Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diereza - s
- Ekstralingvistika
- Epiteza - nutqda s
- Flеktiv tillаr
Dissimilyatsiya - og‘zaki nutqda tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida
so‘z tarkibida bir joyda yoki bir so‘zning turli o‘rinlarida kelgan ikki o‘xshash tovushdan birining noo‘xshash tovushga aylanishi. Tillarda 278 progressiv (keyingi tovushning noo‘xshash tovushga aylanishi: zarur-zaril) va regressiv dissimilyatsiya mavjud. Keyingi tovush noo‘xshash tovushga aylansa progressiv dissimilyatsiya(oldingi tovushning noo‘xshash tovushga aylanishi: koridor-kalidor) mavjud. Diereza - so‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi: счас(т)ливо, извес(т)но. Dialektika– yunoncha dialektike (techne) so‘zidan olingan bo‘lib, “suhbat olib borish”, “bahslashish san’ati” degan ma’nolarni anglatadi. Dialektika borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta’limot, fan hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi hamdir. Ekstralingvistika tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganib, sotsiolingvisnika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradi. Sotsiolingvisnika tilning tabiati va ijtimoiyvazifasini, mentalingvistika esa til va tafakkur, tilning nutq faoliyati, matn va nutq sharoiti bilan aloqasini o‘rganadi. Epenteza - og‘zaki nutqda so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda ular orasiga unlilarning qo‘shib aytilishi: umr- umur, doklad-dakalad, gruppa-guruppa. Epiteza - nutqda so‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng [a] tovushining qo‘shilish hodisasi: tank-tanka, kiosk-kioska, otpusk- otpuska. Eliziya - unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushlardan birining tushib qolish hodisasi. yoza oladi-yozoladi, borar ekan-borarkan. Flеktiv tillаrgа hind-yеvrоpа tillаri, sоm-хоm tillаri kirаdi. Аgglyutinаtsiyadаn fаrqli rаvishdа, flеksiyadа o‘zаkka affiks аlоhidа, mustаqil qo‘shilmаydi, bаlki o‘zаkkа singib kеtаdi, nаtijаdа o‘zаk shаklini, tаrkibini o‘zgаrtirаdi. Fonema eng kichik lisoniy birlik bo‘lib, u muayyan til egalarining ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmuyi asosida 279 vujudga kelgan maxsus “akustik – artikulyatsion portret” yoki “tovushlar obrazi” sifatida saqlanadi. Fonemaning nutqiy voqelanishdagi varianti tovushdir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling