Ushbu
gipoteza
O‘zbekistonda
ham
tasdiqlangan.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida o‘rtacha ish haqi rasmiy sektorga
nisbatan taxminan 15% past ekanligi aniqlandi. Xususan, ish haqi
miqdorida jiddiy farq Jizzax, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilmoqda.
Tahlil davomida bandlik darajasi va korxonalar hajmi o‘rtasidagi
bog‘liqlik aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya qanchalik katta
bo‘lsa, ular norasmiy ravishda kamroq yollashadi. Norasmiy yollash
asosan yangi firmalar yoki qisqa muddatli
faoliyat yuritmoqchi
bo‘lgan firmalarga xos ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlari
7.2.2-rasm. Korxona hajmi va norasmiy bandlik o‘rtasidagi
bog‘liqlik
Shu bilan birga,
norasmiy sektorning mavjudligi, umuman
olganda, sog‘lom raqobat uchun zararli ekanligini ta’kidlash kerak,
chunki ishchilarni norasmiy yollash
soliq yukini kamaytiradi va
mahsulot tannarxini kamaytiradi, bu esa soliq to‘laydigan
tadbirkorlarga nisbatan adolatsizdir. Bu hol 2019 yilda Jahon banki
18%
49%
92%
Do'stlaringiz bilan baham: