Qadimgi dunyo tarixi
Download 203.63 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU JAHON TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o‘rganishdan maqsad
- 1.Qadimgi dunyo tarixi”ning nazariy-metodologik asoslari,uning maqsad va vazifalari.
- Ibtidoiy jamoa tarixini o‘rganish manbalari
- Paleogeografiya
- XIX asrda ibtidoiy jamoa to`g`risidagi aniq bilimlarning to`planishi va umumlashtirilshi.
- XX asrda ibtidoiy davrni tarixiy-etnologik rekonstruksiyasi.
1-ma’ruza: Kirish.“Qadimgi dunyo tarixi”ning nazariy-metodologik asoslari va manbalari. Ibtidoiy jamoa tuzumining shakllanishi Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga Qadimgi dunyo tarixi”ning nazariy-metodologik asoslari,uning maqsad va vazifalari, davrlashtirish va Ibtidoiy jamoa tuzumida o`zlashtirma va ishlab chiqaruvchi xo’jaligining paydo bo`lishi va rivojlanishi haqida ma’lumot berish. Kalit so‘zlar: ibtidoiy odam podasi, antroposotsiogenez, oykumen, egalitar jamiyat, stratifikatsiyalangan jamiyat,Paleoantropologiya, «tarixgacha lgan davr», «tarix arafasi», «tarixdan oldingi davr», oykumen, jez va temir asrlari, pleystosen, golotsen, paleoantropologik davrlashtirish, arxantrop,neoantrop, I.G.Morgan, yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya, F.Engels, egalitar (jamoa birdamligi), ibtidoiy odam podasi, antroposotsiogenez. Asosiy masalalar (Reja): 1.Qadimgi dunyo tarixi”ning nazariy-metodologik asoslari,uning maqsad va vazifalari. 2.Ibtidoiy jamoa tarixini o’rganish, davrlashtirish va uning manbashunosligi va tarixshunosligi. 3.Antropogenez jarayonini harakatlantiruvchi kuchlari va asosiy bosqichlari. 4.Ibtidoiy jamoa tuzumida o`zlashtirma va ishlab chiqaruvchi xo’jaligining paydo bo`lishi va rivojlanishi.
Qadimgi dunyo tarixi fani predmeti. Yerda odamning paydo bo’lishidan ilk sinfiy jamiyat va davlat shakllanishigacha bo‘lgan uzoq vaqtni o 'z ichiga oladigan davr ibtidoiy jamoa tarixi predmeti hisoblanadi. Turli mamlakat olimlari bu davrni ibtidoiy jamoa, eng qadimgi jamiyat, davlatgacha bo‘lgan jamiyat deb ataydilar. Bu davr insoniyat tarixining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Lekin u o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ibtidoiy jamoa tarixi asosan etnologiya, arxeo- logiya va paleoantropologiya fanlari ma’lumotlari asosida shakllan- tirilgan fandir.Ibtidoiy jamoa tarixining nomlanishida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarda fanda qo‘llaniladigan «tarixgacha bo‘lgan davr», «tarix aralasi», «tarixdan oldingi davr» nomlariga turlicha qarashlar mavjud. Ibtidoiy jamoa tarixini o'rganishning ahamiyati shundaki, insoniyat hayotining ko‘pgina hodisalari, jumladan, hozirgi hayot asoslari eng qadimgi davrda paydo bo‘ldi.Ibtidoiy jamoa tarixini aniq qayta tiklash insoniyat tarixiy taraqqiyotining juda murakkab bo‘lgan bosqichi hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichi bo’lgan ibtidoiy jamoa tuzumi yerda odamning paydo bolishidan ilk sinfiy jamiyat va davlatlar paydo bolishigacha bo’lgan uzoq vaqtni qamrab oladi. Insoniyat mavjud ligining ana shu bosqichi ibtidoiy jamoa tarixining
predmeti hisoblanadi.Insoniyat hayotidagi keyingi ko‘pchilik voqealar, shu jumladan, zamonaviy hayot eng qadimgi ibtidoiy jamiyatdagi jarayonlar asosida rivojlandi. Turar-joy, dehqonchilik va chorvachilik, ijtimoiy mehnat taqsimoli, nikoh va oila, axloq va yurish-turish, yozuv, tabiiy bilimlar, san'at va diniy e’tiqodlar-ulardan ayrimlari aynan ibtidoiy davrda shakllandi. Moddiy madaniyatning qator unsurlari evolutsiyasi, ijtimoiy normalar va mafkuraviy qarashlarni to‘g ‘ri tahlil qilish uchun, zarur bo’lgan manbalarga murojaat qilishga to ‘g ‘ri keladi. Bu manbalar juda xilma-xil bo‘lib, bu davr haqida atroflicha bilim hosil qilishga imkon beradi. Hozirgi davrda bu fan bo‘yicha to‘plangan manbalarning ilmiy- mantiqiy, nazariy va amaliy, bir-biri bilan aloqadorlikda tahlil qilish ilmiy jihatdan qimmatli xulosalar chiqarishga yordam beradi. Ibtidoiy jamoa tarixi fanini o‘rganishning ahamiyatli tomoni ham shundadir.
Hozirgi vaqtda Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi, Okeaniya va Avstraliyaning ic-hki hududlarida ayrim xalqlar yaqin vaqtlargacha ibtidoiy jamoa tuzumining turli bosqichlarida turgan edi yoki bu jarayon hozirgi kunda ham davom etmoqda. Ibtidoiy davr insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan davri bo‘lib, million yildan ko‘proq vaqtni o ‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina olimlar, eng qadimgi odam 1,5-1 mln. yil oldin pay do bo’lgan deb aytsalar, ba’zilar 2,5 mln. yil oldin paydo bo’lgan deb hisobiaydilar. Ammo bu oxirgi raqam emas. XX asrning so‘nggi yillaridagi ilmiy kashfiyotlar bu sanani uzaytirishi mumkin. Buning uchun ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish zaruriyati mavjud.Ibtidoiy tarixning eng yuqori chegarasi turli qit’alarda so‘nggi 5 ming yillikka borib taqaladi. Osiyo va Afrika mamlakatlarida er.avv. IV- III ming yilliklar oralig‘ida, Amerikada er.avv. I ming yillikda, oykumenning boshqa hududlarida yanada kechroq shakllandi.Ibtidoiy davr tarixini davrlashtirish bo‘yicha maxsus va umumiy (tarixiy) davrlashtirish bo‘yicha bir necha yonma-yon turadigan yo‘nalishlar mavjud. Maxsus davrlashtirishning eng muhimi-bu ilk odamlar o ‘z ehtiyojini qondirish uchun foydalangan xomashyo turlari va mehnat qurollari tayyorlash texnikasiga asoslangan arxeologik davrlashtirishdir. Fanda ilk bor qadimgi Xitoy faylasuflari eng qadimgi tarixni uch asrga: tosh, jez va temir asrlariga bo’lgan edilar. Qadimgi Xitoy faylasuflarining bu xulosalari XIX-XX asr boshlarida fanda to ‘plangan boy ilmiy ma’lumotlarga asoslanib, yana bir bor o‘z isbotini topdi. Tosh, jez va temir asrlari fanda mustahkam o ‘rnashib qoldi.Arxeologik davrlashtirish ibtidoiy davr tarixining mutlaq va nisbiy xronologiyasi bo‘yicha keng imkoniyatlarni ochadi. Arxeologik davrlarni Yer tarixining geologik davrlari bilan moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Odamning mavjudlik vaqti to‘rtlamchi geologik davrga to‘g‘ri keladi. Uni fanda ikki davrga: muzlikdan oldin (pleystosen) va muzlikdan keyingi (golotsen) davrga boMish qabul qilingan. Ilmiy tadqiqotlar natijasida muzliklarning to‘rt marta bostirib kelishi va chekinishi aniqlangan. Arxeologik jihatdan pleystosen paleolitga va to ‘la mezolitga to‘g‘ri keladi. Neolit golosen vaqtiga mos keladi.Ibtidoiy tarixni paleoantropologik davrlashtirish insonning bioloqadimgi (paleoantrop) va zamonaviy odam qazilmasi (neoantrop)ning yashagan davrlarini ajratishdir.Insoniyatning eng qadimgi davrini umumiy tarixiy davrlashtirish keyingi yuz yildan ko‘proq vaqtda etnik-etnografik va arxeologik im ’lumotlar asosida davoin etmoqda.Itii yo'iuilisluln nincrikalik etnolog I.G.Morgan (XIX asr boshlari) ilk hoi iliniy- iimaliy ladqiqot ishini amalga oshirdi. U XVIII asrda qahul (|iliiiy,iin tiuixiy jnrayonni yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiyaga bo’lmisluga, ishhib chiqarisli kuchlarining («hayot uchun ishlab chiqarisli vosilalari») rivojlanish darajasi mezonlariga asoslanib, yuqorida aytilgan liar bir davrni quyi, o'rta va oliy bosqichga bo‘ldi. Yovvoyilikning quyi bosqichi odamda nutq-so‘zlashuvning paydo boMishi bilan boshlanadi degan tushuncha shakllandi. 0 ‘rta bosqich - baliqchilikning paydo bolishi va olovdan foydalanishdan, oliy bosqich - o'q-yoyning kashf etilishidan boshlanadi. Varvarlikning quyi bosqichiga o‘tish kulolchilikning tarqalishi bilan, o ‘rta-dehqonchilik va chorvachilikning o ‘zlashtirilishi, oliy - temirni tatbiq etish bilan boshlanadi.Bu davrlashtirish tarix fani bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib borgan F.Engels tomonidan o ‘zlashtirilib, ilmiy-nazariy jihatdan qayta ko‘rila boshlandi. F.Engels L.Morganning davrlashtirishini umumlashtirdi: yovvoyilik davrini - o ‘zlashtiruvchi, varvarlik davrini - ishlab chiqaruvchi xo‘jalik davri deb, ibtidoiy jamoa tarzxining o ‘ziga xos boshlangMch vaqtini, ya’ni yovvoyilikning quyi bosqichini «odamlar podasi» davri deb nomladi. Ibtidoiy jamoaning rivojlanishidagi asosiy bosqichlarida taqsimot va mulkchilik munosabatlaridagi muhim o ‘zgarishlar ibtidoiy iqtisodni o ‘rganish asosida belgilandi. tarixini davrlashtirishda, ko‘pgina olimlar, uni to‘rt bosqichga bo’ladilar: jamoa arafasi (ibtidoiy odam podasi), ilk ibtidoiy vn so'nggi ibtidoiy, ibtidoiy qo‘shni (dehqon jamoasi arafasi) jamoalar. Ihlitloiy jamoa tarixini umumiy davrlashtirishga qarab, tarixchilar cj’iililnr va stratifikatsiyalangan yoki toifaviy jamiyatlarni belgilaydilar. I'igalitar (jamoa birdamligi) jamiyatlar ibtidoiy jamoa davri inmiyatlariga, stratifikatsiyalangan jamiyatlar sinflaming shakllanish ilnvri jamiyatlariga mos keladi. Ibtidoiy jamoa tarixi jamoa arafasi (ibtidoiy odam podasi, antroposotsiogenez)dan boshlanadi. Bu davr maqsadli mehnat faoliyatining yuzaga kelishi, hozircha mo‘rt ishlab chiqarisli jamoasini tashkil qilgan eng qadimgi odam-arxantroplarning paydo bolishi bilan belgilanadi.
Ibtidoiy jamoa tarixini o ‘rganish xilma-xil manbalar asosida amalga oshiriladi. Manbalar ustida ishlash natijasida maxsus manbashunoslik fani shakllandi. Tarixiy manba tushunchasini nazariy jihatdan tavsiflagan olim L.Danilevskiy hisoblanadi. Nazariy bilishga ko‘ra, «manba»ning empirik ma’lumot bilan bizni hissiy qabul qilishimiz mumkin bo’lganliar qanday ma’lumot bolishi mumkin. Ilmiy-empirik ma’noda u o ‘zi uchun emas, balki uning yaqin vositasi bilan boshqa obyekt to‘g ‘risida bilim olinadigan har qanday mavjud obyekt manba deb atalishi mumkin. Tarix fani sohasida taklif etilayotgan bu tushuncha obyektning mavjudligi va uning boshqa obyektni o ‘rganish uchun yaroqliligi tushunchasi kiritiladi. Aslida, tarix fani bilan shug‘ullanadigan har qanday tadqiqotchi uchun bunday obyekt, uning ongidagi «ma’lumot» sifatida tasavvur qilinadi. Tadqiqotchi nafaqat uni o ‘z tushunchasi deb lan olib qolmaydi, balki uning mazmuniga amalda mavjudlikni ko‘radi. Aks holda, manba tadqiqotchining hissiy qabul qiladigan obyekti bolmay qolishi mumkin. Manbalarni mazmuni bo‘yicha ham bolish mumkin: 1.Daliliy mazmundagi manbalar. 2.Normativ mazmundagi manbalar. Daliliy mazmundagi manbalarning o ‘zini g ‘oyaviy mazmunli manbalar va maishiy mazmundagi manbalarga bolish mumkin. Ma’lum vaqtda, ma’lum joyda yashagan odamlarning fikr va his-tuyg‘ularini o‘rganish uchun ashyo beradigan manbalar g ‘oyaviy mazmunli manbalar hisoblanadi. Misol uchun, diniy e ’tiqod buyumlari, poetik va , prozaik adabiyotlar asarlari. Bunday xildagi manbalarni ularga xos bo’lgan g ‘oyalar, kechinmalar va ularni aks ettiradigan sujetlarning har xilligiga qarab guruhlashtirish mumkin. Misol uchun, adabiyot asarlarini sujetlar bo‘yicha turkumlash va hokazo. Maishiy mazmundagi manbalarga ma’lum vaqtda aniq hududda yashagan odamlarning maishiy turmushi mazmuni aks etadi. Misol uchun, maishiy turmush texnikasi, turli xil ish qog‘ozlari.Normativ mazmundagi manbalar o ‘z navbatida, yana bir necha guruhlarga, aynan sof normativ manbalar va utilitar normativ mazmunli manbalarga boMinadi. Sof normalar bizning ongimizdagi mutlaq qadriyatlarni belgilash mumkin. Sof normativ xususiyatga ega bo’lgan manbalar mantiqiy va ilmiy normalarning bayonini o ‘zida aks ettirishi mumkin (mantiqqa yoki boshqa fanlarga oid traktatlar, axloqiy normalar bayoni, misol uchun, qandaydir axloqiy ta’Iimot, qonunchilik tizimi). Utilitar-normativ tusdagi manbalar tarkibiga texnika qoidalari kiradi. Tasvirlovchi manbalar begona tafakkur to ‘g‘risida ko‘rgazmali tasavvur berishi mumkin. Misol uchun, tarixiy mavzularda yaratilgan rasm-tasvirlar. Mashhur Pompey mozaikasi, Issa yonidagi Doro va Iskandar qo‘shinlari o‘rtasidagi Arrian tasvirlagan jang tasviri ko‘rgazmali tasavvur beradi. Tasvirlovchi manba ma’lum bir madaniyat yoki dalil to ‘g ‘risida uning lahza kesimida tasavvur hosil qiladi. Ashyoviy yodgorlik bizda asosan rasm- kartina tarzida ko‘rinadi. Rasm-kartina so‘z emas, u bir daqiqada ko‘zdan kechiriladi. Bu lahza ichida ma’lum voqelik vaqt chegarasida emas, bo‘shliqda uning unsurlari to‘g‘risida tarixchiga tushuncha beradi. Ashyoviy manba bu voqelikning evolutsiyasini, vaqt bo‘yicha uning yurishini bera olmaydi. Ibtidoiy jamoa tarixini o‘rganish manbalari. Ibtidoiy jamoatarixini o ‘rganish uchun gumanitar va tabiiy tarixiy sikllar bo‘yicha turli fanlar manba bo’lib xizmat qiladi. Bular sirasiga quyidagi fanlar kiradi:
va fiziologik o ‘ziga xos tomonlarini o ‘rganadi. Shu bilan birga, uning ichida odamlarning maymunsimon qazilma qoldiqlarini o‘rganadigan maxsus bo‘lim- tarixiy antropologiya mavjud. Insoniyat rivojlangan to ‘rtlamchi geologiya — bizning sayyoramizni to‘rtlamchi geologik tarixiy voqealarini qayta tiklaydi. Antropologiya, odatda, uch bo‘limga - odam organizmi o ‘zgaruvchanligining umumiy qonuniyatlari to‘g ‘risidagi morfologiya, odamning kelib chiqishi - antropogenez va irqshunoslikka bo‘linadi. Bu antropologiya fanini tadqiqot predmeti bo‘yicha ajratadi. Lekin etnik antropologiya tushunchasi ham mavjud bo‘lib, u xalqlarning antropologik o ‘ziga xos xususiyatlarini o ‘rganib, etnogenetik jarayonlarni rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanadi. Arxeologiya - turli davr odamlarining moddiy madaniyat qoldiqlari, ulami topografik kenglik asosida o ‘rganish u yoki bu aniq jamiyatlar ichida ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy hayotni qayta tiklashga harakat qiladi. Ibtidoiy jamoa tarixini o‘rganishda birinchi o ‘rinni egallaydi. Chunki u bu fan sohasini to ‘g ‘ri dalillar bilan ta’minlaydi. Arxeologik topilma madaniyat dinamikasining tashqi shakllari dinamikasini tipologik xillashtirish va stratigrafik qatlam asosida kuzatishga imkon beradi. Bunda ilk shakllar kechkilardan ajratiladi va ulardagi o ‘zgarishlaming xronologik ketma-ketligi o‘matiladi. Ana shu asosda insoniyat madaniyati progressi butun ibtidoiy jamiyat tarixi davomida kuzatiladi. Etnologiya - zamonaviy qoloq jamiyatlar madaniyatining barcha tomonlarini o ‘rganadi, ibtidoiylikda tarixiy jarayonning o ‘z kuzatishlari va xulosalarini loyihalashtiradi. Etnologiya fanining metodologik va metodik asoslari yoki bu xalqning madaniyati va turmushi, ijtimoiy muassasalari va ijtimoiy tuzilmasini tadqiqot predmeti sifatida tasvirlashdir. An’anaviy ravishda bunda ibtidoiy jamoa tuzumida yashaydigan xalqlarga eng asosiy e ’tibor jalb qilinadi.
vaqt o‘tishi davomida odam yashaydigan yer yuzasidagi o‘zgarishlar, to‘rtlamchi davr davomida okean sathi va bu sathning o‘zgarishi, qirg‘oq tektonikasining intensivligi, iqlim jiddiy o‘zgarishlari, mahalliy o ‘ziga xos xususiyatlari, qaysiki, u oykumenning turli hududlarida har xilligi to‘g ‘risida ma’lumotlar beradi. Arxeozoologiya - eng qadimgi hayvonlar qazilma qoldiqlarini o ‘rganadi. Yovvoyi hayvonlar, qushlar, baliq va umurtqasizlarning suyak qoldiqlari, ovchilik, baliqchilik va termachilikning xususiyatini rekonstruksiya qilish uchun muhim o‘rin tutadi. Arxeobotanika-bu yo‘nalish qadimgi flora dunyosining o ‘simlik qoldiqlari, don urugMari, yovvoyi va madaniy o ‘simliklaming gul changlarini qazilma topilmalarini o ‘rganadigan yo‘nalish. Hozirgi mavjud floraning o ‘tmish asoslarini tadqiq qilish retrospektiv amalga oshiriladi. Arxeobotanika ashyolar arxeologiya, ibtidoiy jamoa tarixini absolyut vaqt hisobi vositasi bilan ta’minlaydi, uning yordami bilan belgilanadigan vaqt bir yilgacha aniq belgilab beradi.
hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Faqat jez davrida turli hududlardagi tillaming holati to ‘g ‘risida birinchi to ‘g‘ridan-to‘g ‘ri va bilvosita ma’lumotlarni olamiz. Lingvistlar til genezisi va til voqeligiga yuqoridan yondashadilar va tilni qavat- qavat rekonstruksiya qilib, tilning ilk nuqtasigacha chuqur tadqiq qiladilar.
Ulaming rekonstruksiyasi neolit yoki yuqori paleolit davrigacha yetib boradi. Ibtidoiy jamoa tarixining ilk davri uchun til axboroti mavjud emas, faqat bu yerda gipoteza bor xolos.Yozuvning paydo bo‘lishi. Alohida tillar va ularning oilalarini ilk holatlarining lingvistik rekonstruksiyasi yozma yodgorliklar bilan nazorat qilinadi va daliliy tus oladi. Qadimdan qabilalar, xalqlar, qo`shni xalqlar urf-odati, an`analari, turmush- tarzi to`g`risida bilishga qiziqishgan. Bu qiziqish natijasida ibtidoiy jamoa tarixi vujudga keldi. Dastlab xalqlarni etnologik kuzatish qadimgi Misrda boshlandi. Ular o`z qo`shnilari giksoslar to`g`risida yozma manbalarda yozib qoldirganlar. Shuningdek, antik dunyo yozuvchilari Gerodot skif va massagetlar, Ksenofond Kichik Osiyo xalqlari, Strabon Kavkaz va jannubiy Yevropa xalqlari, Y.Sezar va Tatsit germanlar to`g`risida ajoyib ma`lumotlar qoldirdilar. Rimlik faylasuf Tit Lukretsiy Kar “Narsalarni tabiati to`g`risida” asarida insoniyat jamiayati, tabiat dunyosini shakllanishini falsafiy tasvirladi.O`rta asrlarda etnologik kuzatishlar bilan Beruniy, M.Qoshg`ariy, Tabariy, Ma`sudiy, ibn Xavlak Rashiddudin va boshqa olimlar shug`ullanib, xalqlar tarixi bo`yicha ko`plab asarlar yozdilar.Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida XVI-XVIII asrlarda yevropaliklar o`zlariga ma`lum bo`lmagan yuzlab xalqlar to`g`risida ma`lumotlarga ega bo`ldi. Buning natijasida yevropaliklarning bu hududlarga kirib borishi bilan an`anaviy turmush tarzida yashaydigan xalqlarning noyob madaniyatlari yo`q qilindi. XVI asrda yangi dunyo madaniyati to`g`risida M.Monten “Tajriba”, XVIII asrda J.Lafito “Amerika hindulari haqida” asarini yozdi. XIX asrda ibtidoiy jamoa to`g`risidagi aniq bilimlarning to`planishi va umumlashtirilshi. XIX asrda ibtidoiy jamoa tuzumi to`g`risidagi bilimlar.XIX asr boshlarida etnologik dalillar ko`plab to`planib, ularni qayta tiklash va konsepsiyalar yaratish kerak edi. Natijada turkumlash va umumlashtirish boshlandi. 1839-yil Ch. Darvin evolyutsiya nazariyasi asoslarini shakllantirishi bilan biologiya ibtidoiy jamoa tarixi ustida ishlayotgan tadqiqotchilar fikriga ta`sir qildi. XVIII asrdan ilk arxeologik qazishmalar qayta o`tkazilib, ko`plab mehnat qurollari topiladi. Topilgan mehnat qurollarini turkumlashni daniyalik arxeolog K.Tomsen amalgam oshirdi. 1836-yil olim Kopengagenda muzeyda ekspozitsiya tashkil qilib, mehnat qurollari tosh, mis, jez, temir buyumlarni oddiylikdan murakkablikda ketma-ket xronologiyaga qo`ydi. Uni izdoshi J.Nilson turli xalqlarning madaniyatni arxeologik ashyolar bilan qiyosiy taqqoslab, ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtirdi. To`plangan etnologik kuzatishlarni G.Klemm umumlashtirib, 10 jildli (1843-52) va 2 jildli (1854) asarlar yozdi. XIX asrda L.Morgan “Qadimgi jamiyat” asarida shimoliy Amerika hindulari boy madaniyati, urf-odati, an`analarini tasvirladi.XIX asr 60 yillarida arxeolog J.Lebbok tosh davrini paleolit va neolit bosqichlariga ajratdi. XIX asr oxirida G.de Mortilye tosh asrni texnologik dinamikasini ishlab chiqib, tosh asrini shell, ashell, mustye, solyutre, madlen bosqichlariga bo`ldi.
XX asr ibtidoiy arxeologiyasi va paleoantropologiyasi.Tosh davrini o`rganishda geologiya, paleontologiya, paleobotanika, paleklimatologiya fanlari
erishgan yutuqlar muhim. Ibtidoiy odam g`orlardan manzilgoh sifatida foydalangani ma`lum bo`lgach, Yevropa (Lasko g`ori, Sen Shapel, Altamir), Osiyo (Teshiktosh g`ori), Afrikada ko`plab g`orlar ochildi. Ko`p g`orlarda dafn etilgan mayitlar, tosh qurollari, suyak buyumlari g`orlardan topilib tadqiq qilindi.Neolit davri bo`yicha arxeologiya, antropologiya ulkan ma`lumotlarni to`pladi. 1930-yil arxeolog G.Chayld neolit inqilobini shakllantirdi. 1924-yil Janubiy Afrikadan avstrolopiteklarning qoldig`i (arxeolog R.Dart bola bosh chanog`i qoldig`ini tadqiq qildi). 1927-yil Xitoydan sinantrop qoldig`i (dastlab paleontology D.Bleyk, to`la F.Vaydenrayx tadqiq qilgan), 1856-yil G,Shvalbe Dyusseldorf yaqinida neandertal odam qoldig`ini topdi. Olim bosh chanog`ni zamonaviy odamning bosh chanog`i bilan taqqoslab, 1907-yil neandertal odamni ibtidoiy odam deb tan olishni taklif qildi. F.Engels antropogenez jarayonida insoniylashtirish omilini va ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtirish muammosini hal qilishda katta hissa qo`shdi.
Ch.Darvin odamni paydo bo`lish jarayoniga biologic qonuniyatlar ta`sirini joriy qildi.U jinsiy tanlovga jiddiy ahamiyat berdi.Nazariyaga ko`ra odam primatdan jismoniy tuzilishini o`ziga xosligi morfologik xosligida.Bu morfologik alohidalik dumlarni ayollar tomonidan tanlab olinishi natijasi edi.Shu sabab ko`payishda erkaklar ko`p avlod qoldirdi.Odamni turini rivojlanishiga hal qiluvchi rol o`ynadi. Olimlar tik yurishni maymundan odamga aylanishda hal qiluvchi qadam deb belgilashdi.Tik yurish odamni hayvonot dunyosidan ajratgan o`tib bo`lmaydigan tubsizlik bo`ldi.Ikkinchi guruh hal qiluvchi rolni qo`lga berdi.Odamni qo`lga ega bo`lishi tabiatni o`zgartirishga yordam berdi.Uchinchi guruh miya rivojlanishiga berdi.Antropogenez muammosida bu farazlarning barchasi bir tomonlama edi.Odamni paydo bo`lishiga ijtimoiy omilga antropogenezning mehnat nazariyasi muhim.Nazariyani F.Engels “Tabiat dialektikasi” asari bobi “Maymunni odamga aylanishida mehnatni roli”da shakllantirdi. Odamning mehnat faoliyati ozuqa topish va o`z xavfsizligini taminlashga qaratilgan.Bu jarayon odamni qiyofasini o`zgartirgan.Haqiqiy mehnat tosh, suyak va yog`ochdan qurol yasash bilan boshlandiQuroldan foydalanish boy flora va faunadan ko`proq foydalanishga imkon berdi.Bu ibtidoiy jamoani kuch-qudratini oshirdi.Ibtidoiy jamoa tarixini 1-davri ilk paleolit tabiiy tanlov, harakat va ijtimoiy- tarixiy bosqich. 2.Tik yuradigan odam. Homo erectus-tik yuradigan odam 1,6 mln yil oldin. Homo hobilisdan kelib chiqdi.Katta bosh miyaga ega.Yanada takomillashgan qurollar tayyorlagan.Yangi yashash joylarni kichik guruhlar bilan Afrika, Yevropa va Osiyoni egalladi.Mahalliy ko`payish turli xil yo`llar bilan kechdi.Bundan 400 ming yil oldin Yevropada ba`zi odamlarda Homo sapiens belgilari paydo bo`ldi.Bundan 200 ming yil oldin Homo erectus qirilib ketdi.U o`zining avlodlari tomonidan raqobat qurboni bo`lgan.Homo erectus Homo hobilisga qaraganda katta miya va gavdaga ega. Uning bosh chanog`i inson tipining barcha vakillari ichida eng qalini.Ibtidoiy belgilarni saqlab qolgan.Uning bosh suyagi uzunroq va past qo`yilgan .Qalin ko`z usti bo`rtmalari, yuzi yassi.Yirik jag`lari oldinga chiqqan.Katta tishlari
Homo habilisni tishlaridan kichik, iyagi yo`q.Bo`yni orqasidagi kuchli muskullar orqa bosh iyagi do`ngiga qo`shilgan.Miya hajmi o`rtacha 880-110 sm 3 Ba`zi
balog`atga yetganlarining bo`yi 1,8 m Homo erectus 1,8mlndan 200 ming yilgacha yashagan.U dastlab Afrikada paydo bo`lgan.Keyinchalik Yevropa, Sharqiy Afrika (sinantrop va Janubiy-sharqiy Osiyoga (pitekantrop) tarqalgan.Guruhlarning ko`payish evolyutsiyasi har xil bo`lgan.Ilg`or texnologiya va olivdan foydalanish bu turga yangi iqlim sharoitiga yashashga o`rgatdi. Homo erectus geologik davr ilk va o`rta pleystosen davrida yashadi.Ilk va o`rta pleystosen davri 2 mlndan 10 ming yilgacha.Birinchi bosqich muzlik davri Shimoliy Amerika va shimoliy-g`arbiy Yevroosiyogacha keldi.Bu muzlik asri muntazam sovuq, muzlash, muzlik qatlami, tog` muzliklaridan iborat edi.Keyin muzlik chekindi.Sovuq va issiq bosqich aralashib, muzliklar oralig`i bosq1ichi bo`ldi. Muzlik davrida Yevropa, G`arbiy va Sharqiy Osiyoda poygina sovuq bo`lmagan. Shu sabab bu hududlarni landshafti mo`tadil bo`lgan.Sovuq tundra va o`rmonlar paydo bo`lgan.Sovuq iqlim yirik sut emizuvchilarni tarqalishiga sharoit yaratdi. Bu hayvonlar Xitoyda gienalar, bobrlar, kiyik, korkidon va fillar edi.Tropik o`rmonlar alohida orollarga aylandi.Muzlik davrida okeanlar hajmi qisqardi. Dengiz sathi 100 m ga pastga tushdi.Quruqliklar hajmi kengaydi.Natijada Janubiy-sharqiy Osiyodagi orollarga odamlar kela boshladi.Muzliklar oralig`ida shimoliy hududlarda iqlim iliy boshladi.Sutemizuvchi gippopotam va merk karkidonlari Janubiy Angliyaga tarqaldi. Dengiz sathi 50 m ga ko`tarildi.Qirg`oq bo`yi orollari qurqlikdan ajraldi.Tik yuradigan odamning qoldiqlari Sharqiy Afrikadan topilgan.Uning yoshi 1,6 mln yilga teng. Bu tur Homo urug`ining miyali, rivojlangan tafakkurli vakili.Qazilma topilmalarning ko`pi bosh chanog`i va jag` suyaklari.Bu odam Sharqiy Afrikadan qit`aning eng uzoq chekkalariga tarqalgan.Qazilma topilmalar bir-biri bilan ham bog`langan.Afrikadan topilgan Homo erectus topilmalari: Ternifin –yirik tishlar, og`ir quyi jag`, ikki jag` va bosh chanog`i yonma –yon topilgan. Jazoirning Ternifin degan joyidan. Yishi 700 ming yil. Koobi For a – ko`z usti og`ir bo`rtmalari, bosh chanog`i. Eng to`la va eng qadimgi Homo erectus bosh chanog`i. Joyi Keniyaning Turkana ko`lidan sharqda. Yoshi 1,6 mln yil. Svantkrans –besh tishli quyi jag` parchasi. Kalla suyagi”telantropus” avstralopitek yoki Homo habilisga mansub deb hisoblangan. Joyi Janubiy Afrika. Yoshi 1 mln yil. Homo erectus Yevropaga 1,5mln yil oldin paydo bo’lgan. Yevropadan topilgan Homo erectus suyak qoldiqlari 500-300 ming yoshga teng. Ularni ko’pida Homo sapiens turiga xos ayrim belgilar bor.Tadqoqotchilar bu topilmalarni ikki tur o’rtasidagi oraliq shakllarga mansub hisoblaydi.Homo erectusga mansub ularning
ajdodlari Yevropaga muzlik chekinga kelganMuzlik davrida ular boshqa turdan ajralib, bizning tur yo’nalshida rivojlandi Yevropadan topilgan Homo erectus topilmalari Geydelberg odami-tishlar, og’ir quyi jag’ iyaksiz oldinga chiqqan keng yuz Joyi Germaniyani Geydelberg yaqinidagi Mauer qishlog’i Yoshi 500 ming yil Totavel bosh chanog’i-katta qosh usti bo’rtmalari keng yuz, uzun tor miya qopqog’i, yassi peshona Joyi janubiy G’arbiy Fransiyani Totavel yaqinidagi Araga g’ori Yoshi 400 ming yil Verteshsyoll bosh chanog’I –bo’yin suyagi yo’g’on Joyi Vengriya, Budapesht g’arbida Verteshnyoll qishlog’i Yoshi 400 ming yil Petralon bosh chanog’i-keng aasos va yuz qismi, qosh usti xaltasi egilgan burishgan peshona Miya hajmi 1230sm 3 Joyi Gretsiya Solonika yaqinida Petralon g’ori Yoshi 300 ming yil. Homo erectusning ko’p qazilma qoldiqlari Osiyoda. Topilmalarning ko’pi Yava oroli va Xitoydan topilgan.Homo erectusga tegishli bir bosh chanog’I Hindistondan ham topilgan.Markaziy Osiyodagi this qatlamidan pitekantropning eng qadimgi ilk namunalari topilganUning yoshi 1,5 mln yil Frinilning Yava qatlamidan sinantrop qoldiqlari topilgan U Pekin yonidan topilgan 40 dan ortiq qoldiqlar asosida ma’lum Yoshi 700 ming yil Bularning barchasi ikkinchi jahon urushi davrida yo’qoldi. Faqatgina ularning qoldiqlari saqlanib qoldi Barcha Osiyo gominidlariJanubiy Xitoy dengizi qirg’oqlari yaqinida yashadi Homo erectus Indoneziya va xiyoy oralig’idagi zond shelfini o’zlashtirdi Osiyodan topilgan Homo erectus tpilmalari Pitakentrop 4-qalin devorli bosh chanog’I parchasi va og’ir yuqori jag’ Joyi sangiron yava oroli Yoshi 1 mln yil Lantyan bosh chasnog’i- miya hajmi 780sm. Og’ir egilgan ko’z usti qabariqlari. Alohida topilgan i\ykasiz quyi ja’gda 1/3 ildiz tishlar yo’q Joyi Xitoy , Latyan okrugi Shemsi provelsiyasi. Yoshi 600 min gyil Sinantrop – miya hajmi 1075 sm, mayday tishlar. Eng qadimgi Osiyo shakllaridan ja’gi qisqa Jpoyi Xitoy, Pekin yaqini Chejoukoutyan qishlog’i. Yoshi 365 ming yil Sharqiy Afrika 1,6 mln 6 yil oldin tosh qurollarning yangi turi paydo bo’lgan Bu qurollar qo’l chopqisi edi.Bu qurol musht hajmidagi tosh parchasi edi. Bu qurollar boltasimon tig’(Klevir) shaklida o’tkir tosh parchasi bilan hayvon go’shti maydalangan. Ilk davrda odamning so‘z boyligi juda qashshoq edi. So‘z zaxirasi o‘ttiz yoki qirq tovushlardan tashkil topgan. Ular so ‘z emas, aynan tovushlar edi. Ular doimiy ahamiyatga ega boMmay, unga q o ‘shimcha yoki boshqa tovush qo‘shib bo`lmagan. Ilk odam faqat o ‘z tovush-so‘zini uzoqlik va balandlikda tezlashtirish yoki sekinlashtirishi bilan ohangini o ‘zgartirgan. Qandaydir tovushning ahamiyati uni tez yoki asta-sekin chiqarilishi bilan o'zgargan.Odam faqat atrofdagi aniq narsalar to ‘g‘risida o‘ylab, aniq buyumlar to ‘g ‘risida tovush chiqargan. Imo-ishora usuli ilk odamning boshqa odam bilan aloqasining asosiy vositasi edi. Qandaydir oddiy, mavhum mushohada ilk odamning tafakkurida umuman yot edi. Qachondir kimnidir miyasiga bir o ‘y kelib qolsa, u o ‘z fikrini boshqalarga uzatishi ju d a qiyin edi. Buning uchun tovushlar y o ‘q edi.Ibtidoiy odam kinetik nutq-imo-ishoralar tiliga ega edi. U ovozli tilga aylana bordi. Tilning ovozli rivojlanishi uchun m a’lum oraliq vaqt o ‘tdi. Odamlar orasida tugMlib borayotgan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash uchun imo-ishora mazmunga ega bo`ldi. U qandaydir xabarni olib keldi. Xabar va imo-ishora abadiylashdi. Xabar imo-ishoraga bogMandi. Imo-ishoralar bilan unga bogMangan m a’lum bir mazmuniarning mosligi nutq taraqqiyotida tovushgacha bo’lgan bosqich edi. Imo-ishora kommu-nikatsiyasi tizimi o ‘zaro tushunish uchun rivojlandi. Til leksikasi asta-sekin o ‘sdi va uni amalda odamlar orasidagi munosabatlarda ishtiroki kuchaydi. Bu uning boyishiga olib keldi.Qachon nutq paydo bolgani to ‘g ‘risida aniq m a’lumotlar yo‘q.Ibtidoiy jam oa davrida til rivojlanib borgan. Turli urug‘-qabilalar k o‘p tillar va ularning shevalarida gaplashganlar. Bir-biridan uzoqda yashagan va aloqada boMmagan urug‘- qabilalarning tillari bir-biridan farq qilgan. Lekin yaqinda joylashgan qo‘shni tillar o ‘zaro tushunarli bolgan. Yaqin qo'shnilar bir-birlari bilan mahsulot ayirboshlash, nikoh aloqalari va boshqa munosabatlarni amalga oshirganlar. Til aloqa vositasi bo’lib, ular bir-biriga tushunarli bo’lib, o ‘zaro boyigan.Tilning umumiyligi etnik birliklar bilan, boshqacha aytganda. bir madaniyat (til ham qo‘shiladi)ga ega bo’lgan odamlar birligi bo’lgan etnik birliklar o ‘zligini anglash o ‘zligi nomida aks etadi. Od am irqlari. Hozirgi zamonaviy odam bir turga mansub insoniyatning birligi, kelib chiqishining uniumiyligi, tuzilishining o‘xshashligi, avlodining m a’lumligi turli irq vakillari o ‘rtasidagi nikohdan kelib chiqadi. Barcha odamlarning aqliy va jismoniy rivojlanishining umumiy darajasi bir xil. Homo sapiens turi ichida uchta katta irq: negroid, yevropoid va mongoloid ajratiladi. Ularning har biri kichik irqlarga bo’linadi. Irqlar o'rtasidagi farqlar teri rangi, ko‘z, burun, lab shaklining o ‘ziga xosligiga borib taqaladi. Bu farqlar odam populatsiyalarining mahalliy tabiat sharoitlariga moslashuvi natijasidir.Odamning butun yer sharida tarqalishi irqiy ajralishga olib keldi. So‘nggi paleolit odamlarining bosh chanoqlari topilmalarida hozirgi vaqt-da mavjud insoniyat irqiy bolinishining asosiy xususiyatlari yetarlicha aniq ifodalangan. Ular qit’a chegaralari bo‘yicha aniq mos tushadi. Yevropoid irqi ko‘proq Yevropada,
mongoloid - Osiyoda, negroid irqi Afrika va Avstraliyada shakllandi va joylashdi. Chegara hududlar - O‘rtayer dengizi, Yevropa qirg'oqlarida negroid irqi, Afrikada - yevropoid guruhlari; Kavkaz va 0 ‘rta Osiyoda yevropoid irqi vakillari o‘rnashdi. Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda negroidlar mongoloid va yevropoid-lar bilan aralashdi. Uch asosiy irqning morfologik har xillikda shakllani-shida asosiy o ‘rinni ikki omil egalladi. Negroid irqining klassik vakillari ju d a qora teri, jingalak sochlar, ju d a keng burun, qalin lablarga ega. Bu belgilar majmuasi ju d a yuqori harorat va katta miqyosdagi namlik iqlimiga qulay fiziologik moslashuv misolidir. Odatda tropik iqlim sharoitida osiyo va yevropa irqi o ‘zini ju d a yomon his qiladi. Afrikaliklar esa bu iqlimda o ‘zini juda yaxshi his qiladi. Chunki afro- avstraliyaliklardagi morfologik o ‘ziga xoslik o ‘zini yaxshi his qilishiga sabab bo`ladi. Ularda terming qora rangi teri qatlamlarida uni kuyishdan saqlaydigan alohida melanin pigmenti tufayli hosil boladi. U boshqa irq vakillari terisida ham mavjud, lekin kam miqdorda boladi. Jingalak sochlar bosh atrofida uni qizib ketishidan saqlaydigan alohida havo o ‘tkazadigan qatlamni hosil qiladi. Mongoloid irqi issiq, lekin quruq kontinental iqlimli hududlarda, yarim sahro va chol landshafti sharoitlarida, quruq va sovuq shamol havoda ju d a katta miqdorda changni ko‘taradigan hududlarda shakllandi. Bundan iqlim qandaydir himoya vositalarining hosil qilinishiga sabab bo`ldi. Shu sababli, mongoloid irqi vakillari yuzi yevropoid va negroid irqlari yuzidagi y o g ‘ qatlamidan k o ‘p miqdorda qalin bolgan y o g ‘ qatlamiga ega. K o ‘zning tor kesimi va ko‘zning ichki burchagi - epikantasda alohida burmalar mavjudligi bilan belgilanadi. Mongoloid irqining bu o ‘ziga xos morfologik xususiyatlari iqlimga moslashish natijasida paydo boldi. Yevropoid irqining eng asosiy morfologik belgisi - oldinga kuchli chiqqan uzun burunning mavjudligi iqlimning irqlarning shakllanishidagi ta ’siri natijasi deyish mumkin. T o ‘rtinchi bosqich oxirida Yevropaning nisbatan sovuq iqlinii odam organizmini sovuqdan saqlash uchun mosla-shuvni shakllantirish zaruriyatini tug‘dirdi. Uzun va oldinga chiqqan qirra burun b o ‘shlig‘i havoning nafas olish yollarigacha borishini uzaytirdi va uning isishiga yordam berdi.
Nazorat savollari: 1. Ibtidoiy jamoa tarixi predmeti to‘g‘risida tushuncha bering? 2. Ibtidoiy jamoa tarixini davrlashtiring? 3. Ibtidoiy jamoa tarixi asosiy bosqichlarini ko‘rsating? 4. Ibtidoiy jamoa tarixini o ‘rganishning ahamiyati nimada?
1.Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – 400 b. 2.Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – 508 b. 3.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 48 b 4.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 488 b. 5.Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - 104 b. 6.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 b. 7.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvarь, № 11. 8.Boynazarov F.A. Qadimgi dunyo tarixi.O’quv qo’llanma.T.. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti”,2004. 9.Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi.O’quv qo’llanma.T..:”Fan va texnologiya nashriyoti”,2009. 10.Rajabov R.R. Ibtidoiy jamoa tarixi.Toshkent,”Fan va texnologiya” nashriyoti,2013. 11.Mahmudov N. Yozuv tarixidan qisqacha lug’at ma’lumotnoma. T., 1990. 12.V.I.Avdiyev. Qadimgi Sharq tarixi. O`z SSR “O`rta va Oliy maktab” Davlat nashriyoti. T., 1964. 13.Н.Н.Карадин. Политическая антропология. “Логос” Москва., 2004. 14. Sh.Ergashev. Qadimgi Sivilizasiyalar. “O`zbekiston”, T,. 2016. 15. Tignor. Robert, et al. Worlds Together, Worlds Apart: A History of the World from the Beginnings of Humankind to the Present. W.W. Norton. USA, New York 2008.
Download 203.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling