8-mavzu yuzasidan mantiqiy savollar


Download 14.19 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi14.19 Kb.
#1108801
Bog'liq
8 мавзу мантиқий саволлар


8-MAVZU YUZASIDAN MANTIQIY SAVOLLAR

  1. Hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma olish tartibini tushuntirib bering.

  2. Ov qilish va baliq ovlashning (shartlari, vaqti, joyi) huquqiy tartibi qanday? Qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.

  3. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslarini qonun hujjatlari tahlili asosida yoritib bering.

  4. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasi haqida nimalarni bilasiz? Xorijiy mamlakatlarning oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bilan bogʻliq qonunchiligi asosida tahlil qiling.

  5. Oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofazalash sohasidagi ekologik huquqiy talablarni yoritib bering.

  6. Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan umumiy va maxsus foydalanish turlari, shuningdek undan foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibini tushuntiring.

  7. Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish tartibi va ularning huquqiy rejimini yoritib bering.

  8. Hayvonot va oʻsimlik dunyosining davlat kadastri ularning soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ularni iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi hisoblanadi.

Oʻsimlik dunyosi va hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritishning huquqiy asoslari nimalardan iborat? Ularning davlat kadastri qanday yuritiladi?

  1. Olimlarning fikricha tabiiy resurslarga yer, suv, yer osti boyliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Ekologiya huquqi obyekti bo‘lib, faqat tabiiy obyektlar hisoblanganligi sababli ekologik qonun hujjatlari bilan faqat tabiiy holatdagi obyektlarga mulkchilik munosabatlari tartibga solinadi.

Normativ-huquqiy hujjatlari asosida tahlil qiling va unga huquqiy baho bering.
Download 14.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling