Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Jinoyatchilik va madaniyat


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet109/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

2. Jinoyatchilik va madaniyat. 
Ilgari ta’kidlanganidek, jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot 
nazariyasi 
neoinstitutsional 
nazariya 
bo‘lib, ma’naviy-etik 
baholashlar va g‘oyaviy og‘ishlardan tubdan voz kechishga tayanadi 
(umuman, neoklassiklar kabi) Neoinstitutsionalistlar uning kuchi 
mana shunda, deb hisoblaydilar. Ammo uning ojizligi ham mana 
shunda bo‘lishi mumkinmi? 
Amerika madaniyati uchun hayotning barcha tomonlarini bunday 
mahalliy monetarizatsiyalash to‘la tabiiy va umumqabul qilinganligi 
bilan kelishish mumkin. Ammo shu singari yondoshuvlar boshqa 
madaniy 
an’analarning vakillari tomonidan o‘zlashtirilishi 
mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, u holda yangi iqtisodiyot nazariyasi 
“intellektuallar uchun o‘ziga xos o‘yin”ni yuzaga keltirib, riskka 
boradi yoki yaxshi vaziyatda faqat Amerika madaniyati uchun 
shunday immanent hodisa bo‘lib qolishi mumkin, aytaylik, beysbol 
yoki “siyosiy korrektorlik”. 
Agar 
jinoyatlar 
va 
jazolar 
iqtisodiyot 
nazariyasini 
madaniylashgan hodisa sifatida o‘rganadigan bo‘lsak, bu yangi 
nazariyani nafaqat ommaviy, balki hatto ilmiy tafakkurga ham 
moslashtirish qiyinchiliklaridan dalolat beradigan ko‘pgina holatlar 
sezilarli bo‘lib qoladi. Xususan, huquqni muhofaza qilish faoliyatiga 
maqbullashtirish tamoyili qo‘llanishining o‘zi ham ahloqiy 
noroziliklarni keltirib chiqaradi. “Majburlashsiz maqbullashtirish 


amalga 
oshirilayotgan 
chora-tadbirlar 
barcha 
shakllarining 
samaradorligini o‘lchash uchun asos bo‘la olmaydi, - mashhur 
fransuz iqtisodchi-kriminologi Per Kopp shu nuqtai nazarni qo‘llab-
quvvatlaydi. - Masalan, natija ko‘pincha binar oppozitsiya – 
mag‘lubiyat (halokat) yoki g‘alaba (muvaffaqiyat) da ifodalanadigan 
harbiy sohada aniqlanadigan foydaga nisbatan xarajatlarni tejash 
mantiqning asosiy tavsifi hisoblanmaydi»
167

Hatto Amerika iqtisodchilari orasida ham ratsionalizm yangi 
iqtisodiy nazariyasi har doim ham anglab yetilavermaydi. Yetakchi 
Amerika neoinstitutsionalisti Gordon Tallok yo‘llarda mashinalar 
harakatining 
xavfsizligi 
ustidan 
nazoratni 
tashkil 
qilishni 
takomillashtirish tadbirlarini muhokama qilish paytida yuzaga kelgan 
o‘ziga xos vaziyat to‘g‘risida o‘z maqolalaridan birida hikoya qiladi. 
Yo‘l komissiyasi ishida qatnashuvchi nazariyachi – iqtisodchi fatal 
avtohalokatlar narxlarini aniqlash va uni harakatlanish tezligi 
cheklanishlaridan avtomobilchilarning yo‘qotishlari bilan taqqoslash 
tamal toshi bo‘lishi kerakligini tez anglab yetdi (Mazkur masalalaning 
keyingi yechimi Fillips-Voti-Eskridjning modelidan kelib chiqadi). 
Biroq shu kabi masala muhokamaga qo‘yilmadi ham, shu sababli 
iqtisodchi masalaning bunday qo‘yilishi injenerlarda (ayniqsa, 
havaskorlik bilan) tushunishni keltirib chiqarmadi va mohir iqtisodchi 
bu irratsional javobni ma’qulladi. «U o‘limlar soni va o‘z sharoiti 
o‘rtasidagi nisbatni aniqlashni, ularni yo‘llarni modernizatsiyalash 
bilan shug‘ullanadigan kishilarga to‘g‘ri tushuntirishni xohlamadi, 
shu bilan bir qatorda, buni men bilan muhokama qilishni ham 
xohlamadi», - G.Tallok shunday ajablanish hissi bilan o‘z 
hamkasblarining javobini yetkazadi
168

Biroq agar o‘ylab ko‘rilsa, bu yerda hech qanday hayron 
qoladigan narsa yo‘q. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiy nazariyasi oxir-
oqibat “butun dunyoda, shu jumladan, inson hayotida ham narxlar 
mavjudligini” aniq e’tirof etishga majbur qiladi. Shunday pul 
ultraratsionalizmi amalda barcha madaniy an’analarda, diniy va 
167
Корр P. Les analyses formelles des marches de la drogue // Revue tiers-monde. 
1992. Т. X X X I I I . No. 131. P. 576. 
168
Qarang: Tallock G. An Economic Approach to Crime // The Economics of 
Crime. Cambridge (Mass.), 1980. P. 75. 


dunyoviy marosimlarda qo‘llaniladi. Shu sababli bunday fikr-
mulohazalardan 
madaniylashgan 
falajni 
nafaqat 
mutaxassis 
bo‘lmaganlar, balki intellektual oziqlangan iqtisodchilar ham 
boshdan kechirmoqdalar. 
Va nihoyat, Amerika iqtisodchilari nazariy tavsiyalari va 
Amerika ma’muriyatining amaliy xatti-harakatlari o‘rtasida sezilarli 
tafovut ko‘zga tashlanadi. Iqtisodchilar 1960 yillardan boshlab 
uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarni qisman legallashtirishning 
samaradorligi to‘g‘risida ishonch bilan ta’kidlamoqdalar. Haqiqatan 
ham, 1980-1990 yillarda FBR “Koza Nostra”ga bosim jiddiy 
kuchaydi (Jon Gottining ishini eslash yetarli
169
), Lotin Amerikasi 
narkokartellari bilan “urush” esa AQSh hukumati siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanmaydi
170
. Bu nima, yetarli malakali 
bo‘lmagan ma’muriyatning ommaviy o‘z-o‘ziga ishonishimi? Yoki 
hatto Amerikada ham fuqarolar huquqiy siyosatning ko‘p darajada 
iqtisodiyotdan tashqari mezonlar bo‘yicha muvaffaqiyatlari va 
halokatlari to‘g‘risida fikrlashga moyilmi? 
Qo‘yilgan savollarga bir xil javob berish hali mumkin emas. 
Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari rivojlanishining o‘ttiz yili 
– jamiyatga yangi ilmiy oqim munosabatining aniqlanishi uchun 
yetarli, jamiyatning bu oqimga munosabati aniqlanishi uchun esa 
yetarli bo‘lmagan muddatdir. Quyidagini ta’kidlash mumkin: 
jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti konsepsiyalari “pul” ratsionalligi 
neoklassik Ekonomiksi uchun an’anaviy doirada uzviy bo‘lib, bu o‘z 
169
1992 yilda FBR ishlovchilari 7 yillik kuzatuvlardan keyin sud hukmiga ko‘ra, 
“Koza Nostra” yirik “oila”laridan biri (“kapo”) ning rahbari Jon Gottining bir umrlik 
qamoq jazosiga erishishi uddasidan chiqdilar. Amerika tartibot himoyachilarining 
Italiya-Amerika mafiyasiga qarshi kurashda muvaffaqiyatlarining shu singari natijasi 
AQSh da oxirgi o‘n yilliklarda boshqa mafiya tashkilotlari, eng avvalo, Lotin Amerikasi 
mafiya tashkilotlarining sezilarli kuchayishi bo‘ldi. 
170
1980-yy. ning oxirida huquqni muhofaza qilish organlari va kokain ishlab 
chiqarishi va savdosini monopollashtirgan Kolumbiya Medelin karteli o‘rtasida haqiqiy 
urush boshlanib, bu urush davomida narkobaronlar hatto Kolumbiya prezidentligiga 
nomzodlarni o‘ldirishni ham tashkil qilindi. Hukumat esa kokain plantatsiyalarini o‘qqa 
tutish uchun samolyotlar eskadrilyasini jo‘natdi. 1990-yy.ning boshlarida Medelinsk 
narkokartelining barcha rahbarlari yo o‘ldirildi, yoki qamoqqa olindi; biroq kokain 
biznesidagi yetakchilik boshqa Kolumbiya narkokarteli – Kali karteli qo‘liga o‘tdi, 
narkotiklar eksporti esa qisqarganiga qaraganda tezroq o‘sdi. 


navbatida, protestantlik ahloqi Islohoti davrida vujudga kelgan aks 
sadolardan biridir. Bugungi kunda uning XXI asrning boshlarida 
mazkur ratsionallikning yagona bo‘lmagan turi ekanligi ma’lum 
bo‘ldi. Jinoyatlar va jazolar iqtisodiyoti g‘oyalari boshqa 
madaniyatlarga qay darajada moslashgan bo‘lishi mumkinligini 
keyingi tadqiqotlar ko‘rsatadi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling