Abulqosimov h. P., Muminov n. G
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Наумов Ю.Г., Латов Ю.В.
Сото Э. де. Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. С. 49.
7.4.1-jadval. Erkinlik va demokratiya institutining Limada dastlabki legalizatsiya xarajatlarini o‘lchash uchun o‘tkazgan eksperimentlari 154 Legalizatsiya ob’ektlari Dastlabki legalizatsiya xarajatlari Vaqt sarflari Pul sarflari Tikuv ustaxonasi 289 kun 32 eng kam oylik ish xaqi Savdo kioskasi 43 kun 15 eng kam oylik ish xaqi Uy-joy qurish uchun yer uchastkasi 7 yilga yaqin 56 eng kam oylik ish xaqi Uy-joy qurish uchun yer uchastkasini rasmiylashtirishga 7 yilga yaqin vaqt va 56 eng kam oylik ish xaqi miqdorida pul mablag‘lari sarflangan. “Bizning tadqiqotlarimiz, -degan edi E.de Soto- peruliklarning qonundan tashqari faoliyat yuritishga tayyorligi qonunga bo‘ysunish bahosini ratsional baholashlari natijasi ekanligi ko‘rsatdi” 155 . Demak, xufyona iqtisodiy faoliyat faolligining asosiy sababi huquqiy rejimning noratsionalligi bo‘lib, bu holda kompaniyalarning taraqqiy etishi uning yaxshi ishlashiga kamroq bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda qonun tomonidan yuklanadigan xarajatlarga bog‘liqdir.Tadbirkor ushbu xarajatlar bilan manipulyatsiya qilgan yoki amaldorlar bilan aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan taqdirdagina faqat ishlab chiqarishni yaxshi yo‘lga qo‘ygan tadbirkorga nisbatan muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Yomon qonunlar natijasida Peruda norasmiy faoliyat bilan iqtisodiy faol aholining 48% mashg‘ul bo‘lib, uning hissasiga 61,2% ish vaqti va YaIMning 38,9% to‘g‘ri kelgan 156 . E.de Sotoning yana bir nazariy yangiligi – ichki iqtisodiy “yashirin” mexanizm, uning o‘zini o‘zi tashkillashtirishni tadqiq etishdir. Ilgari xufyonachilar faoliyati to‘g‘risida ularning hayotida yashash uchun kurashning kuchlilar qonuni hukm suradi, degan 154 Qarang: Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. –С.171. 155 O ‘ s h a y e r d a , 178-bet. 156 O‘sha yerda, 49-bet. tasavvur hukmron edi. E.de Soto esa yashirin biznesda xuddi rasmiy iqtisodiyotda bo‘lgani kabi “qonun kuchi” mavjudligini ko‘rsatib berdi. Uning tadqiqotlari norasmiy faoliyatning barcha sohalarida (uy-joy qurilishi, savdo, transport) barqaror tashkilotlar mavjud bo‘lib, ular yashirin faoliyat ishtirokchilarini bir-birlari bilan va davlat institutlari bilan aloqalarini muvofiqlashtiradilar. “Soya”da ham o‘zining kasaba ittifoqlari, sudlari, huquqiy normalari bilan parallel dunyoda yashaydiki, u ko‘p hollarda rasmiy dunyodagiga qaraganda samarali hisoblanadi. Biznesning yuqori transaksiya xarajatlari individual faoliyatni samarasiz qilib qo‘yadi, natijada yashirin faoliyat ishtirokchilarini nolegal tashkilotlarga birlashishga majbur qiladi. E.de Soto transaksiya xarajatlarining “rasmiylik-norasmiylik” me’yorlari asosida quyidagi yangi klassifikatsiyasini ishlab chiqdi: Birinchi guruh - “qonunga bo‘ysunish bahosi” bo‘lib, qonunga bo‘ysunuvchi xatti-harakatining xarajatlaridir. Bunda tadbirkor rasmiy biznesda iqtisodiy faoliyatning biron bir turi bilan shug‘ullanish huquqini olish uchun bir martalik “erishish xarajatlari”ni qilishi kerak: – ruxsatnoma olganidan keyin “qonun doirasida faoliyatini davom ettirish xarajatlarini qilishi; – soliq va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashi kerak; – ishlab chiqarish standartlarining byurokratik reglamentatsiyalarga bo‘ysunish xarajatlari; – nizolarni hal qilishda yoki qarzlarni undirishda samarasiz sud faoliyati natijasida yo‘qotishlarga uchrashi, zarar ko‘rishi xarajatlari. Peruda o‘tkazilgan tadqiqotlar kichik biznes sub’ektlari (kichik sanoat firmalari) qonunga bo‘ysunmagan taqdirda qonundoirasida faoliyat yuritayotganlarga nisbatan 4,5 barobar ko‘p miqdorda foyda olishlarini ko‘rsatdi. Bunda soliqlar qonunga bo‘ysunish xarajatlarining atiga 21,7% qoplar ekan. Biznesga bosim soliqlar emas, balki byurokratik protseduralar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularga boshqarish xodimlarining 40% ish vaqti sarflanar ekan 157 . Ikkinchi guruh transsaksiya xarajatlarigi “xufyonalik bahosi”ni ifodalaydigan quyidagi xarajatlar kiradi: 157 Сото Э. де. С. 187 – 188. – “jazodan qutilib qolish” xarajatlari (sug‘urtaning alohida shakli sifatidagi poralar); – xufyona iqtisodiyotdagi kapitalga yuqori stavkalar; – texnika hajmkorligi (kapital hajmkorligi) yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarida ishtirok eta olmaslik; – mulk huquqining nisbatan kuchsiz himoyalanganligi; – “shartnoma tizimidan foydalana olmaslik bahosi” (ishbilarmonlik majburiyatlarini buzishning xavfliligi) (qarang:7.4.2- jadval). Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling