Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155
Bog'liq
Abuzalova

Pоlisintеtik tillаrga Аmеrikа hindulаri, chukоt, kоryak vа b. tillаr 
kiradi. Bu tillаrning аsоsiy mоrfоlоgik хususiyati – egа, аniqlоvchi, 
to‘ldiruvchi vа hоlni ifоdаlаb kеlgаn so‘zlаr fе’l bilаn birikib, murаkkаb 
tаrkibli qo‘shmа so‘z fоrmаsigа o‘хshаsh gаp hоsil qilishidir. Bundа gаp 
bоshidа egа, охiridа kеsim, to‘ldiruvchi, hоl, аniqlоvchilаr esа egа bilаn 
kеsimning o‘rtаsidа kеlаdi. Mаsаlаn, chukоt tilidа te-аtа-kаа-nme-rkein – 
Mеn sеmiz bug‘ulаrni o‘ldiryapmаn. 
Piktografiya (lot. pictus - chizmoq) – insoniyat tarixidagi dastlabki 
rasmli yozuv turi. 
Proteza - og‘zaki nutqda so‘z boshida bitta unlining orttirilish 
hodisasi. Masalan, shkaf-ishkaf, sprafka-isparafka, stol-istol. 
Prokopa - ba’zan so‘z boshidagi unli yoki undosh tovushning tushib 
qolishi: yog‘ach-og‘och, yirik-irik.  
Qolip – yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilish 
sxemalari(qurilmalari, konstruksiyalari yoki modellari)dir. (Qoliplarning 
shakl va mazmun tomonlari mavjud.) Qoliplar ikki xil bo‘ladi: 1) so‘z 
yasash qoliplari va 2) sintaktik (so‘z birikmasi va gap) qoliplar. 
Lisoniy sintaktik qoliplar so‘z birikmasi ([H+T] =SB) va gap 
([WPm]=G) umumiy (invariant) qoliplaridan iborat bo‘lib, ular o‘z o‘rnida 
xususiy (variant) qoliplarga ajraladi. (Qoliplar miqdoran cheklangan bo‘lib, 
ularning hosilalari cheklanmagan.) 
Reduksiya - so‘zning birinchi bo‘g‘
i
nida biror unlining, odatda, tor 
unlining kuchsiz talaffuz qilinishi: b(i)lak, t(i)lak, b(i)roq. 
Singarmonizm hodisasida, odatda, unlilarning nutq jarayonida 
o‘zgarishi tushiniladi. (Singarmonizm tovushlarning moslashishi, 
uyg‘unligi demakdir.) Singarmonizm faqat turkiy tillarga xos bo‘lib, uning 
ikki asosiy ko‘rinishi mavjud
a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. 
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik 
yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Lab garmoniyasida 


283 
unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unlilar ham til oldi 
- til orqalik jihatidan, ham lablanganlik-lablanmaganlik jihatidan o‘zaro, 
shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. 
Sinkopa - so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi 
talaffuz qilinishi va ayrim holatlarda tushib qolishi: valochka-valichka, 
traktor-traktir.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling