4. Menejmentning nazariy asoslari
Download 402.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish.
4. Menejmentning nazariy asoslari. Reja: 1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish. 2. Amir Temurning boshqaruv tamoyillari 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari. 4. Davlat boshqaruvi. 5. Boshqaruv funktsiyalari to’g’risida tushuncha. 6. Boshqaruv va menejment 7. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi 8. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari 9. Boshqaruv usullari 1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish. Boshqaruv faoliyatining samarasini oshirish uchun amalga oshiriladigan ishlar orasida asosiy o’rinni boshqaruv faoliyatida qonunlarga rioya qilish egallaydi. Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va asoslanmagan holda birorta boshqaruv masalasi hal etilishi mumkin emas. Boshqaruv faoliyatida qonunlardan qanchalik to’liq va izchil foydalanilsa, mehnat jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni hisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy oqibatlarga olib keladi. Boshqaruv faoliyatida qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z vaqtida va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Har qanday faoliyat ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Menejment ham o’z qonunlariga, tamoyillariga egadir. Ularga amal qilish orqali olib borilgan faoliyatgina samarali faoliyat bo’la oladi. Menejment faoliyatini uning qonun-qoidalarini, tamoyillarini hisobga olmasdan olib borish samarasizlik sari qo’yilgan qadam bo’ladi. Menejment qonunlari menejment fani va amaliyotining poydevorini tashkil etadi. Bu qonunlarda menejment ob’ekti va sub’ekti o’rtasidagi ob’ektiv, muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg’un, aniqlik, mohiyat bilan umumiy bog’lanish va aloqadorliklar o’z ifodasini topadi. Bu umumiy bog’lanish va aloqadorliklar ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo’nalishi va xususiyatini belgilab beradi. Bundan ko’rinib turibdiki menejment tamoyillari hamma uchun majbur bo’lgan me’yor, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi mumkin. Menejmentning umumiy tamoyillari quyidagi 2-jadvalda ko’rsatilgan. Boshqarish tamoyili deganda boshqaruv organlari va rahbarlari faoliyatining asosini tashkil etuvchi qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish tamoyillari bu - boshqaruv amaliyotida ob’ektiv qonunlardan foydalanish shakllaridir. Menejment amaliyotida qonunlardan foydalanish orqali boshqaruv faoliyatining samaradorlikka erishishi uchun asos yaratiladi. 2-jadval Menejmentning umumiy tamoyillari № Tamoyill ar Tamoyillar izoxi 1. Demokra tik tamoyil Ommani boshqarishga keng ko’lamda jalb qilishni, ishlarning kengash va maslahat bilan bajarilishini talab qiladi. 2. Ierarxiya tamoyili Boshqaruvning pog’onaliligiga asoslanadi. 3. Rejalasht i-rish tamoyili Boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil etadi hamda nazorat qiladi. 4. Yakkaxo kim-lik tamoyili Boshqaruv faoliyati belgilangan shaxs tomonidan bajarilib, unga boshqariladigan ob’ekt, uning mol-mulki, pul mablag’lari ishonib topshiriladi. 5. Ilmiylik tamoyili Boshqaruv faoliyatini olib boradigan shaxs chuqur ilmiy bilimlarga ega bo’lishi lozim. U boshqaruv faoliyatini ilmiy asoslangan xolda olib borishi talab etiladi. 6. Qayta aloqalar tamoyili Boshqaruvchi tomonidan qabul qilingan har qanday qaror ijrochilarga tushunarli bo’lishi hamda ular tomonidan o’z vaqtida va samarali tarzda bajarilishi lozim. 7 . Javobgarl ik tamoyili Bu tamoyil, eng avvalo, menejerning javobgarligini nazarda tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar korxonani yuqori darajadagi samaradorlikka olib bora olmaydi. Download 402.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling