Moliya” fanidan “Moliyaning mohiyati va funksiyalari” mavzuzida ilmiy loyiha bajardi: IX 50-2 guruhi talabasi


Download 64.6 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi64.6 Kb.
#258294
  1   2   3   4
Bog'liq
IX 50-2 Ernazarov R. Moliyadan ilmiy loyiha


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI BO’LIMI

MOLIYA” FANIDAN

Moliyaning mohiyati va funksiyalari” mavzuzida

ILMIY LOYIHA
Bajardi: IX 50-2 guruhi talabasi

R.Ernazarov

Tekshirdi: PhD, dots. Sh.Xamdamov

Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Reja:

Kirish

Asosiy qism


  1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

  2. Moliyaning funksiyalari

  3. “Moliya” fanining paydo b’lishi va rivojlanishida ajdodlarimiz xizmatlari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida xalq xo’jaligida pul resurslarini hosil etish ularni taqsimlash va ishlatish sohasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi.Jamiyatning ravnaqi, aholini farovonligi,yurtning tinchligini taminlash va boshqalarni amalga oshirish moliyaga borib taqaladi. Shuni takidlash lozimki , hamma pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarga kirmaydi. Jumladan, fuqarolik va chakana savdo ortasidagi (xattoki,chakana narxlar davlat tomonidan tartibga solish sharoitida ham) yuzaga keladigan pul munosabatlari davlat fuqarolik –huquqiy uslub bilan tartibga solishi tufayli moliyaviy munosabatlarga kirmaydi.

Moliya tarixiy kategoriya sifatida tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bolgan va u bilan birgalikda mavjud. Moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan ham kelib chiqadi,chunki davlat o’z vazifasidan kelib chiqib atrof muxitni ximoya qilish, mudofa, ijtimoiy tartibni saqlash nomoddiy soxalarni pul bilan taminlash aholini nochar katlamlarini ijtimoiy jixatdan ximoya qilish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini taminlash maqsadida.markazlashgan pul jamg’armalarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Shunday qilib moliya – bu iqtisodiy pul munosabatlarining yigindisi bolib, u yordamida yaratilgan jami ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yoli bilan korxona,tashkilot,birlashma va davlatni pul daromadlari va markazlashgan jamgarmalarini tashkil etish asosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va aholini moddiy va madaniy extiyojlarini qondirishni taminlashdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaning obyekti bolib korxona, birlashma va xalq xujaligi tarmoqlarining pul jamg’armalari va moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.

Moliyaning subyekti - bu moliya munosabatlarini ishtirokchilari, firmalar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat yuridik va jismoniy shaxslar.




Download 64.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling