Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.5. Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon 
umumiy qonuniyatlari 
Xorijiy tadqiqotchilarning norasmiy iqtisodiyot to‘g‘risidagi 
zamonaviy ilmiy tasavvurlarini umumlashtirib, quyidagi xulosalarni 
shakllantirish mumkin. 
Norasmiy iqtisodiyot (umuman, yashirin iqtisodiyot kabi) u 
yoki bu darajada ijtimoiy tizimlarga xos global-tarixiy hodisa 
hisoblanadi. U “birinchi dunyo” da ham (rivojlangan “kapitalistik” 
mamlakatlarda), 
“ikkinchi 
dunyo” 
da 
(“kommunistik” 
mamlakatlarda) ham, “uchinchi dunyo” da (rivojlanayotgan 
mamlakatlarda) ham o‘z o‘rnini topdi va topadi. Bundan tashqari, 
norasmiy iqtisodiyot tarixi zamonaviy davr bilan cheklanmaydi: 
norasmiy iqtisodiy tuzilmalar toindustrial jamiyatlarida (hech 
bo‘lmaganda G‘arbiy Yevropa o‘rta asrlari sexdan tashqari 
hunarmandchiligi to‘g‘risida eslaymiz) va postindustrial jamiyatda 
ular amal qilishi mumkin. 
Norasmiy iqtisodiyot ko‘p funksionaldir. Bir tomondan, u 
ishlab chiqarish munosabatlari rudimentar shakllarini (masalan, 
oilaviy norasmiy “mikrofirmalar” ko‘p jihatdan shaxsiy bog‘liqlik 
arxaik munosabatlariga asoslangan) muzlatib qo‘ygan, shahar va 
qishloq chegaralarining omon qolishini ta’minlagan holda yashovchi 
muassasalarning o‘ziga xos “payvandlashuvi” rolini o‘ynaydi. 
Boshqa tomondan, norasmiy iqtisodiyotni mazkur davrda hukmron 
institutlar “dublikati” sifatida ham o‘rganish mumkin: norasmiylar 
rasmiy iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan iste’mol qilinadigan oddiy 
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradilar, norasmiy iqtisodiyot uchun 
buyurtmalar ko‘pincha “rasmiy” biznesdan kelib chiqadi. Va nihoyat, 
norasmiy iqtisodiyot yangi muassasalar “poligon”idir. Kichik va 
mayda tadbirkorlik birliklarining majmui, osonlik bilan o‘zgarib 
borayotgan assortiment, texnologiya, tashqi va ichki xo‘jalik aloqalari 
hisoblangan norasmiy iqtisodiyot yuqori egiluvchanlik va 


yashovchanlikni namoyon etadi. E. de Soto konsepsiyasiga muvofiq, 
XVIII asrdagi zamonaviy kapitalistik sanoatga tamal toshi qo‘ygan 
sanoat inqilobining o‘zini sex tizimini mahkam muzlatish hamda 
savdo va boshqa monopoliyalarni mutloq ustun qo‘yishga uringan 
“norasmiy” kapitalistlarning merkantilistik davlat tartibga solishi 
bilan kurash natijasi sifatida o‘rganish mumkin. Aynan norasmiy 
ishlab chiqaruvchilarning “tinch inqilobi” zamonaviy “uchinchi 
dunyo” mamlakatlarida raqobatli bozor muhitini yaratadi. Va nihoyat, 
Rossiya va sobiq “sotsialistik lagerning” boshqa mamlakatlaridagi 
tadbirkorlik aynan ilgari taqiqlangan yashirin biznes an’analari 
negizida rivojlanmoqda. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling