suvar qoʻyub, qoʻlinda oʻsturdi, ul aqlli va tugʻshali va mergan va chechan, hunarli, har maqomgʻa va har yoʻlgʻa yurumakni bilaturgʻan va xongʻa inaq boʻldi. Barcha eshik xalqi (yaqinlari) koʻra bilmaslikindin munung birlan yoman boʻldilar, Suvarning aybini xongʻa nechuk ayturlarini bila-bilmay yurub erdilar, bir kun ma’rakada xon Suvarning quloqina soʻz ayta turur erdi, saqoli xonning yuziga tegdi, Suvar ketgandin soʻng xon beklariga boqib aytdi Suvar esruni oʻpub boʻlub turur tedi, beklar aytdilar: biz muning qila turgʻan ishlarini xilvatda arz qilali teb, xilvat boʻlgʻanda aytdilar: falon vaqtda, falon molingizgʻa mundagʻ xiyonat qildi va falon siringizni xalqgʻa fosh (56-bet) qildi va yogʻidin olib kelib erdingiz asliga torta turur, biz aning qilgan yomonliqlarining qaysi birin aytali, barcha ishlarindin yomanraq bu kim sizning koʻchingiz birlan birikib yuriy turur tedilar, Arslonxon aytdi, Suvarni Yangikendga xizmatga yibardim, kelgandin soʻng sizlarga topishturayin, nechuk oʻltururingizni sizlar yaxshi bilursizlar, tedi taqi aytdi falon yerda kiyik koʻp ermish oʻzum borayin teb erdim, tuna kundin beri barcha yerim ogʻriy turur, sizlar xalqgʻa bosh boʻlub borib, oʻtav suqungiz faqir va miskin qish azuqi olsunlar, beklar xolqni olib, ovgʻa ketdilar, xon xotuni birlan kengashib xasta boʻldi. Bir necha kundin soʻng xarob boʻldi ersa, evda qalgan beklar ovgʻa ketgan beklarga va Suvargʻa kishi yibardilar, xonning holi yoman boʻldi, yetisha koʻrsunlar, teb, beklar ovdin kelur kuni xon oʻldi, keldilar ersa, koʻrdilar xon oʻlub turur, barcha beklar kengashtilar, taqi xonning oʻluk va tirik boʻlgʻan molining barchasini oldilar, ul vaqtda Suvar ham keldi,
Suvargʻa aytdilar: xonning oʻlukini qachon chiqarurini, ne yerda qoʻyarini va azaning barcha taklifini xonim birlan sen bilursen, sen qilgʻil, aning uchun tiriklikinda ham siz ikkingiz barcha ishni qilaturgʻan, oʻlganda ham sizlar qiling tedilar, taqi oʻlik ustina kelmadilar, tashlab ketdilar. Suvar xon ayoqining uchinda saqolini kesib, bir toshni olib boshigʻa va koʻksiga urub, barcha yerini pora-pora qilib aytib yigʻlay turur erdi, oʻlganingda boʻlmadii bir ayoq suv bera bilmadim va xizmatingga yaramadim, emdi seni bir yerda qoʻymaq uchun turubmen, andin soʻng sensiz bu dunyoda yurumak manga harom turur oʻzumni oʻzum (57-bet) oʻltururmen taqi sening ayoq uchingda yoturmen teb, yigʻlab oʻlturub erdi, xon yerindin qoʻpa keldi taqi Suvarni quchoqlab yuzindin oʻpdi taqi aytdi: sening va sendin gʻiybat qilaturgʻan beklarning haqiqatin bilmak uchun oʻzimni oʻluk qilib erdim tedi, xonning tirilganin eshatib, barcha xalq keldilar, xonning mollarin olib oʻlukka qaramay tashlab ketgan beklarni tutub, koʻzlarin koʻr qilib va qoʻllarin kesturdi. Arslonxon yetmish yil podshohliq qilib vafot topdi.

Bugʻraxonning Ulugʻ Oʻgʻli El Tegin Va Aning Oʻgʻli Usmonning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Arslonxonning oʻgʻli kichik erdi, ulugʻ ummining oʻgʻli bor erdi, Usmon otli ani xon qildilar, oʻn besh yil podshohliq qilib vafot topdi.

El Tegin Oʻgʻli Eslining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Usmonning bir inisi bor erdi, Esli, ani xon qildilar. Ul taqi uch yil xon boʻlub, otasi keyinindin ketdi.

Esli Oʻgʻli Shabanning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Eslining Shaban otli oʻgʻli bor erdi, ani xon qildilar, ul taqi otalari yurgan yoʻldin yurub, yaxshigʻa yaxshi va yomangʻa yoman boʻlub, yigirma yil otasi taxtinda oʻlturub ulugʻ otalarining koʻchining yerina tushub koʻchub ketdi.

Shaban Oʻgʻli Boʻranning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Shabanning oʻgʻli bor erdi, Boʻran otli, ani xon qildilar. Boʻran taqi el birlan yaxshi suluk qilib, Oʻgʻuz elining rasmlarin va qoidalarin bir taraf qilmay, oʻn sakkiz yil podshohliq qilib vafot topdi.

Alining Xon Boʻlgʻanining Zikri


Ul vaqtda Oʻgʻuz eli Sir suvining ikki tarafinda ayoqina yaqin oʻlturub erdilar, (58-bet) moʻgʻul kelib koʻp chopti, angʻa tob keltura bilmay koʻpraki koʻchub ketdi, Urganch bordilar, qolgʻanlari Ali teginni xon koʻtardilar va Alining bir yosh oʻgʻli bor erdi, Qilich Arslon otliq, angʻa Shoh Malik laqab qoʻyub Bukduz elindin Qoʻzichi bek tegan yuz yoshar kishi bor erdi, ul vaqtda Oʻgʻuz elining yurti Sir suvining ayoqi Urganch birlan Sir suvining orasi Amu daryosining ikki tarafinda Urganch birlan Marvning orasindaqi qumning ichi to Murgʻab suvining ayoqigʻacha Alixon oʻzi Yangikentda oʻlturub shoh Malikni Qoʻzichigʻa topshurub oʻgʻligʻa Qoʻzichining soʻzindin chiqma tedi, Qoʻzichigʻa aytdi: shoh Malikni Oʻgʻuz elining ichina olib bor, anda oʻssun, bu xalqgʻa va xalq munga oʻrgansun, elning bir chetinda men oʻlturub bir chetinda oʻgʻulum birlan sen boʻlgʻil teb uzatdi. Shoh Malik el ichiga keldi, xalq ani podshoh koʻtardilar, bir necha yillar oʻtgandin soʻng shoh Malik yigit yetishdi, ammo zolim boʻldi, kishining koʻrmakka yaxshi qizi va xotuni boʻlsa baqti, Qoʻzichi koʻp nasihatlar qildi qabul qilmadi, el shoh Malikka bedodgar teb ot qoʻydilar, bora-bora el yaxshilarning qizlari va xotunlarigʻa zoʻr qila boshladi ersa, Oʻgʻuz eli yigʻilib oʻlturur boʻldilar, taqi eshitib otasi qatigʻa qochti, Qoʻzichibek ham keyinindin ketdi taqi Alixon qatigʻa shoh Malikdin burun (59-bet) bordi taqi boʻlgʻan voqiatni bir-bir aytdi andin soʻng shoh Malik bordi, Alixon Shoh Malikni tutub qamchilatdilar taqi qoʻlini bogʻlab qoʻydi. Muni eshitib Qoʻzichi keldi taqi xonga muni bandlatib na qilay dey turursen tedi, xon aytdi, Oʻgʻuz elina yibarayin dey tururmen to ularning koʻngli mendin rozi boʻlsun. Qoʻzichi aytdi: agar shoh Malikni yibarsang oʻltururlar taqi magʻrur boʻlub sening birlan yogʻi boʻlurlar ham oʻgʻlungdin va ham elingdin ayrulursen tedi Alixon aytdi elning roʻshini sen koʻrub kelibsen, yaxshi bilursen, oʻzining oʻxsharini aytqil tedi, Qoʻzichi aytdi: maslaxat ul turur kim men ilgari borib elga sening tilingdin uzr aytayin, Alixon oʻgʻlini urdi va qoʻlini oyoqin bogʻlabsen, xalqqa yibardi, ne qilurin xalq yaxshi bilur teb men ilgari keldim, ani aytayin teb, ul mening soʻngumdin tez kelur tegayin, sen barcha lashkarlaringni oʻgʻlingga berib, mening keyinimdin yibargil, men anlarni soʻzga yupatib turganda shoh Malik borib yaxshilarini tutub oʻltursun to yomonlari hukmga boʻyun qoʻygʻay tedi, Alixon ham bu ishni oʻxshatib qilur boʻldi.

Oʻgʻuz Elining Alixonga Yogʻi Boʻlub Shoh Malikni Oʻlturub Ev Boshina Qoraxon Boʻlub Toʻrt Tarafga Ketganining Zikri


Emdi shoh Malik qochib ketgandin soʻng elning ne qilgʻanin aytali: ul vaqtda Urganch va Murgʻab va Tajanda oʻlturgʻan elning ulugʻ begi qayi elindin Qirqoʻt tegan erdi. El ichinda bir jinli bor erdi. Miron Kohin derlar erdi, Qirqutbek ani chaqirib aytdi: Shoh Malik birlan Qoʻzichibek bizdin ogʻrib Alixon qatigʻa qochib ketti, el birlan xonning ishi nechuk boʻlur erkan tedi, Miron Kohin bir soat soʻzlamay oʻlturdi taqi aytdi: tez Oʻgʻuz elining ichinda urush boʻlib, qizil qon qora suvteg oqa turur. Alixon tez oʻla turur, aning oʻrnigʻa bir kishi podshoh boʻla turur, tedi, bu soʻz tamom boʻldi. Emdi oʻzga soʻzni aytaling. Bir kishi bor erdi, Tugʻurmish otli, otasining oti Kerancha xoʻja qayi elindin, ev yasay turgʻan yorli kishi erdi, bu voqiatdin koʻp yillar burun Tugʻurmish bir kecha yotib erdi, tush koʻrar kim koʻksindin uch daraxt koʻkarib baland chiqdi taqi butaqlandi va yoproqlandi, erta turub borib bu tushni Miron Kohingʻa aytdi, bu koʻrgan tushingni hech kishigʻa aytmagʻil, yaxshi tush turur, bu tedi, Tugʻurmishning uch oʻgʻli bor erdi, har oʻgʻlining boshindin Xudoy yoʻlina bir qoʻy oʻlturub, pishirib xalqgʻa berdi, ulugʻ oʻgʻlining oti Tutat, oʻrtanchasining oti Toʻgʻrul va kichigining oti Arslon Qirqoʻt bekka qarintosh erdi, uchusi taqi Mergan va boʻga erdi, Qirqoʻtbek Tugʻroʻlni oʻnbegi qilib, ani Toʻgʻrul oʻnbegi derlar erdi. Emdi shoh Malikni aytaling.
Qoʻzichibek Alixongʻa mening keyinimdin yuborgʻil teb, Yangikentdin ketib, Urganchda oʻlturgʻan elning ichiga keldi, ul vaqtda xalq Toʻgʻrulning ogʻzigʻa qaray turur erdilar, Toʻgʻrul Qoʻzichigʻa aytdi: soʻzning rostini aytgʻil, yoʻq ersa, qarigʻan chaqingda esing ketib, qin ostinda oʻlarsen tedi, qoʻrqqanindin rostini aytdi, Qoʻzichini band qildilar, barcha elgʻa kishi chopturdilar, oʻn olti ming kishi yigʻildi, Shoh Malikning kelaturgʻan yoʻlina borib, Qirqoʻtbek sakkiz ming kishi birlan yoʻlning bir yoninda turdi taqi uzoq qaravul (qiravul) soldi, bir kun qaravul kela turur teb keldilar, otlanib, yoʻlning ikki yonin olib turdilar, Shoh Malikning lashkari yigirma ming kishi erdi, yorini (yarmi) oʻta berganda ikki tarafdin ot soldilar, ulugʻ urush boʻldi, Toʻgʻrul gʻolib keldi. Shoh Malikni tutub oʻlturdilar va beklarini ham oʻlturdilar, Alixon bu xabarni eshitgʻandin soʻng tez oʻldi, Oʻgʻuz eli biri birlan oʻchli va qonli boʻldilar, ev boshina Qoraxon tegan boʻldi, biri birini chopti va biri birini oʻlturdi va taqi Qiliqbek (Qutluqbek) va Qozanbek va Qaramanbek bosh boʻlub, koʻp el Mangqishloq ketdilar anlarning ichinda har eldin bor erdi, ammo koʻpraki aymir va dukar va igdir va chavuldur va qarqin va salur va agʻar edi. Alichoqbekning oʻgʻlonlari bosh boʻlib, Hisor togʻina ketdilar va bir necha ellar: oʻqli eli va koʻkli eli va agʻar eli va sultonli eli Abulxon togʻina ketdilar, yozir eli Xurosongʻa borib, Doʻrun atrafinda koʻp yillar oʻlturdilar, ul sababdin Doʻrungʻa Yozir yurti derlar, yozir elining bir nechasi Doʻrun yoqinda togʻ ichinda dehqonchiliq (62-bet) qilib oʻlturub erdilar, bu vaqtda anlarni qoratoshli deytururlar va taqi salur elindin Dinglibek boshliq oʻn ming evli Xurosongʻa bordilar taqi koʻp yillar anda oʻlturdilar. Taqi andin koʻchub Iraq va fors bordilar taqi anda vatan tutub qoldilar, qiniq urugʻindin sulton Sanjar mozining otasi Sulton Malik shoh borib Iroq va forsni olib, Isfihonni poytaxt qilib oʻlturgʻan vaqtda salur eli Dinglibekning oʻzining va ul bargan jamoatning nasllarindin bir necha kishilar kelib sultongʻa navkar boʻlub, arz qildilarkim, biz Oʻgʻuz eli salur xalqindin tururmie. Ulugʻ otalarimiz Turkistondin kelgʻan tururlar teb, qarintoshliqlarini ma’lum qildilar, ul salurdin bir necha Iroqdin qaytib Mangqishloq keldilar, anlarning nechuk kelganlarini Tangrim buyursa aytqum erur. Burunqi oʻtgan xalq aytib tururlar, Oʻgʻuz eli koʻchub, chekib yurumaduk yoʻl bormu, evin tutub oʻlturmaduq, yurt bormu?

Tugʻurmish Oʻgʻli Tugʻrulning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Oʻgʻuz elining Shoh Malik buzuqliqindin ketmay Sir Suvining ayoqinda va Amu suvida (boʻyida) oʻlturub qolgʻanlari, Tugʻurmish oʻgʻli Toʻgʻrulni xon koʻtardilar, ul yigirma yil podshohliq qilib vafot topdi va andin soʻng Tugʻurmishning kichik oʻgʻli Arslonni xon qildilar ul taqi oʻn yil podshohliq qilib, ketganning keyinindin ketti ersa, aning oʻgʻli Asilzodani xon qildilar. Ul ham yigirma yil dunyoliq sharobina asrab, yurub, esriklikdin ayrildi ersa, koʻzin ochib koʻrdik ulugʻ otalarining qatinda yotib turur, aning bir oʻgʻli bor erdi, ul oʻgʻlongʻa ulugʻ otasining otin qoʻyub erdi, Arslon teb, Arslonni xon qildilar (63-bet). Ul taqi oʻn yil otasi yerinda oʻlturub vafot topdi. Andin soʻng ikki yosh oʻgʻlon qoldi, avvalqining oti Koʻkam Baquy, kichigining oti Sarang. Koʻkam Baquyni podshoh qildilar, koʻp kichik yerdi, yaxshi va yomonni bilmas erdi, ul zamonda Oʻgʻuz elining bir yogʻisi bor erdi, Qora shit otli, ul Arslonxonning oʻlganin va andin yosh oʻgʻlonlari qolgʻanin va onlar podshohliq qila bilmay Oʻgʻuz elining ogʻzi ola boʻlub turgʻanin eshitib otlandi taqi kelib Arslonxonning oʻrdasin va beklarning evlarin chopti Koʻkam Baquyni ot oldina olib qochtilar, ul vaqt Sarang beshikda erdi, ani yogʻi oʻlja qilib olib ketdi, andin soʻng koʻp yillar oʻtdi. Sarang yigit yetishgandin soʻng aqasi Koʻkam Baquygʻa kishi yibardi, men qocha bilmayman, aqam kelib meni olakursun teb, muni eshitib Koʻkam Baquy barcha Oʻgʻuz elining lashkarin olib borib, Qora shitni chopib, inisi Sarangni olib eson-omon evina keldi. Koʻkam Baquy yigirmi yil podshohliq qilib vafot topdi.

Arslon Oʻgʻli Sarangning Xon Boʻlgʻanining Zikri


Koʻkam Baquy oʻlgandin soʻng inisi Sarangni podshoh qildilar, ul taqi oʻn yil podshohliq qilib, otasi keyinindin ketti. Andin soʻng Oʻgʻuz elindin podshoh boʻlgʻan qiniq urugʻindin Saljuqboy boshliq koʻp el koʻchub Sir yoqasinda Xoʻjand shahrina keldilar, anda koʻp yillar oʻlturub, Nur viloyatiga bordilar, anda yuz yil oʻlturub koʻchub Urganch bordilar, Urganchda oʻltura bilmay koʻchub, Xuroson bordilar taqi Marvdin Abulxongacha oʻlturdilar, ul vaqtda Xuroson sulton Mahmud Gʻaznaviyning nabiralarining qoʻllarinda erdi. Ularning davlatlarining kosalari toʻlub toʻkdi deb turgʻan vaqt erdi, Saljuqiylar Marvi Shohi jahon (jon) shahrini olib Toʻgʻrulbekni (64-bet) podshoh qildilar. Alp Arslon va Sulton Malikshoh va Sanjar Moziy munlar shul jamoatdin turdilar, ul podshohlarning hikoyatlarini bizning aytmogʻimiz hojat ermas, bizdin burungʻi oʻtganlar ul podshohlarning nasablarin bayon qilmoq uchun chandon hitob aytib tururlar. Aning hisobini xudoy taolo yahshi bilur. Saljuqiylar turkman boʻlub, qarintoshmiz teb, elga va xalqgʻa foydasi tegmadi, podshoh boʻlgʻuncha turkmanning qiniq urugʻidanmiz tedilar taqi podshoh boʻlgandin soʻng Afrasiyobning bir oʻgʻli Kayxisravdin qochib, turkmanning qiniq urugʻining ichina borib, anda oʻsub qolib turur. Biz aning oʻgʻlonlari va Afrasiyobning naslindin boʻlurmiz, teb otalarini sanab oʻttuz besh orqada Afrasiyobga yetkurdilar. Oʻgʻuz eli Koʻkam Baquy birlan Sarangdin soʻng oʻz boshina podshoh koʻtarib oʻltura bilmadilar, Oʻgʻuz elining Mangqishloq va Abdulxonda oʻlturgʻanlari Urganchda har kim podshoh boʻlsa, angʻa tobi’ boʻldilar va Xurosonda oʻlturgʻanlari Xurosonda har kim podshoh boʻlsa, angʻa tobi’ boʻldilar va Mavorounnahrda va har yurtda oʻlturgʻanlara shundaq boʻldilar.

Salur, Oʻgurchiq Alpning Otalarining Va Inilarining Va Oʻgʻlonlarining Zikri


Shoh malik buzuqligʻinda Dinglibek boshliq Iroqgʻa borgan salur eli koʻp yillar anda oʻlturgʻandin soʻng ularning ichinda Oʻgurchiq otli bir tugʻshili yigit paydo boʻldi, turkmanlarning tarix bilaturgʻan kishilari Oʻgurchiq Alpni oʻn olti orqada Oʻgʻuzxongʻa yetkarib, mundaq sanab tururlar kim Oʻgurchiq Alp otasi Qoragʻozibek aning oti Qarach (65-bet) aning otasi Benamgʻozi aning otasi Boʻrichigʻozi, aning otasi Qilalgʻozi, aning otasi Inalgʻozi, aning otasi Sulaymongʻozi, aning otasi Haydargʻozi, aning otasi Oʻtkoʻzli Oʻrus, aning otasi Qozon Alp, aning otasi Enkash, aning otasi Endar, aning otasi Ota, aning otasi Temur, aning otasi Salur, aning otasi Togʻxon, aning otasi Oʻgʻuzxon. Bu soʻz mazax, gʻalat turur. Aning uchun kim Oʻgʻuz zamonindin to bu vaqtgʻacha besh ming yil oʻtub turur, Oʻgurchiq zamonindin to bu vaqtgʻacha besh yuz yil, olti yuz yil boʻlub turur. Oʻgʻuz birlan Oʻgurchiqning orasi toʻrt ming toʻrt yuz yil, oʻn olti orqa toʻrt yuz yilda harchand koʻp boʻlsa, toʻrt yuz ellik yilda oʻtar. Bas Oʻgurchiqning toʻrt ming yilda oʻtgan otalarining oti qani? Bu bitilgan oʻn olti kishi Oʻgʻuz oʻgʻlonlari erkani rost va Oʻgurchiqning otalari erkani ham rost, ammo qaysi kishi kim el ichinda mashhur boʻlsa, ani bitib turur va gʻayr mashhur kishilarni bitmay tururlar. Xudoy bilurkim bu bitilgan kishilarning har qaysisining orasinda oʻn besh yo yigirmi kishining oti bitilmay qolib turur. Aning uchun ayta tururmen kim Oʻgʻuz birlan Oʻgurchiqning orasinda toʻrt ming toʻrt yuz yil kechib turur, har ming yilda qirq orqa oʻtsa kerak kim ikki yuz orqa oʻtgay erdi, bas gʻalat tegan nechuk boʻlur. Bu falakning gardishini nimarsalarini unuturmagan tururkim bu aning qatinda sahl turur. Bu soʻzning gʻalatiliqi yana birvajhe, bu kim Salur Qazonni olti orqa oʻtub, yettilanchi orqada Oʻgʻuzxonga yetkurub tururlar. Emdi bu soʻzini oʻqugan va tinglagʻan kishilar yaxshi fikr qiling, Oʻgʻuzxon bizning paygʻambardin toʻrt ming yil ilgaru oʻtgan turur, Qozon Alp bizning paygʻambardin uch yuz yil soʻng erdi, qarigʻan chaqinda Makka (66-bet) borib, hoji boʻlub keldi. Bas Salur Qazan olti orqada Oʻgʻuzxongʻa nechuk yetar va taqi Salur Qozon qayi Qoʻrqut ota birlan bir zamonda erdi, Qoʻrqut otaning Salur Qazan Alpni maxtab aytgan tartimi (tarixi) bu turur:
Qazgʻurt togʻdin oʻngur toshni Salur Qazan oʻtrt borub,

Qarbab yugʻirlatdi, tutdi.


It Bachna koʻrub anu esi ketdi;
Alplar, beklar koʻran barmu Qazan kabi.
Bir qozonga qirq bir otning etin saldi:
Ul qozonni soʻl eliki birlan oldi.
Sogʻ eliki birlan elga ulashturdi.
Alplar, beklar koʻran bormu Qazan kabi.
Koʻk osmondin inib keldi, tinli yilan.
Har odamni yutar erdi koʻrgan zamon
Salur Qazan boshin kesdi bermay omon.
Alplar, beklar koʻran bormu Qazan kabi.
Oʻttuz, qirq ming lashkar birlan
Qazan It Bachna ellarini keldi qirib,
Borib bir nechasi qutuldilar koʻp yolborib,
Alplar beklar koʻran bormu Qazan kabi,
Turk va turkman, arab, ajam raiyatlar.
Qazan qildi musulmongʻa tarbiyatlar,
Kofirlarni qirdi oʻshal koʻp fursatlar,
Alplar beklar koʻran bormu Qazan kabi.
Andin hunar koʻtardilar barcha uli (ulugʻ),
Ba’zilargʻa oʻrun berdi sagʻli, soʻlli,
Bizga boʻldi qamugʻ eling oʻrni dingli,
Alplar, beklar koʻran bormu Qazan kabi.
Saboh sayoh Qoʻrqut oʻlar boʻldung emdi,
Ul Qazanning davlatina duo qilgʻil;

Bilgil, (67-bet) karvon ketdi koʻp kech qolding, Alplar, beklar koʻran bormu Qazan kabi yoʻlga kirgil emdi.


Oʻgurchiqning hikoyatin aytaling: ul zamonda Iroqning kuchli xalqi bayondur eli erdi, Oʻgurchiq Alp bayoyandur, begining hukmini tutmadi, Bayondurbek Oʻgurchiq birlan yoman boʻldi, Oʻgurchiqning Bayondur birlan urushgʻuteg quvvati yoʻq erdi, ming evlik eli birlan Iraqdin qochib shamayga keldi, toʻqquz yuz evlugi salur va yuz evlugi qarqin erdi, anda ham oʻlturgʻali Bayondurdin koʻrqub, Qrim keldi, andin koʻchub, Itil suvini kechib, Yoyiq suvina keldi, ul vaqtda Ola kenik va Qora qosh tegan yerda qanigʻli xalqi oʻlturub erdi, onlarning xonlarining oti Koʻktoʻnli tegan, aning qashigʻa kelib, bir necha yillar oʻlturdi. oqibat aning birlan ham yoman boʻlub, koʻchub qochti, Qoʻktoʻnli keyinindin yetib, yetti yuz evligin olib qoldi, uch yuz evlik birlan qochib, Mangqishloq borib, Qoraxon tegan yerda uch yil oʻlturdi. Koʻktoʻnli Oʻgurchiqning qayda ketganin bilmay turur erdilar, uch yildin soʻng, eshitib otlandi, aning otlangʻanin Oʻgurchiq eshitib, eli birlan qochib, qutulub Abulxon togʻigʻa bordi, ul vaqtda Oʻgurchiqning aytgʻan tartimi bu turur: dundum qochib qaniqli xondin Qibla soʻrdum, Qor yel oshib kelgan er oʻngindin doʻndum ... (68-bet)

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling