Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi haqida


Download 0.65 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1157396
Bog'liq
Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi haqida

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi haqida

Zaripova Nodira

21-11

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • Abusaid Koʻchimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni bitirganidan soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. 

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • Abusaid Koʻchimovning birinchi sheʼr va maqolalari matbuotda eʼlon qilinganida u oʻrta maktab oʻquvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening Oʻzbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland togʻlar” (Saylanma, 2002), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006), “Muhabbat bogʻlari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (toʻrt tomlikning 1-jildi, 2011) sheʼriy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), toʻrt qismli “Baland togʻlar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini koʻrdi.

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • U tabiatni eʼzozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYESKO mukofotiga sazovor boʻldi. “
  • “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • Abusaid Koʻchimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi sheʼriy toʻplamlarida bolalar va oʻsmirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan boʻlsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida koʻproq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • A. Koʻchimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator sheʼr va hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
  • Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Abusaid Ko’chimov hayoti va ijodi

  • Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling