Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undov nazariyasi.
Ovozga taqlid nazariyasi. Bu nazariya qadimgi yunon olimlari
Demokrit va Platonlar davrida paydo bo‘lib, XX asrgacha yashab keldi. Ovozga taqlid nazariyasi talqiniga ko‘ra, yer yuzida paydo bo‘lgan dastlabki odamlar ongli ongsiz ravishda tevarak-atrofdagi turli – tuman predmetlarning tovushlariga, chunonchi, yirtqich hayvonlarning o‘kirishi, qushlarning sayrashi, tezoqar suvning shildirashi, shamolning uvillashi kabilarga taqlid qilish natijasida nutq paydo bo‘lgan. Masalan, sharshara, qarg‘a, kaklik, chirillamoq, shildiramoq, g‘urillamoq; rus tilida: шипет,шипение, гавкат, кукушка kabi. Agar tillardagi, jumladan, o‘zbek yoki rus tilidagi so‘zlar faqat taqlidlardan, to‘g‘rirog‘i, tovushga taqlidlardan iborat emasligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu nazariyaning u darajada asosli emasligini sezamiz. Va yana aytish mumkinki, tabiatda tovush chiqaradigan predmetlar soni tovush chiqarmaydigan narsalar soniga qaraganda kamroq. Tovushsiz narsalarning (tuproq, tog‘, quyosh, osmon, g‘or, qor kabi) nomi qaerdan paydo bo‘lgan-u, til va tafakkursiz nutq qanday yuzaga kelgan? XX asrning 90-yillarida – Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy formatsiyani boshidan kechirayotgan qabilalarda – o‘tkazilayotgan tajribalarning ko‘rsatishicha, bu tillarda tovushlarga taqlid asosida paydo bo‘lgan so‘zlar miqdori nihoyatda oz. Bundan tashqari, tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish uchun insonda nihoyatda rivojlangan nutq organi bo‘lishi ham zarur. 205 Demak, ovozga taqlid nazariyasi tafakkur va tilning chambarchas bog‘liqligini inobatga olmaydi, til va nutqni farqlamaydi, tilning paydo bo‘lishidagi ijtimoiy zaruratni e’tibordan chetda qoldiradi. Bu nazariya tilning paydo bo‘lishi masalasini hal etmaydi. Undov nazariyasi. Bu nazariya tilning paydo bo‘lish masalasini boshqacha talqin etadi. Ushbu nazariya tarafdorlari tildagi barcha so‘zlar kishilarning his -tuyg‘ulari, qahr-g‘azablari, hayajonlari ta’sirida ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz baqirishlari natijasida paydo bo‘lgan, deb da’vo qiladilar. Bunday so‘zlarga oh (ohlamoq), uff (uflamoq), voy (voyvoylamoq), dod (dodlamoq) kabilarni misol keltiradilar va tildagi boshqa so‘zlar esa ana shu kabi so‘zlarning kombinatsiyalaridan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar. XVIII asrda yashagan fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu nazariya tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Madomiki, tildagi barcha so‘zlar haqiqatan ham shu nazariya tarafdorlari aytganidek yaratilgan bo‘lsa, tildagi emotsiyalardan yiroq ming – minglab predmetlarning nomi qanday paydo bo‘lgan? Tabiiyki, undov nazariyasi tarafdorlari bu kabi savollarga javob berishga ojiz. Undov nazariyasi tilning ijtimoiy xarakterini inobatga olmaydi, ya’ni biologik aspektning birgina jihatiga tayanib inson va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishini hisobga olmaydi. Bu g‘ayriilmiy nazariyadir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling