2-kurslar uchun «Umumiy pedagogika» fani bo’yicha 1- oraliq nazorat ishi


Download 19.91 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.91 Kb.
#226267
Bog'liq
I oraliq nazorat ishi


2-kurslar uchun «Umumiy pedagogika» fani bo’yicha 1- oraliq nazorat ishi

1.Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim asosiy tushuncha......deb nomlanadi.

a) predmeti

b) Kategoriya

s) vazifalari

d) maqsadi
2.......psixologik jihatdan taraqqiy etgan , shaxsiy xususiyatlari va hatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.

a) shaxs

b)individ

s) tarbiya

d)ko’nikma


3. “Fransuzcha- tekshirish ” degan ma’noni bildiruvchi metod yordamida pedagogik kuzatish va suxbat jarayonida to’plangan da’lillar boyitiladi. ......metod ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqatni tashkil etishga asoslanadi.

a) test b) suhbat s) anketa d) kuzatish


4. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ......kerak bo’ladi.

a) ta’lim va ko’nikma

b) ta’lim va tajriba

s) tarbiya va irsiyat



d)ijtimoiy muhit va tarbiya
5. Muhit deganimiz nima?

a) odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi.

b)odamning shaxs sifatida rivojlanishiga ta’sir etuvchi mikro omillar

s) odam yashaydigan murakkab ijtimoiy munosabatlar ta’siri

d) odamlar faoliyat olib boruvchi muhit


6. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir nechta endashuv mavjud

a) 4 b)5 s) 3 d)2


7. Shaxsning ijtimoiylashuviga tegishli tushunchani belgilang?

a) Ijtimoiylashuv- bolalikkagina xos bo’lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.



b) Ijtimoiylashuv –ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy, qadryatlar, xulq-atvor, me’yor va qadryatlarning o’zlashtirilishi, dunyoqarashning boyish jarayoni va natijasi.

s) Ijtimoiylashuv- bolaning kamol topishi, shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy xususan, ota-ona va bola o’rtasudagi munosabatlar, ularning o’z aro xissiy birligi.

d) turli ijtimoiy munosabatlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida o’ziga xos ko’rinishda namayon bo’lishi.
8. Ijtimoiy tarbiya bu-?

a) O’quvchilarni ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o’zida aks ettirib, faoliyatga yo’naltirgan va aksioligik endashuvlarga asoslanishni talab etadi.

b) ijtimoiy vaziyatlarda o’zining ro’lini aniqlay olish vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik

s) o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.

d)aksiologik yondashuv nuqtaiy nazaridan shaxsga ijtimoiy tajribani shakllantirish


9. Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tarkibiy qismlarni ko’rsating?

a) ota-onalar, o’quvchilar psixologik shart-sharoitlar

b) pedagoglar psixologik shart-sharoitlar

s) pedagoglar, tarbiyalanuvchilar, tarbiyaviy shart-sharoitlar

d) tarbiyalanuvchilar, tarbiyaviy shart-sharoitlar


10. «Didaktika» atamasi ilk bor qaysi pedagog olimning «Didaktika yoki ta’lim sa’nati» (1613) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan?

a) Ya.A.Komenskiy

b) Yu.K.Babanskiy

s) N.T.Lixachev

d)Volfang Ratke
11. Didaktika predmetini aniqlang?

a) O’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir

b) nimaga o’qitish?, nimani o’qitish?, qanday o’qitish?, qayerda o’qitish kabi savollarga javob izlaydi.

s) didaktikaning predmeti sifatida- o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati ) ularning o’zaro harakati aks etadi



d) Didaktikaning predmeti sifatida- ta’lim jarayoni, qonuniyat va tamoillar, shakl, metod va vositalarni ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
12. O’rganish, o’rgatish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija, bular didaktikaning.......

a) kategoriyalari

b) predmeti

s) maqsadi

d) barchasi to’g’ri


13. O’qitish jarayoning nechta vazifasi mavjud va ular qanday?

a) 4 ta tarbiyaviy, ta’limiy, psixologik, rivojlantiruvchi

b) 3 ta ta’limiy, tarbiyaviy,rivojlantiruvchi

s) 2 ta ta’limiy, tarbiyaviy.



d) 5 ta ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, shakllantiruvchi, malakaviy.
14. O’qitish jarayonining nechta bosqichi bor?

a)3 b) 5 s) 4 d) 2


15. Didaktikada nima eritib beradi?

a) nimaga o’qitish, nimani o’qitish, qanday o’qitish, qayerda o’qitish kabi savollar javob eritiladi

b) mustaqil ta’lim-tarbiya jarayonlari eritiladi.

s) ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari eritiladi.

d) o’qiyuvchi faoliyati o’rgatish va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati) ularning o’zaro harakatlari eritiladi.


16. Malaka deganimiz nima?

a) avtomatlashgan biror bir usul bilan bexato bajarish ko’nikmaning takomillashgan darajasi



b) egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati

s)o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’yisinda safarbar etilishi

d) o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullar tizimi
17. .....o’quvchi nutqining fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional va irodaviy, intellektual sohalarini rijovlantirishda o’z aksini topadi.

a) rivojlantiruvchi



b) tarbiyaviy

s) ta’limiy

d) barchasi to’g’ri
18. Ta’lim tamoillarini shartli ravishda nechta guruhga ajratishimiz mumkin?

a) 4 b) 2 s)5 d) 3

19. Ta’lim tamoillari deb nimaga aytiladi?



a) ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, o’zining o’quv majburiyatlariga munosabatiga, o’quvchining ishchanlik qobiliyatiga, o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish o’quv majg’uloti jadvalining tu’zishiga

b) individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqatda bo’ladigan individning rivojlanishiga

s) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlari bilan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab beruvchi boshlang’ich qoidalardir.

d) ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga, bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga, ta’lim sifati, o’quv jarayonini boshqarish sifatiga


20. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoillarni ko’rsating?

a) uyg’unlik, ilmiylik, faollik va mustaqillik, ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi, tushunarlilik

b) uyg’unlik, ilmiylik, ta’limning fundamntalligi va an’anaviy yo’nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi

s) ta’limning tizimliligi va izchilligi, ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik, ko’rsatmalilik, ta’liminig o’quvchilarga mos bo’lishi, ta’limda bilim, ko’nikma va malakalarni puxta va mustaxkam o’zlashtirish, tushunarlilik.

d) a, b javoblari to’g’ri


21. Ta’lim mazmuni deganda nima tushuniladi?

a) o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va kompetensiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tu’shuniladi.

b)zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo’yiladigan talablarni tubdan o’zgartirish

s) o’z-o’zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni

d) o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish tarzini


22. Didaktikada shuningdek.....atamasi hamkeng qo’llaniladi. ......ta’lim metodining tarkibiy qismi. (nuqtalar o’rnida kerakli so’zni toping)

a) ta’lim usuli

b) ta’lim texnologiyasi

s)ta’lim shakli

d) ta’lim vositasi


23. Ta’lim metodi deganimiz nima?

a) bu muyayyan loyiha asosida tashkil etilgan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijasini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir

b) o’qituvchilar tomonidan ko’p qo’llaniladigan mashq ma’nbaasiga ko’ra amaliy ishlar

s) texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo’lib, ularga muammoni, tabaqalshtirilgan, integratsion, shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi, texnologiyalar majmuyi

d)o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo’yicha o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
24. XVI asrdan boshlab o’qitishning qaysi shakli ommalashib boshlagan?

a) sinf-dars

b) individual- guruhli

s) individual

d) ma’ruza- seminar


25. Aralash darsning tuzilishini ko’rsating?

a) tashkiliy qism, yangi bilimni bayon etish, o’rganilgan materialni mustaxkamlash, uy vazifasi



b) tashkiliy qism, o’rganilgan mavzularga doir savol- javob o’tkazish, o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish, o’quvchilarni baholash.

s) tashkiliy qism, o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushurish), nazorat o’tkazish, uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).



d) tashkiliy qism, o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish), o’rganilgan materialni mustaxkamlash, o’quvchilarni baholash, uy vazifasi.

Tuzuvchi: H.M.Qdirbaeva
Download 19.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling