1-oraliq nazorat ishi 16-variant
Download 25.7 Kb.
|
2-16 Au Israilov B.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolutsiyasi Fuqarolik jamiyati
- «oqilona tafakkur»
- 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati.
- “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun”
- Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish
- Qonun ustuvorligini taʼminlash
- Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash
- Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi
- Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas
- Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar
- Birinchidan, dastlabki nazorat.
- Ikkinchidan, keyingi nazorat.
- QISQACHA XULOSA
Toshkent arxitektura qurilish instituti Arxitektura fakulteti 2-16 Au guruh talabasi Israilov Bekzatning Fuqarolik jamiyati. O’zbekistonda demokratik jamiyat fanidan 1-oraliq nazorat ishi 16-variant Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolutsiyasi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati. Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Fuqarolik jamiyati g’oyalari evolutsiyasi Fuqarolik jamiyati qadim zamonlardan insoniyat intilgan jamiyat sifatida tilga olinadi. Tarixdan ma’lumki u o’zida xalqning urf-odatlari, an’analari va ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o’zida jamlagan tafakkur mahsulidir. Fuqarolik jamiyati haqida ilk qarashlar antic davriga borib taqaladi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini misol keltirish mumkin. Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu (mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga harakat qiladi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibi ustozinikidan bir muncha farq qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy jarayonlar emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi o’rnini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi. Aflotundan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkka kata ahamiyat qaratadi. Chunki u inson tabiatiga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil etadi. Aristotel mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra,
Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Davlatni u umumiy manfaatlar bilan o‘zaro bog‘langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi. Sitseron fikriga ko‘ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanadi. «Davlatning mustahkamligi va fuqarolarning huquqiy tengligi» bunday davlat tuzumining muhim fazilati deb hisoblaydi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi. Yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitdi. Masalan, “So‘z erkinligi haqida” Djon Milton, “Leviafan” Tomas Gobbs, “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” Jon Lokk, “Qonunlar ruhi haqida” Monteske, “Ijtimoiy kelishuv haqida” Jan Jak Russo, “Ilohiy-siyosiy traktat” Benedikt Spinoza, “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” Anri Fergyuson kabilardir. Ingliz ma’rifatchi faylasufi va siyosiy mutafakkiri Jon Lokk (1632-1704) haqli ravishda huquqiy davlatning atoqli mafkurachilaridan biri hisoblanadi. U o‘z g‘oyalarini «Davlatni boshqarish haqida ikki risola» asarida yozib ketgan. Uning ta’limotida odamlarning tabiiy holati, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va davlatning tashkil topishi muammolari tushuntirilgan. Lokk huquqiy davlatning bosh elementi bo‘lgan hokimiyatning bo‘linishi nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini tahlil qilishga nisbatan boshqa bir yondashuvni G. Gegel (1770-1831) taklif qiladi. U fuqarolik jamiyatiga o‘z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi individlar majmui deb qaraydi. Uning fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk tashkil etadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati. Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u sinchkovlik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi. XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Shu uchun prezidenyimiz ham lavozimlariga kirishishi bilan mamlakat oldiga, xalq oldiga va jamiyat oldiga yuksak marralarni belgilab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va juda tez rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi. Ana endi har bir bosqichga batafsil to’xtalamiz: Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish; Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yoʻnaltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash; Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish; Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yoʻnaltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek, «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz». Shu sabab adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog’liqdir. Qabul qilingan qonunlar negizida adolat yotishi ma’lum. Shuning uchun ham Islom Karimovning 5 ta tamoyilining uchunchisida Qonun ustuvorligi joy olgan. Prezidentimizning Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi aynan Qonun ustuvorligini ta’minlash deya nom olgan. Qonun ustuvorligi xalqimizga xos bo’lgan tushuncha. Sababi sohibqiron Amir Temur ham qonun ustuvorligi, adolat tushunchalarini yuksak e’tirof bilan tilga olgan. Uning bir iborasi hamon yodimizda «Kuch – adolatdadir». Albatta, qonun ustuvorligi normativ hujjatlar, qonun hujjatlari va qonunosti hujjatlar bilan ta’minlanadi. Shuning uchun ham qonun ustuvorligining mohiyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat bo’lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag’ishlangan. Konstitutsiyaning 16-moddasiga binoan Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo’lsa, u bekor qilinishi lozim. O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo’llaniladi. Demak, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo’lish mumkin: Birinchidan, dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar loyiha vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o’tkazish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida»gi 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan qonunining 18- moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin». Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin. a) Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo’lgan normativ- huquqiy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ- huquqiy hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi. O’zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umummajburiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993-yil 17-iyunda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997-yil 9-oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mehyoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilishining majburiyligini tahminlab berdi. 1997-yil 9-oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo’lmaydi. Konstitutsiya yoki qonunga zid bo’lganlari esa davlat ro’yxatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo’l bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi tahminlanmoqda. b) Kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan nazorat. Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar. Umuman olganda qonunlarning ijro etilishi va normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mos bo’lishini nazorat qilish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi. Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida o’ziga xos o’rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish, ularning tahsirchanligini o’rganish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko’zlaydi. Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari har yili qariyib 50 ta qonunning ijrosini o’rganadilar. Qonun hujjatlari talablari qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda tekshiriladi. QISQACHA XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo’lgandagina, o’zining to’liq ifodasini topadi. Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart. Ikkinchidan, Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur. Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo’lishi – qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo’yadi. Download 25.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling