Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

82%
51%
8%
0%
20%
40%
60%
80%
100%
120%
1-5
6-10
11 киши ва ундан кўп
расмий секторда
норасмий секторда


tomonidan O‘zbekistondagi kichik, o‘rta va yirik biznes korxonalari 
top-menejerlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etgan 1239 ta 
respondentlar tomonidan ham qayd etilgan. Xususan, respondentlar 
norasmiy sektor mavjudligini o‘z biznesining rivojlanishidagi eng 
muhim to‘siq deb atashdi. Bundan tashqari, ushbu muammo yirik va 
kichik korxonalar uchun katta korxonalarga qaraganda ancha 
dolzarbdir. 
Shu nuqtai nazardan, norasmiy sektor ulushini qisqartirish va 
bozorning barcha ishtirokchilari uchun bir xil sharoitlarni yaratish 
mamlakat hukumatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi kerak. 
Biroq, bunday siyosat uchun vositalarni ishlab chiqish qo‘shimcha 
chuqur tadqiqotlarni talab qiladi. 
 
7.3. “Norasmiylik”ni tahlil qilishga neoinstitutsional 
yondashuvlar. 
Neoinstitutsional nazariya asosiy e’tiborini insonning xo‘jalik 
faoliyatini belgilovchi va cheklovchi “o‘yin qoidalari” va umuman
iqtisodiy rivojlanish jarayoni o‘rtasidagi aloqadorlikka qaratadi. 
Tadbirkorlik iqtisodiyot rasmiy sektori unsurlari hisoblanib, bunda 
“o‘yin qoidalari” o‘rnatilgan va ular bilan himoya qilingan amal 
qilishiga mos keladi. Va aksincha, tadbirkorlar bu qoidaga rioya 
qilmaganlarida, ular iqtisodiyot norasmiy” sohasi unsurlari sifatida 
qaraladi. Boshqacha aytganda, belgilangan mezonlarga amal qilish 
“qonuniy” iqtisodiyotda ishtirok etishning birinchi darajali mezoni 
hisoblanadi, ayni vaqtda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik yoki 
kuzatish norasmiy xufyona iqtisodiyotda qatnashish mezoni bo‘lib 
xizmat qiladi. E.Fayg tomonidan berilgan ta’rifni keltirish mumkin: 
«Norasmiy iqtisodiyot xarajatlar (xususiy) qiladigan va mulkchilik 
munosabatlarini tartibga soladigan qonunlar va ma’muriy qoidalar 
yozilgan huquqlarni, tijoriy litsenziyalash, mehnat shartnomalari, 
moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urta munosabatlarini va 
foydalarni (ijtimoiy) istisno etadigan iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga 
oladi»
141

141
Feige Е. L. Defining and Estimating Underground and Informal Economies: The 
New Institutional Economics Approach // World Development. 1990. Vol. 18. No. 7. P. 
992. 


1980-yy.dayoq dalillar to‘plash va empirik kuzatishlardan 
norasmiy iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar umumlashtiruvchi 
modellar tuzishga o‘tadilar. Iqtisodiy – matematik modellashtirishga 
e’tibor qarata boshlagan norasmiy iqtisodiy faoliyatga 1988 y. 
noyabrida bo‘lib o‘tgan “Rivojlanayotgan mamlakatlarda mutanosib 
bozorlar” xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari yorqin misol bo‘la 
oladi»
142


Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling