4. Menejmentning nazariy asoslari
Download 402.03 Kb. Pdf ko'rish
|
4 mavzu maruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi
6.Boshqaruv va menejment
Menejment (ing. management- boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) – bu: - ishlab chiqarish, tijoratni boshqarish bo’yicha, ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi amaliy faoliyat; - boshqaruv, nazariyasi, fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vosita- lari va shakllarining majmuasi; - mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aktsiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir. “Menejment” tushunchasi bizning turmushimizga mustahkam kirib borgan va o’zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo’lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish zarurki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustivorliklarning yangi tizimlari amalda bo’ladilar. SHuning munosabati bilan “menejment” atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to’xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o’zbekcha “boshqaruv” so’zi va inglizcha “menejment”ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni bir muncha farqlanadi. “Menejment” atamasini qo’llab turib biz xalqaro amaliyotda o’rnashib qolgan tendentsiyaga rioya qilamiz, unga ko’ra uning ostida hodisalar va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko’zda tutiladi. Aslida esa “ boshqaruv” atamasi “menejment” atamasining qanoatlantiruvchi o’rinbosari bo’lmaydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasida va doirasida ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan tashkil qilish asosida amalga oshirilgan xo’jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo’ladi. 7. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi Umumiy ko’rinishda boshqaruv ikkita ob’ektning maqsadiga qaratilgan o’zaro hamkorligidan iborat bo’lib, bunda ulardan biri boshqaruv sub’ekti o’rnida, boshqasi esa boshqaruv ob’ekti o’rnida bo’ladi. Bu o’zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir: boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko’rsatish impulьslari (boshqaruv buyruqlari)ni jo’natadi, ular boshqaruv ob’ekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega bo’ldilar; boshqaruv ob’ekti ushbu impulьslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi. Boshqaruv sub’ekti sifatida firmalar bo’limlari va xizmatlari majmuasini yoki alohida bo’linma, yakka shaxs va boshqalarni ko’rib chiqish mumkin. Boshqaruv ob’ekti sifatida xodim, mehnat jamoasi, tovarlar, resurslar, hujjatlar va h.q. bo’ladi. Masalan, usta uchastkaning ishini tashkil qiladi. Bunda u past darajadagi menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ishchilar esa – boshqaruv ob’ektlari bo’ladi. Tashkilotning tijorat direktori bo’linmalarning ishini tashkil qiladi. Bunda u menejer yoki boshqaruv sub’ekti, ko’rsatilgan bo’linmalar- boshqaruv ob’ektlari bo’ladilar. Boshqaruvni faqat tashkilotning tarkibiy qismi bo’lgan haqiqiy harakat qiluvchi tizim mavjud bo’lgandagini amalga oshirish mumkin, u tizimli boshqaruv deb ataladi. Zamonaviy tashkilotni boshqarish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori egiluvchanlikka ega bo’lish; ishlab chiqarishning mehnatni nazorat qilish, tashkil etish va taqsimlashning tegishli shakllarini talab qiluvchi texnologiyasiga o’xshash bo’lish; korxonaning tashqi va ichki muhiti, bozor holatining omillari o’zgarishlariga operativ javob qaytarish; tashkilotni boshqarishning yuqori samaradorligini ta’minlash; tashkilotning rivojlanishiga ko’maklashish; fan va ilg’or amaliyot yutuqlarini tadbiq etilishini ta’minlash; o’zini o’zi tartibga solish xususiyatiga ega bo’lish. Tashkilot menejment tizimining ta’minlovchi tizimchasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: uslubiy ta’minot, resurslar ta’minoti, axborot ta’minoti va xuquqiy ta’minot. Vazifaviy tizimcha quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: Menejment, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil qilish, hisobga olish va nazorat, motivatsiya va tartibga solish. Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o’z ichiga quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish, menejmentning sotsiologiyasi va psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat. Download 402.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling