Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/147
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1829786
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147
Bog'liq
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

 


7.4. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot 
konsepsiyasi 
1989 yilda E.de Sotoning “Boshqa yo‘l” mavzusidagi 
monografiyasining nashr etilishi xufyona iqtisodiyotning zamonaviy 
bozor xo‘jaligidagi roli va ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlarni 
tubdan o‘zgartirib yubordi
152
. “Boshqa yo‘l” konsepsiyasi ilmiy 
adabiyotlardagi 
norasmiy 
iqtisodiyot 
sektori 
to‘g‘risidagi 
nazariyasining yangi va ustuvor paradigmi hisoblanadi. 
1970-1980 yillarda amalda bo‘lgan “uchinchi dunyo” 
mamlakatlarida 
xufyona 
iqtisodiyot 
muammolarga 
ilmiy 
yondashuvlarda norasmiy ish bilan bandlik kambag‘allik, qoloqlik va 
qashshoqlik sabablik vujudga keladi deb izohlanar edi. Ilgarigi ilmiy 
qarashlarda 
iqtisodiy 
xufyonalik 
marginal 
qatlam 
sifatida 
tasvirlangan, ya’ni sobiq dehqonlar shaharlarda yuqori ish haqi izlab 
ketib qoladilar. Ammo past darajadagi malakaga ega bo‘lganliklari 
tufayli zamonaviy sanoat korxonalarida ishga joylasha olmaydilar. 
Shuning uchun xufyona faoliyat ko‘rsatib o‘zlarining yashash 
minimumini qiyinchilik bilan ta’minlaganlar. Ularning izohlashlariga 
ko‘ra yashirin iqtisodiy faoliyat yurituvchilar shahar hayotiga 
moslashib borganlari sari zamonaviy rasmiy iqtisodiyotga o‘ta 
boshlaydilar. Ilgarigi ilmiy qarashlar vakillarining fikricha norasmiy 
iqtisodiyot sektori-ijobiy istiqbolga ega bo‘lmagan iqtisodiy getto 
hisoblanadi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi 
shahar 
iqtisodiyotidagi noformal sektorning jadal rivojlanishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni jahon xo‘jaligi periferiyalarining degradatsiyaga 
uchrashi ko‘rsatkichi deb izohlaydilar. Shahar marginallarining og‘ir 
qismatini yengillashtirish uchun “so‘llar” milliy iqtisodiyotni davlat 
tomonidan nazorat qilishni kuchaytirishni taklif etadilar. Liberallar 
esa norasmiy sektorni modernizatsiyalashning salbiy oqibati deb 
qaraladi. 
E.de Sotoning bosh ilmiy yangiligi - xufyona iqtisodiyot 
genezisini tushuntirishga mutlaqo yangi yondashuvni ishlab 
chiqqanligi hisoblanadi. Uning fikricha, shahar norasmiy sektorining 
152
Q a r a n g : Сото Э. де. Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. 
М., 1995. 


kengayishining sababi qishloq migrantlarining qoloqligi tufayli 
rasmiy sektorda ish topa olmasligi emas, balki raqobat 
munosabatlarining 
erkin 
rivojlanishiga 
to‘sqinlik 
qiluvchi 
byurokratik (ma’muriy) tashkilotchilikdir. 
Boshqacha aytganda, E. de Soto “uchinchi dunyoda” xufyona va 
legal biznesni sifat jihatdan baholashni boshdan oyoq o‘zgartirdi. 
Uning fikricha, rivojlanayotgan mamlakatlarda legal iqtisodiyot 
merkantilistik aloqalar bilan tushovlangan, xufyonachilar esa 
o‘zlarining xususiy xo‘jaliklarini erkin raqobat tamoyillari asosida 
tashkil etib, haqiqiy demokratik iqtisodiy tartib o‘rnatadilar. 
Bu yerda eslatib o‘tish lozimki, merkantilizm Yevropada 
iqtisodiyot siyosat turi sifatida XVI - XVIII asrlarda hukmronlik 
qilgan bo‘lib, siyosiylashtirilgan xo‘jalik tizimi bo‘lib, unda 
tadbirkorlik faoliyatini qat’iy reglamentatsiya qilingan. Davlat 
iste’molchilarga nima ishlab chiqarishni tanlashga imkon bermagan, 
qanday iqtisodiy faoliyat turini belgilash va rivojlantirish yoki kerak 
bo‘lmagan faoliyat sifatida man qilish huquqini o‘zida qoldirgan». 
Davlat amaldorlarining bu “oliy darajadagi donoligiga” rivojlangan 
mamlakatlarda iqtisodiy liberalizm to‘liq g‘alaba qozongan XIX 
asrdayoq barham berilgan. Ammo hozirgi zamon bozor xo‘jaligining 
periferiyalarida merkanistik siyosat amal qilmoqda. Bu siyosat 
"so‘llar" va liberallar tomonidan qo‘lab-quvvatlanmoqda. 
E. de Soto rahbarlik qilgan Erkinlik va demokratiya instituti 
Peruda odatdagi legal biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 
shaxslarning to‘lashga majbur bo‘lgan xarajatlarini “qonuniylik 
bahosini” aniqlash uchun bir qancha iqtisodiy eksperimentlar 
o‘tkazishgan
153
. Aniqlanishicha, kiyim –kechak tikish bo‘yicha 
fabrikani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 289 kun va 32 eng kam oylik 
ish haqi miqdorida mablag‘ (pora, bojlar, yo‘qotilgan daromad) 
sarflangan. Hatto ko‘cha kioskasida savdo qilish uchun litsenziya 
olish uchun byurokratik labirintlar bo‘ylab yurish bo‘yicha 43 kun va 
15 eng kam ish haqi miqdorida pul mablag‘lari sarflangan 
(qarang:7.4.1-jadval). 
153

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling