Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

8.5. Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari. 
Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki 
sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan 
va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat 
yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida 
JINOYAT IQTISODIYOTI 
Qonun ustuvorligi 
O‘lim jazosi 
Jinoyatga qarshi kurashish 
vositalari 
O‘lim jazosining salbiy va 
ijobiy tomonlari 
Korrupsiya va iqtisodiy o‘sish 
Noqonuniy faoliyatlar 
Sug‘urta va o‘zini-o‘zi 
himoya qilish tadbirlari 


jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon 
yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. 
Iqtisodiy jinoyatga:
1) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish;
2) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jinoyatlar;
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, 
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga 
qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash 
departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida ko‘zda 
tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib 
chiqish zaruriyati budjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan 
maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi. 
Departament 
Bosh 
prokuratura 
huzuridagi 
mustaqil 
ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U 
iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, 
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini 
tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv 
faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek 
ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini 
qoplash kabilarni amalga oshiradi. 
Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga 
qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-
nazorat bo‘limi tashkil etildi. 2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi 
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import 
shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali 
operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni 
boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan 
bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul 
mablag‘lari harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish 
huquqi berildi. 
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
Birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy 


faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks 
tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini 
yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
Ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular 
faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining noqonuniy 
aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik 
qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni 
optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport 
salohiyatini oshirishga ko‘maklashish; 
Uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj 
qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni 
oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda 
kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, 
yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish; 
To‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, 
soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar 
hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, 
shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni 
bartaraf etish; 
Beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish 
holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy 
ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning 
noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning 
turli sxemalari va kanallarini aniqlash; 
Oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini 
manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj 
talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan 
dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq 
noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish; 
Yettinchidan, 
jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta’minlash; 
Sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 


moliyalashtirishga 
va 
ommaviy 
qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet 
davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa 
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish; 
To‘qqizinchidan, 
iqtisodiy 
va 
korrupsiyaga 
oid 
huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng 
tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish. 
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 2019 yilda 
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya bo‘yicha 2114 ta jinoyat ishi 
qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 
poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi. 
Iqtisodiy jinoyatlar, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi 
kurashni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida: – 4019 
ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1886 ta ma’muriy va 2114 ta jinoyat 
ishlari qo‘zg‘atildi. 
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida: 
– 557 ta yashirin sex yuritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari 
qo‘zg‘atilib, 4,9 mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot 
(xom ashyo) olib qo‘yildi; 
– 1884 ta sub’ektning faoliyatiga qonuniy tus berilib, 2001 ta 
yangi ish o‘rini yaratildi; 
– poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyatlar 
aniqlandi; 
– 401 mlrd. so‘mlik soliq va to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanib, 146 
mlrd. so‘mi undirildi; 
– valyuta sohasida 1.395 ta huquqbuzarlik aniqlandi; 
– 1,8 mln. dollar miqdorida naqd chet el valyutasi va 4,1 mlrd. 
so‘m milliy valyuta olib qo‘yildi; 
Tibbiyot buyumlari va dori-darmon bilan savdo qilish qoidalari 
hamda narxlarni belgilash tartibi buzilishini oldini olish maqsadida: 
– savdo qoidalari va narxlarni belgilash bilan bog‘liq 82 ta holat 
aniqlandi; 


– 775 mln. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi; 
– 30 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
171


Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling