Abulqosimov h. P., Muminov n. G
O‘zbekistonda mehnat bozorida norasmiylikni aniqlash
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
9JYP6FK7Ysicny4COFKL
O‘zbekistonda mehnat bozorida norasmiylikni aniqlash
xususiyatlari. Norasmiy sektor iqtisodiyotning soliq solinmaydigan qismi bo‘lib, hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi va shuning uchun mamlakatning yalpi ichki mahsulotini hisoblashda hisobga olinmaydi. 138 O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari/ nashr etilgan: 17/07/2017//http: stat.uz; Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. 2018 йил январь-декабрь.-Т., 2019.-93-бет ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1011-sonli qarorida 139 norasmiy sektorda ishlaydiganlar soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tmagan xodimlar sifatida belgilanadi. Norasmiy sektor turli shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi sababli, uni o‘lchash uchun ko‘plab vositalar mavjud. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra 140 , norasmiy sektorda ishlaydiganlar ulushi mamlakatning iqtisodiy faol aholisining taxminan 45 foizini tashkil etadi. Bu holda, norasmiy sektorning ko‘rsatkichi sifatida, ish bilan ta’minlangan aholining daromad solig‘i to‘lamagan qismi sifatida, hech qanday yozma shartnomasiz ishlayotganlarning ulushi hisobga olindi. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 13,5 million kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, Soliq qo‘mitasining hisobotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilarining umumiy soni 2020 yil boshiga kelib 4,9 million kishini tashkil etgan, shu tariqa budjetga o‘rtacha o‘rtacha 16 foiz soliq tushumini ta’minlaydigan shaxsiy daromad solig‘i xodimlarning atigi 36 foizida olinadi. 13,5 million bandlardan chet elda ishlaydigan 2,5 millionga yaqinini hisobdan chiqarib tashlansa, iqtisodiyotda band bo‘lganlarning atigi 55 foizi rasmiy ravishda ishlaydi. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda norasmiy sektorning taxminiy hajmi har xil tadqiqotlar natijasida turlicha berilgan bo‘lib, ular YaIMning 27-52% ni tashkil etadi. ITIM tomonidan respublikaning mintaqalarida sektorning norasmiy bahosi ham o‘tkazildi. Shunday qilib, norasmiy sektor darajasi past bo‘lgan hududlar qatoriga Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va 139 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 22.12.2017 й. 1011- сон "Ишга жойлаштиришга муҳтож аҳоли сонини аниқлаш, шу жумладан, уй хўжаликларини меҳнат билан бандлик масалалари бўйича ўрганишлар ўтказиш, шунингдек, меҳнат ресурслари, бандлик ва ахолини ишга жойлаштириш балансини шакллантириш методикасини такомиллаштириш тўғрисида"ги Қарори 140 Хасан Маджидов, Бахтишод Хамидов. Разглядеть невидимку: неформальный сектор в Узбекистане. https://review.uz/ru/y6u Navoiy viloyatlari kiradi. Norasmiy sektor darajasi yuqori bo‘lgan hududlar qatoriga Farg‘ona, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari kiradi. Shu bilan birga, norasmiy yollashning asosiy qismi xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishini ta’kidlash lozim (65%). Bundan tashqari, norasmiy yollash / ishga jalb qilishning uchdan bir qismi o‘zini o‘zi ish bilan band bo‘lganlar (tikuvchilar, duradgorlar, haydovchilar va boshqalar)ga to‘g‘ri keladi. Davlat ulushi mavjud korxonalarning norasmiy ishga yollashdagi ulushi 2% ni tashkil qiladi. Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlari Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling