Abuzalova M


Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 17; 47 ]


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 17; 47 ] 
 
TILNING PAYDO BO‘LISHI 
Reja: 
1. Til qanday paydo bo‘lgan? 
2. Tilning paydo bo‘lishida biologik va ijtimoiy aspekt. 
3. Tilning paydo bo‘lishi haqidagi turli nazariyalar, ularning talqini va 
ilmiy asosi. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Tilning kelib chiqish muammosi, “til~ong~jamiyat” mushtarakligi, 
avstralopiteklar davri, paleantroplar davri, hozirgi zamon kishilari 
bosqichi, biologik aspekt, ijtimoiy aspekt, ovozga taqlid nazariyasi, undov 
nazariyasi, mehnat qiyqiriqlari nazariyasi, imo-ishoralar nazariyasi, 
ijtimoiy kelishuv nazariyasi, dialektik materializm qarashlari, ilmiy 
farazlar 
Til qanday paydo bo‘lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan 
beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab 
bo‘lib, uni inson nutqining paydo bo‘lishi masalasi bilan tenglashtirib 
bo‘lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bo‘lib 
qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o‘nlab 
fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman 
bashariyatga xos bo‘lgan tilning qachon, qanday paydo bo‘lganligi, 
dastlabki tillardagi so‘zlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, 
semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va 


202 
hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo‘lishi bilan ayrim aniq 
tillarning yoki til oilalarining paydo bo‘lishi masalalarini aralashtirmaslik 
lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo‘lgan millat, elatlarga tegishli jonli 
tillarning, ba’zi bir o‘lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o‘rganilgan, 
o‘rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan 
tillar va shi tillarga qardosh bo‘lgan tillar turli davrlarda, har xil shart – 
sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan. 
“Til~nutq~nutq sharoiti” aspektida olib borilgan uzoq yillik 
tadqiqotlar samarasiga tayangan holda komil ishonch bilan ayta olamizki, 
tilning paydo bo‘lishi ong va jamiyatning paydo bo‘lishi bilan, qolaversa, 
yer yuzida inson zotining paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy 
gepoteza(taxmin)lar odamning paydo bo‘lish evolyutsiyasi va jamiyatning 
shakllanishini uch bosqichga bo‘lib ko‘rsatadi: 
1. Yuqori darajada taraqqiy etgan avstralopiteklar davri. Bu bosqichda 
ilk ibtidoiy odamlar ikki oyoqlab yurishga o‘tib, tayoq, tosh,suyak 
parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million 
yil oldingi davrga to‘g‘ri keladi. 
2. Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya’ni eng qadimgi 
odamlar sun’iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa 
bo‘lib ov qilish bilan shugullanganlar. Bu bizdan taxminan bir million 
yillar oldingi davrga to‘g‘ri keladi. 
3. Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 
ming yillar oldin paydo bo‘la boshlaganligini ko‘rsatadi. Chamasi, bir 
million yillar avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon 
davomida insonga xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo‘la 
boshlaydilar. Aniq nutq ularga hayvonot dunyosidan ajralish, jamiyat 
bo‘lib uyushish, uyushgan holatda mehnat qilish hamda tafakkurning 
rivojlanishiga turtki bo‘ladi. 
Tilning paydo bo‘lishi uchun faqat biologik zaminlargina emas, 
jamiyatning paydo bo‘lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam 
hamda irqning kelib chiqishini o‘rganuvchi fan), arxeologiya (tarixiy 
dalillar va madaniy yodgorliklar asosida odamning o‘tmish tarixini 


203 
o‘rganuvchi fan) fanlarning uzoq davrlardan beri olib borayotgan 
tekshirishlari, ilmiy izlanishlari natijasida kishilik tarixi ikki davrdan
iborat degan fikrga kelingan. Bular – tarixgacha bo‘lgan davr va tarixiy
davr. Tarixgacha kishilarning ibtidoiy jamoa bo‘lib yashashi ya’ni kishilik 
jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.
Ibtidoiy kishilar jamoasi sotsial-biologik organizm bo‘lgan. Ularda 
instinktiv mehnat qobiliyati rivojlangan bo‘lib, asosan, tabiatdagi tayyor 
narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo‘lishi 
uchun shart – sharoit yaratgan. Olimlarning faraz qilishicha, mehnat, 
ibtidoiy mehnat qurollarini yasash inson tana a’zolarini asta – sekin, juda 
uzoq muddatli tabiiy jarayonda takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj 
topishida beqiyos rol o‘ynagan. Albatta, dastlab paydo bo‘lgan til va nutqni 
bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo tenglashtirib bo‘lmaydi. Ehtimol, 
dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni yoki holatni bildiradigan 
so‘zlar bo‘lmagandir; o‘sha davrdagi tilga xos so‘zlar butun boshli voqea - 
hodisani ifodalagandir. O‘sha davrda insonning tovush chiqaradigan 
a’zolari hozirgidek takomillashmagani uchun nutqda dastlab paydo bo‘lgan 
so‘zlarning talaffuzi aniq bo‘lmagan. Demak, mehnat qilish, mehnat 
qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, 
natijada kishilik jamiyatining ilk ko‘rinishlari vujudga keladi. Hayvonot 
dunyosidan ajralib chiqqan odamlarda jamoa bo‘lib mehnat qilish 
jarayonida bir – birlariga nimadir deyish ehtiyoji tug‘iladi. Ana shu zaruriy 
ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo‘ladi. Til bilan bir paytda tafakkur ham 
paydo bo‘ladi. Demak, uch omil -“mehnat~til~tafakkur” bir – biriga ta’sir 
etib, ularning rivoj topishiga sabab bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat natijasida 
nihoyatda katta (kuchli) zaruriy ehtiyoj talabi bilan til nutq a’zosi sifatida 
va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik jihatdan 
xarakterlansa, til va tafakkurning paydo bo‘lishi, tasavvurning, fikrning 
nutqda voqelana olishi ijtimoiylik, ya’ni kishilik jamiyati bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush 
tili esa tafakkursiz mavjud bo‘la olmaydi. Ma’lumki, tafakkurda bor narsa 


204 
tilda aks etadi, tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo 
bo‘ladigan har qanday oddiy tushuncha ham til orqali nutqqa ko‘chmas 
ekan, ya’ni nutq tovushlari, so‘zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday 
tushuncha o‘zicha hech kimga, hatto fikr qiluvchining o‘ziga ham ma’lum 
bo‘lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til mavjud emas.
Ko‘rinadiki, ilmiy taxminlarga ko‘ra, tilning paydo bo‘lishi, bir 
tomondan, kishilik tanasining evolyutsiyasi bilan, ikkinchi tomondan, 
ibtidoiy jamoaning jamiyatga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozirgacha 
tilning paydo bo‘lishi haqida turli nazariyalar yaratilgan. Har bir 
nazariyada bu masalaga turlicha yondashiladi. Quyida ularning ba’zilari 
bilan tanishamiz. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling