Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

8.3.3-jadval 
Qotillik jinoyatlari uchun davlat budjetidan xarajatlar YaIMga 
nisbatan, mln.AQSh dollarida 
 
2010 
2011 
2012 
2013 
2014 
O‘rtacha 
Argentina 
0,05 
0,05 
0,06 
0,06 
0,07 
0,06 
Bagam orollari 
0,47 
0,64 
0,52 
0,48 
0,53 
Barbados 
0,13 
0,11 
0,09 
0,09 
0,06 
0,1 
Braziliya 
0,22 
0,18 
0,25 
0,24 
0,24 
0,23 
Chili 
0,04 
0,05 
0,04 
0,04 
0,05 
0,04 
Kolumbiya 
0,44 
0,39 
0,36 
0,33 
0,28 
0,36 
Kosta Rika 
0,21 
0,2 
0,36 
0,17 
0,36 
0,18 
Ekvador 
0,23 
0,2 
0,36 
0,15 
0,1 
0,17 
El Salvador 
0,8 
0,82 
0,48 
0,61 
0,94 
0,73 
Gvatemala 
0,39 
0,38 
0,35 
0,34 
0,36 
0,36 
Gonduras 
2,24 
2,63 
2,31 
1,89 
1,62 
2,14 
Yamayka 
0,61 
0,42 
0,38 
0,45 
0,36 
0,44 
Meksika 
0,2 
0,19 
0,17 
0,36 
0,13 
0,17 
Paragvay 
0,25 
0,25 
0,22 
0,21 
0,21 
0,23 
Peru 
0,06 
0,06 
0,07 
0,08 
0,06 
0,07 
Trinidad va 
Tobago 
0,31 
0,22 
0,21 
0,24 
0,24 
Urugvay 
0,07 
0,07 
0,09 
0,09 
0,09 
0,08 
Lotin 
Amerikasi va 
Karib basseyni 
bo‘yicha 
o‘rtacha 
0,4 
0,4 
0,35 
0,33 
0,32 
0,36 
Jami 
(mln.AQSh 
dollarida) 
9,776.3 10,026.6 11,433 11,012.1 10,480.9 10,545.8 
Garri Stanley Bakker 1930-yil, 2-dekabrda AQSh da tug‘ilgan. 
Chikago iqtisodiyot universiteti sotsiologiya va iqtisodiyot professori, 
Chikago iqtisodiyot universitetining uchinchi avlodi yetakchisi. 
Faoliyati va o‘limidan keyin 6 ta AQSh va xalqaro darajadagi 
mukofotlar bilan taqdirlangan. Shulardan eng nufuzlisi1992-yil 
iqtisodiyot sohasida Nobel mukofotidir. Iqtisodchi Milton Fridmen 
uni XX asrning ikkinchi yarmida yaxshagan eng yaxshi ijtimoiy 
sohadagi olim deb atagan bo‘lsa, Jastin Volfers uni oxirgi 50 yildagi 


eng yaxshi sotsiolog deb atagan. U o‘zining asarlarida sotsiologiya va 
iqtisodiyotni, xususan, diskriminatsiya, oila tuzilmasi va jinoyat 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tadqiq etgan. Masalan, jinoyat sodir 
etishda insonning ijtimoiy onggi eng birinchi o‘ringa qo‘ygan.
Bakkerning Jinoyat va jazo iqtisodiy nazariyasida keltirilishicha 
“insonlar jinoyatlarni sodir etish jarayonida har doim kuchli ruhiy va 
ahloqiy bosim ostida bo‘ladi. Ba’zilar jinoyatni ruhiy bosim ostida sodir 
etsa, boshqalar uni ongli ravishda jinoyat qilgandan keyingi va jinoyat 
qilmagandagi naflilikni solishtirib ko‘rish orqali amalga oshiradi. Ya’ni 
jinoyatdan keladigan foyda, shu jinoyatni sodir etmaslikdan keladigan 
nafdan ustun bo‘lsa, bu jinoyatchiga o‘ziga xos rag‘bat bo‘ladi. Uning 
etirof etishicha, bazi jamiyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun 
va uni oldini olish uchun katta mablag‘ sarf etilsa ham, jinoyatchilarga 
aynan belgilangan jazoning ahamiyati juda past. U shunday jamiyatlarda 
jinoyatlar uchun jazoni keskin oshirishni taklif qiladi. Ya’ni jinoyatchi 
ratsional qaror qabul qilayotganda jinoyatsizlik holati uning uchun 
foydali ekanligini bilishi kerak” 
Bakker o‘zining “A treatise on the family” (Oilada bir asar) 
kitobida jamiyatda jinoyatchilar guruhining shakllanishida oilaning 
ahamiyati juda yuqoriligini alohida muammo sifatida e’tirof etgan. 
Uning fikriga ko‘ra bolaning o‘zining qiziqishlari orqali sodir 
etadigan harakatlariga qaraganda, oilasida unga bo‘lgan e’tibor va uni 
qaysidir harakatga yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etishini 
ta’kidlaydi. Oilada ota-ona oilasining yaxshi hayot kechirishi uchun 
ko‘proq daromad topishni birinchi o‘ringa chiqaradi, natijada oiladagi 
bolalarga etibor pasayadi. Bu etiborsizlik esa bolada o‘siga nisbatan 
xudbinlikni kuchaytiradi va uni qalbida bolaligidayoq jamiyatga 
nisbatan nomuvofiq g‘oyalar shakllanishni boshlaydi. Shuning 
uchun, Bakker bu nazariyani buzilgan bola yoki yomon ahloqli bola 
nazariyasi deb nomlaydi.
Bakker g‘arbda birinchilardan bo‘lib, oilani iqtisodiyotga tasir 
etuvchi katta kuch sifatida tadqiq etgan iqtisodchi-sotsiologlardan 
hisoblanadi. U hatto oila ham o‘zining iqtisodiyotini rejalashtirish 
kerakligini ta’kidlaydi. U jamiyatda oilalarning ajrashuvi, ikki 
insonning oila qurishi, oila azolari orasidagi bir-biriga bo‘lgan o‘zaro 
hurmat va g‘amxo‘rlik uzoq muddatli iqtisodiyotda mamlakat 


iqtisodiyotiga funksional ta’sir etishini ta’kidlagan. U o‘zining 70-
yillarda Chikago universitetida oila mavzusida olib borgan ko‘p yillik 
izlanishlari natijasida jamiyatning umumiy taraqqiyotida oila 
iqtisodiyoti, xususan, turmush qurish, ajrashish, oila hajmini 
rejalashtirish, daromadlar darajasining mutanosibligi hamda oilada 
bolalar tarbiyasiga sarflanadigan vaqt kabi tushunchalarni va ular 
orasidagi korrelyatsiyani chuqur tadqiq etgan.

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling