Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Сото Э. де. Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. С. 49. 


7.4.1-jadval. 
Erkinlik va demokratiya institutining Limada dastlabki 
legalizatsiya xarajatlarini o‘lchash uchun o‘tkazgan 
eksperimentlari
154
 
Legalizatsiya ob’ektlari 
Dastlabki legalizatsiya xarajatlari 
Vaqt sarflari 
Pul sarflari 
Tikuv ustaxonasi
289 kun 
32 eng kam oylik ish 
xaqi 
Savdo kioskasi 
43 kun 
15 eng kam oylik ish 
xaqi 
Uy-joy qurish uchun yer 
uchastkasi 
7 yilga yaqin 
56 eng kam oylik ish 
xaqi 
Uy-joy qurish uchun yer uchastkasini rasmiylashtirishga 7 yilga 
yaqin vaqt va 56 eng kam oylik ish xaqi miqdorida pul mablag‘lari 
sarflangan. “Bizning tadqiqotlarimiz, -degan edi E.de Soto- 
peruliklarning qonundan tashqari faoliyat yuritishga tayyorligi 
qonunga bo‘ysunish bahosini ratsional baholashlari natijasi ekanligi 
ko‘rsatdi”
155
. Demak, xufyona iqtisodiy faoliyat faolligining asosiy 
sababi huquqiy rejimning noratsionalligi bo‘lib, bu holda 
kompaniyalarning taraqqiy etishi uning yaxshi ishlashiga kamroq 
bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda qonun tomonidan yuklanadigan 
xarajatlarga 
bog‘liqdir.Tadbirkor 
ushbu 
xarajatlar 
bilan 
manipulyatsiya qilgan yoki amaldorlar bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga 
qo‘ygan taqdirdagina faqat ishlab chiqarishni yaxshi yo‘lga qo‘ygan 
tadbirkorga nisbatan muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Yomon 
qonunlar natijasida Peruda norasmiy faoliyat bilan iqtisodiy faol 
aholining 48% mashg‘ul bo‘lib, uning hissasiga 61,2% ish vaqti va 
YaIMning 38,9% to‘g‘ri kelgan
156
.
E.de Sotoning yana bir nazariy yangiligi – ichki iqtisodiy 
“yashirin” mexanizm, uning o‘zini o‘zi tashkillashtirishni tadqiq 
etishdir. Ilgari xufyonachilar faoliyati to‘g‘risida ularning hayotida 
yashash uchun kurashning kuchlilar qonuni hukm suradi, degan 
154
Qarang: Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая 
экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. –С.171. 
155
O ‘ s h a y e r d a , 178-bet. 
156
O‘sha yerda, 49-bet. 


tasavvur hukmron edi. E.de Soto esa yashirin biznesda xuddi rasmiy 
iqtisodiyotda bo‘lgani kabi “qonun kuchi” mavjudligini ko‘rsatib 
berdi. Uning tadqiqotlari norasmiy faoliyatning barcha sohalarida 
(uy-joy qurilishi, savdo, transport) barqaror tashkilotlar mavjud 
bo‘lib, ular yashirin faoliyat ishtirokchilarini bir-birlari bilan va 
davlat institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtiradilar. “Soya”da 
ham o‘zining kasaba ittifoqlari, sudlari, huquqiy normalari bilan 
parallel dunyoda yashaydiki, u ko‘p hollarda rasmiy dunyodagiga 
qaraganda samarali hisoblanadi. 
Biznesning yuqori transaksiya xarajatlari individual faoliyatni 
samarasiz qilib qo‘yadi, natijada yashirin faoliyat ishtirokchilarini 
nolegal tashkilotlarga birlashishga majbur qiladi. E.de Soto 
transaksiya xarajatlarining “rasmiylik-norasmiylik” me’yorlari 
asosida quyidagi yangi klassifikatsiyasini ishlab chiqdi: 
Birinchi guruh - “qonunga bo‘ysunish bahosi” bo‘lib, qonunga 
bo‘ysunuvchi xatti-harakatining xarajatlaridir. Bunda tadbirkor 
rasmiy biznesda iqtisodiy faoliyatning biron bir turi bilan 
shug‘ullanish huquqini olish uchun bir martalik “erishish 
xarajatlari”ni qilishi kerak: 
– ruxsatnoma olganidan keyin “qonun doirasida faoliyatini 
davom ettirish xarajatlarini qilishi; 
– soliq va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashi kerak; 
– ishlab 
chiqarish 
standartlarining 
byurokratik 
reglamentatsiyalarga bo‘ysunish xarajatlari; 
– nizolarni hal qilishda yoki qarzlarni undirishda samarasiz sud 
faoliyati natijasida yo‘qotishlarga uchrashi, zarar ko‘rishi xarajatlari. 
Peruda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik biznes sub’ektlari (kichik 
sanoat firmalari) qonunga bo‘ysunmagan taqdirda qonundoirasida 
faoliyat yuritayotganlarga nisbatan 4,5 barobar ko‘p miqdorda foyda 
olishlarini 
ko‘rsatdi. Bunda soliqlar qonunga bo‘ysunish 
xarajatlarining atiga 21,7% qoplar ekan. Biznesga bosim soliqlar 
emas, balki byurokratik protseduralar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga 
boshqarish xodimlarining 40% ish vaqti sarflanar ekan
157
.
Ikkinchi guruh transsaksiya xarajatlarigi “xufyonalik bahosi”ni 
ifodalaydigan quyidagi xarajatlar kiradi: 
157
Сото Э. де. С. 187 – 188. 


– “jazodan qutilib qolish” xarajatlari (sug‘urtaning alohida 
shakli sifatidagi poralar); 
– xufyona iqtisodiyotdagi kapitalga yuqori stavkalar; 
– texnika hajmkorligi (kapital hajmkorligi) yuqori bo‘lgan 
ishlab chiqarish sohalarida ishtirok eta olmaslik; 
– mulk huquqining nisbatan kuchsiz himoyalanganligi; 
– “shartnoma 
tizimidan 
foydalana 
olmaslik 
bahosi” 
(ishbilarmonlik majburiyatlarini buzishning xavfliligi) (qarang:7.4.2-
jadval). 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling