Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy
T/r
To‘lovchilar Soliq solinadigan bazaga nisbatan soliq stavkalari, foizda 1. Yuridik shaxslar (2 va 3-bandlarda nazarda tutilganlari bundan mustasno) 12 2. Tijorat banklari 20 3. Yuridik shaxslar: sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar; polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar; 20 95 “Бўйин товловчиларга” қарши кураш қандай кучайтирилади. 2018 йил 28. 06 //https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/buyin_tovlovchilarga_qarshi_kurash_qan day_kuchaytiriladi asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatishdan iborat bo‘lganlar Dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish; O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi; Barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etildi. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi: Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish; Yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash; Yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish belgilangan. O‘zbekiston Prezidentining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boshlab Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Bunda fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilindi. Budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilanadigan bo‘ldi. Mamlakatimizda soliq siyosati doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasida “Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik” 96 ,-deb ta’kidlagan. Professor T.S. Malikovning fikricha, jahon ilg‘or tajribasining ko‘rsatishicha, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatdlarini kamaytirish, soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanligi oshirishning muhim yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 96 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020йил 24 январь// Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 1.Tadbirkorlik sub’ektini (faoliyatini) ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish va oqilonalashtirish lozim bo‘ladi. Ana shu jarayonning o‘zida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lganlar uchun “teshikcha” mavjud. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish uning joylashgan joyiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shunga qaramay, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish “huquqiy manzil” deb ataluvchi manzilda amalga oshirilishi mumkin. O‘z navbatida, “huquqiy manzil” tovarga aylanib, ayrim tashkilotlar va tijoriy tuzilmalarga o‘z manzilini taqdim etgan xususiy fuqarolar uchun daromadga ega bo‘lish predmetiga aylanmoqda. Odatda, bunday tadbirkorlik sub’ektlari amalda ro‘yxatdan o‘tgan manzilida mavjud bo‘lmasdan, bu narsa soliq idoralari tomonidan ular faoliyatini nazorat qilinishini murakkablashtiradi. Ba’zi bir tadbirkorlik sub’ektlari uy manzillari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ham soliq to‘lovchilarni nazorat qilishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, boshqa shaharlik va viloyatlik tadbirkorlik sub’ektlarining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi holatlar ko‘plab uchrab turibdi. Juda ko‘p korxonalarni hech qanday kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar vujudga keltirib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishmoqda. Albatta, bunday holatlar bizning respublikamizda o‘rnatilgan tartib- qoidalarga zid emas. Biroq, bunday holatlar soliqlarni to‘lovchilarni nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining vujudga kelishiga sharoit yaratadi. Ta’kidlash lozimki, bunday davlat tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish tartibiga bozor iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakatda yo‘l qo‘yilmaydi. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda o‘rnatilgan tartibni bizning respublikamizda ham joriy etish bo‘ladi 97 . 2. Kredit muassasasida tadbirkorlik sub’ektlarining hisob-kitob schyotini ochish tartibi bilan bog‘liq muammolarni yechish maqsadga muvofiqdir. Gap shundaki, ayrim tadbirkorlik sub’ektlari turli banklarda bir necha hisob varaqa (schyot) larini ochadilar. Bu hol soliqdan bo‘yin tovlovchilar uchun imkoniyat ochadi. Shu boisdan, bu holatga cheklovlar o‘rnatish lozim bo‘ladi. 97 Qarang: Маликов Т.С., Жалилов П.Т. Бюджет-солиқ сиёсати.- Т.:Akademnashr, 2011. Б.248-250. 3.Soliqqa tortish faqat litsenzion yig‘imlarni olish yoki patent uchun to‘lovlarni amalga oshirish orqali sodir etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat turlari ro‘yxatini aniqlash soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishga imkon beradi. 4.Foydalidan olinadigan soliq va boshqa soliqlarning stavkalarini tabaqalashtirish, to‘g‘ri (bilvosita) va egri (bilvosita) soliqlar o‘rtasidagi nisbatni oqilonalashtirish soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirish hamda ularning yig‘iluvchanligini oshirishga xizmat qiladi 98 . Mamlakatimizda “yashirin” iqtisodiyotning vujudga kelish omillari tahlil etilib, unga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilmoqda. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, bu borada qiymati 200 million dollar bo‘lgan to‘g‘ridan- to‘g‘ri investitsiyalar hisobidan onlayn kassa loyihasi ham amalga oshirilmoqda. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling