Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Norasmiy iqtisodiyot o‘z tabiatiga ko‘ra, bozor va raqobatli 
tavsifga 
ega. 
Nazorat 
qiluvchi 
tashkilotlar 
kuzatuvidan 
yashirinayotgan mayda ishlab chiqaruvchilar faqat bir-biridan 
alohidalashgan 
xaridorlarning 
to‘lovga 
qobil 
talabigagina 
yo‘naltirilishlari mumkin. Norasmiy ishlab chiqarish asosan
kapitaldan emas, balki mehnat resurslaridan foydalanadilar 
(boshqacha aytganda, norasmiy iqtisodiyot inson kapitali jismoniy 
kapitalga qaraganda muhimroq). Norasmiylar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulot legal tadbirkorlar tomonidan ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar kabi taxminan bir xil sifat darajasiga (yoki 
bir muncha pastroq) ega, ammo pastroq xarajatlar bilan ishlab 
chiqariladi (norasmiy biznesmenlar soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarni 
to‘lamaslik qonuniga bo‘ysunish xarajatlarini tejaydilar, ish haqini 
qonunan belgilangan minimumdan past darajada to‘lashlari mumkin 
va h.k.) Umuman, norasmiy sohadagi daromadlar darajasi rasmiy 
sohadagiga nisbatan bir muncha past yoki unga taxminan teng, biroq 
daromadlarning tabaqalashuvi juda yuqori. 
Norasmiy iqtisodiyot yashirin iqtisodiyot sohasi hisoblanib, u 
yanada unumli va jamiyat uchun foydalidir. Ma’muriy iqtisodiyot 
sharoitida norasmiy ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy roli ikki 
tomonlamadir. Rossiyadagi fuqarolar urushi voqealari ko‘rsatishicha, 
“qopchilar” shaharni non bilan ta’minlabgina qolmay, balki mamlakatni 
tartibsizliklarga tortgan “yashillar” harakatiga ham asos soldilar. Sovet 
davrida “sexchilar” ham, bir tomondan, taqchil sanoat tovarlariga 
iste’molchilik ochligini qondirdilar, boshqa tomondan esa o‘zlarining 


korrupsiyaviy faoliyatlarini milliy partiyaviy – davlat apparati 
qoldiqlaridan uzdilar. Bozor xo‘jaligida oddiy iste’molchilar va hatto 
legal firmalar arzon tovarlar va xizmatlarni ularning ishlab 
chiqaruvchilari va sotuvchilarining huquqiy maqomiga e’tibor bermagan 
holda qoniqish bilan oladilar; bu iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirsa, 
hukumat bunda o‘z potensial daromadlarining bir qismini yo‘qotishga 
ko‘nikishga moyil bo‘ladi. Mos ravishda, agar markazlashgan boshqaruv 
tizimlarida hukumat “norasmiylar”ni sinf sifatida tugatishga urinib, 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling